Antil orollari 

4 782

 Rasmiy nomi — Antil orollari (Niderlndiya mulki). Poytaxti — Villemstad. Hududi — 960 km.kv. Aholisi – 200 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tili — niderland. Dini — katoliklar (85%), protestantlar (15%). Pul birligi — Niderlandiya Antil guldeni (florin).
   Geografik joylashuvi va tabiati. Venesueladan shimolroqda, Karib dengizi havzasida joylashgan Niderlandiya mulki. Tarkibiga Bonayre, Kyurasao, Saba, Sint-Estatius va Sen-Marten orolining janubiy qismi kiradi. Kyurasao va Bonayre do‘nglikiardan iborat marjonli qoyalar bilan o‘ralgan orollardir. Kyurasao orolida fosfat konlari, Sen-Marten va Bonayre orollarida tuz konlari mavjud.   Iqlimi — subekvatorial. Janubiy orollarda quruq o‘rmonlar va kserafit o‘simliklar bilan qoplangan changalzorlar mavjud. Bonayre orolida flamingolar va noyob qushlaming koloniyalari bor.
   Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. 1954-yilgi Niderlandiya qirolligi maqomiga ko‘ra, Antil orol­lari qirollikning bir qismi bo‘lib, ichki ishlarda muxtoriyatga ega. Niderlandiya qirolichasining shaxsiy vakili gubematordir. Hukumat rahbari — Bosh vazir. Har bir orolda mahalliy boshqaruv organi — vitse-gubernator, kengash va hukumat mavjud. Siyosiy partiyalari: Antil islohot partiyasi, Milliy xalq partiyasi, Yangi Antil harakati, Kyurasao demokratik partiyasi, Ozodlik ishchi fronti, Bonayre vatanparvarlari ittifoqi, Sen-Marten demokratik partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodiyotining asosini chet el turizmi tashkil etadi. Neftni qayta ishlash sohasi rivojlangan. To‘qimachilik, sellyu- loza-qog‘oz, oziq-ovqat, tamaki, spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari mavjud. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Venesuela, Kanada.
   Tarixi. XV asr oxirlarida orollarga dastlab ispanlar kelishdi. 1630-1640-yillarda orollar gollandlar tomonidan, keyinchalik ispanlar, inglizlar, fransuzlar tomoni- dan istilo qilingan. 1816-yildan Niderlandiya mulkiga aylangan. 1954-yildan Niderlandiya qirolligining o‘z-o‘zini boshqaruvchi hududidir. Ilgari hudud tarkibiga Aruba oroli ham kirgan. Biroq     1986-yil 1-yanvardan Aruba oroli Niderlandiya qirolligi tarkibidagi alohida hududga aylangan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.