Gvadelupa 

3 215

  Rasmiy nomi — Gvadelupa (Fransiyaning «dengizorti departamenti» va regioni). Poytaxti — Bas-Ter. Hududi — 1,8 ming km.kv. Aholisi 466 ming.dan ortiq (2012). Davlat tili — fransuz. Dini — xristianlik. Pul birligi — fransuz franki.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Karib dengizidagi Kichik Antil orollari arxipelagida joylashgan davlat. Gvadelupa oroli va unga yaqin bo‘lgan bir qator orollar (Mari-Galant, Dezirad, Le-Sent, Sen-Bartelmi, Ptit-Ter va Sen-Marten orolining shimoliy qismi)dan tashkil topgan. Gvadelupa oroli vulqonli kelib chiqishga ega. Tor bo‘yin orolning ikki qismini — Bas-Ter va Grand-Temi birlashtirib turadi. Iqlimi — tropik, passat. Togiar nam tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Hasharotlarning noyob turlari, dengiz hayvonlari, qushlar mavjud.
  Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalar. Davlat tuzilishi — Fransiyaning «dengizorti departamenti» va regioni. Departamentni keng vakolatlarga ega bo‘lgan Fransuz hukumati vakili — prefekt boshqaradi. Gvadelupa hududi uch okrugga bo‘lingan. Xalqaro aeroporti Reze Puent-a-Pitradan 3 km uzoqlikda joylashgan. Siyosiy partiyalari: Fransuz sotsialistik partiyasi, Gvadelupa Kommunistik partiyasi, Gvadelupa progressiv demokratik partiyasi va boshqalar.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Hudud iqtisodiyotining asosini yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va turistlarga xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Rom, alkagolsiz ichimliklar, qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Kokos yong‘oqlari, shakarqamish, banan, ananas, baqlajon yetishtiriladi. Dengiz baliqlari va hayvonlari ovlanadi. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Germaniya, Yaponiya, AQSH, Italiya, Martinika.
  Tarixi. Gvadelupa 1493-yilda X. Kolumb tomo­nidan kashf qilingan. 1635-yilda orol Fransiya mustamlakasiga aylandi. XVII-XVIII asrlar davomida Afrika- dan banan va shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun olib kelingan, qullar bu yerga istiqomat uchun joylashtirilgan. 1816-yilgacha Fransiya Angliyaga qarshi bu hudud egaligi uchun kurash olib bordi. 1848-yilda qullik bekor qilindi 1946-yilda orollar hududi «dengizorti departamenti» statusini oldi. 1973-yilda esa Fransiya regioni deb e’lon qilindi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.