Baliq – nevroz, insult va zaiflikka davo! 

4 661

O’zida vitamin, minerallar, ayniqsa, temir, yod, magniy, fosfor, ruhni saqlagan bu jonzot go’shtini ko’p va xo’b yeng, sababi baliq odamni semirtirmay, organizmga kerakli quvvatni bera oladi. Baliqni bolalarga haftada 2 marta tayyorlab bersangiz, raxit, kariyes, soch to’kilishi, buqoq dardlaridan asraysiz. Sho’rvaga solib, buvi-buvalarning oldiga qo’ysangiz, duo olishingiz aniq: baliq yurakni sozlab, qon bosimini me’yorda ushlaydi, qarabsizki, keksalarning xotirasi pand bermaydi, kayfiyati chog` yuradi. Baliqni turmush o’rtog`ingizga "toblama” shaklida yaltiroq qog`ozga o’rab, gaz pechida pishirib berishdan erinmang. Qalbida xushnudlik paydo bo’ladi, sog`lig`i tiklanadi. O’zingiz ham onda-sonda emas, har hafta baliq yesangiz, kattalarga ko’rsatgan himmatingiz uchun umringiz uzoq bo’ladi. Baliqning biz bilgan va bilmagan xususiyatlari qanday?

QANDAY TAYYORLAGAN MA’QUL?
Odatda, daryo balig`ini qovurib iste’mol qilamiz. Ammo bunda yurak va qon tomirlarga qancha zarar borishini bilasizmi? Bu ko’rinishda baliq nafsni siylagani qoladi. Organizmga foyda berishi uchun bugundan boshlab baliqni ziravorlar qo’shib qaynatma sho’rvaga solib, yoki gaz pechida pishirib, kotlet tayyorlab yeyishga o’rganing. Vitamin-minerallari saqlanib, tanga darmon bo’ladi.

AVVALO, TANLASHNI BILING!
Yangi tutilgan, xar xil baliqning et qismi oq yoki nimpushti, turiga qarab qizil rangda bo’ladi. Baliq tanlaganda barmoq bilan tanasiga bosib ko’ring, ezganda xuddi rezinka singari o’z holiga darrov qaytsa, u yangi. Yana hidiga ham ahamiyat bering, o’tkir hidli, go’shti yashil yoki sarg`ish bo’lsa, yaqinlashmang. Sovutgichda xom baliq 3 kun, muzxonada bir necha oygacha bemalol saqlanishi mumkin.

KIMLARGA MUMKIN EMAS?
Allergik xastaliklar, qonda kalsiy darajasi yuqori bo’lgan odamlarga, buyragi tez-tez og`riydigan bemorlarga, o’pka silida baliq unchalik tavsiya etilmaydi.

QAY BIRI ENG FOYDALI?
Bizda asosan daryo balig`i iste’molda bo’lgani uchun zog`orabaliq (sazan), ilonbaliq, laqqabaliq, olabug`a, cho’rtanbaliq, bakra, paltus, tovonbaliq go’shtini yeyish tavsiya etiladi. Ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklari, insultdan keyingi davr, qonda xolesterin da­rajasi ko’tarilganda, kamqonlik, suyak sinishlari, behollik va jismoniy zo’riqishda, nevroz, jinsiy zaiflikda, buqoq, teri kasalliklari (ayniqsa teri quruqlashib, po’st tashlaganda), revmatizmda, ko’rish qobiliyati pasayganda bu jonzotning go’shti koni foydadir. Dengiz balig`ini esa konserva yoki marinadlangan, tuzlangan yoki dudlangan ko’rinishdagi iste’moli organizmga uncha foyda qilmasligini uqtirmoqchimiz.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.