Asabiymisiz? Makkajo`xori yeng! 

3 325

Boshoqli o`simliklar orasida bug`doy va guruchdan keyingi o`rinda turuvchi makkajo`xorini insonlar bir necha yuz yillardan buyon etishtirib kelishadi. U nafaqat mazali egulik, balki salomatlik uchun universal o`simlikdir. Makkajo`xori donidan un, yorma, kraxmal, spirt, yog` bo`ladi, kurtagidan esa tayyorlanadi. Qurigan poyalari qog`oz, linoleum, viskoza ishlab chiqarisha yo`naltiriladi.
Qanday vitaminlari bor?
Makkajo`xori tarkibida inson organizmi uchun foydali bo`lgan vitamin va elementlar juda ko`p. Ular:
Kletchatka, yog` va efir moylari;
A, RR, E va V vitaminlari;
Magniy, kalsiy, temir, fosfor, ruh kabi ko`p miqdordagi minerallar hamda kraxmal.
100 gr. makkajo`xori tarkibida 67,5 gr. uglevod, 10,3 gr. oqsil va 4,9 gr. yog` mavjud. Turlariga ko`ra, 100 gr. boshoqda 88 – 325 kilokaloriya bor. Shunday bo`lishiga qaramay makkajo`hori parhezbop mahsulot sanaladi.

Organizmga foydasi
Mendeleev jadvalidagi 26 ta elementni o`zida mujassam etgan boshoq, ko`p kasalliklarga davo bo`loladi. Makkajo`horini muntazam ravishda iste`mol qilib tursangiz, immunitetingiz ko`tariladi, ichaklar tiqinlardan tozalanadi, xolesterin miqdori pasayib, yurak kassalliklarining oldi olinadi. Siydik va safro haydash xususiyatiga ko`ra, gipertoniya va tanada shish bo`lishlarida samarali ta`sirga ega. Makkajo`hori oshqozon ichak faoliyatini ham yaxshilaydi, moddalar almashinuvini tezlashtirib, ortiqcha vaznga qarshikurashadi. Allergiyaga moyil va qandli diabetga chalinganlar uchun xavfsizdir.

Keksayish alomatlariga qarshi...
Asab kasalliklari – depressiya, stress, hatto, epilepsiyada ham makkajo`hori popugidan damlama tayyorlab ichish foydalidir.Jo`hori tarkibidagi selen moddasi qarish jarayonini sekinlashtirib, saraton kasalligining oldini oladi. Makkajo`hori moyi va uning yormasidan tayyorlangan bo`tqani taomnomangizga kiritib borsangiz o`smalar xastaliklarining oldi olinadi.

Makkajo`hori eyishni odat qilgan erkaklarga impotensiya xavf solmaydi. Boshoqli o`simlikdan tayyorlangan bo`tqali sho`rva esa gastritda foydali taomdir.
Yuz teringiz yog`li bo`lsa, 2 osh qoshiq jo`hori uni va bitta tuxum oqini aralashtirib, niqob tayyorlang. Niqob 20 daqiqa yuzda turgach, iliq suvda yuvib tashlang.

Homilador ayollarga-chi?
Hayz kunlari engilgina o`tishi hamda reproduktiv salomatligingiz mustahkam bo`lishini hoxlasangiz makkajo`xori tanovvulini odat qiling. Ayniqsa, yozgi mavsumda uni eb-eb oling, toki organizmingiz foydasiga to`yinsin.

Homiladorlarga asosan bug`da pishirilgan jo`horini maslahat beriladi.
Manba: Darakchi

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.