“Dala malikasi”ning 8 foydali xususiyati 

12 958

1. Makkajo`xori tarkibida V1, V2, RR, S, D, K darmondorilari, kalsiy, fosfor, temir, natriy minerallari mavjud. Sabzavot foydali xususiyatini yo`qotmasligi uchun uni bug`da pishirish tavsiya etiladi. 

2. Ateroskleroz xastaligi bilan og`rigan bemorlar haftasiga 1-2 dona qaynatilgan makkajo`xori iste`mol qilsalar foydadan holi bo`lmaydi. Chunki uning donlari tomirlarda tromb xosil bo`lishining oldini oladi va tarkibidagi to`yinmagan moylar qondagi xoresterin miqdorini normallashtiradi.

3. Surunkali charchoq, holsizlikdan aziyat chekayotgan kishilarga 200 gramm makkajo`xori qo`shib tayyorlangan salat tanovul qilish tavsiya etiladi. Shuningdek muntazam makkajo`xori tanovul qilgan kishilar xotiralaridan sira shikoyat qilmaydilar.

4. Turli bayram va to`kin dasturxonli tadbirlardan keyin tanovul qilingan makkajo`xori tarkibidagi selen moddasi tufayli yog`larni organizmdan tezroq chiqarib yuboradi va jigarga engillik tug`diradi. Agar ovqatlanishdan oldin tanovul qilinsa, taom hazmi engillashadi.

5. Shuningdek tarkibidagi biriktiruvchi to`qimalar (kletchatka) tufayli qorin dam bo`lishini bartaraf etishda benazir vosita hisoblanadi.

6. Makkajo`xori popugi tabobatda peshob haydovchi vosita sifatida qo`llaniladi. Choydek damlab ichilsa, buyrakdagi toshlarni parchalaydi.

7. Makkajo`xori moyi kosmetologiyada ham keng qo`llaniladi. Uning tarkibidagi moddalar zararlangan sochlarga tiklab, jilolantiradi va hajm beradi. Shuningdek makkajo`xori kraxmali ko`shib tayyorlangan niqoblar ajinlarga qarshi vosita sifatida mashhur.

8. Qon ivishi sekin kechadigan bemorlar, ortiqcha vaznga moyil kishilar, oshqozon yarasi va allergiyadan aziyat chekuvchilar makkajo`xorini shifokor tavsiyasiga ko`ra iste`mol qilishlari lozim.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.