Uy sharoitida o`z-o`ziga «tez yordam» 

2 968

Tuzlangan karam yeng!

Ovqat hazm qilish a`zolarini tozalash uchun kuniga 3 marta ovqatdan 30-40 daqiqa oldin 100 gr. tuzlangan karam yeyish kerak.

O`pka davosi

Qaynatilgan iliq suv va karam tuzlangan suvdan bir xil miqdorda oling-da, aralashtirib, kuniga 2-3 stakandan ichsangiz, o`pkadagi xirillash yo`qoladi.

Jigar uchun ko`makchi

Yarim stakandan karam tuzlangan suv va yangi pomidor sharbatini aralashtirib, kuniga 1 stakandan 3 marta ichilsa, jigarga yordam beradi.

Quvvat manbai

Quvvatingiz kamaysa, 1 oy davomida kuniga ikki marta ovqatdan oldin tuzlangan karam suvini iliq holda iching. Boshida 1-2 osh qoshiqdan ichib, keyinchalik miqdorini yarim stakanga oshiring.

Bavosil azob bersa…

Bavosil (gemorroy) bilan og`riganlar kuniga 1,5-2 stakandan tuzlangan karam suvini iliq holda ichsa, darddan forig` bo`ladi.

Tishlar uchun «niqob»

Karam tish va milklarni mustahkamlaydi. Uni ovqat va salatlarga qo`shish bilan birga haftada 1-2 marta barglarini 10-15 daqiqaga milklar ustiga qo`yish ham foyda beradi.

Qabziyatdan qutulay desangiz…

1 stakan tuzlangan karam suviga 2 choy qoshiq osh tuzi solib, och qoringa ichilsa, qabziyatdan xoli qiladi. Zarurat tug`ilganda ertasi kuni ham bu usulni qo`llashingiz mumkin.

Diqqat!

Oshqozon sharbatida kislota miqdori ko`p bo`lgan, gipertoniya kasali bor va buyrak xastaligiga chalinganlar karamdan voz kechganlari ma`qul.

DILNOZA

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.