Anor sharbatining foydalari 

9 941

Oshqozon-ichak faoliyati buzilganda, kamqonlikda  har kuni uch mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan anor sharbati iching. Muolajani 2 oydan 4 oygacha davom ettirish mumkin. 1 oylik tanaffus bilan shu tartibda anor sharbatini iste`mol qilsangiz ham bo`ladi.

Organizmni tozalaymiz. Buning uchun 3 hafta davomida anor sharbati ichish kerak. Birinchi hafta kuniga yarim stakandan, ikkinchi haftadan esa bir stakandan qabul qilish mumkin.

Hayz siklini buzilishi kuzatilsa, oy kunlari 7-10 kun davomida 1 stakandan anor sharbati ichish kerak. Bu tuxumdonda garmonlar ishlab chiqarilishini yaxshilaydi.
Harorat ko`tarilganda, tumov va tomoq og`rig`ida. Anor sharbatiga ozgina asal qo`shib iching.

Shishlarni ketkazish va safro haydash xususiyatiga ham ega. Kuniga 1/3 stakan sharbat qabul qilish kifoya.
Ishtahasizlikda: ovqatlanishdan 4 soat oldin yarim stakan sharbat iching.

Yurak xastaliklarida 3 oy davomida nonushtadan yarim soat oldin yarim stakan anor sharbati iching. 
Qandli diabetda 1 osh qoshiq asal solingan yarim yoki 2 stakan anor sharbatini kuniga uch mahal ichish mumkin.

Unutmang! Gastrit, bavosil, qabziyat va oshqozon kislotasi oshib ketganda mumkin emas.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.