Qizil lavlagining 5 shifobaxsh xususiyati 

9 079

1. Bosh og`rig`i bezovta qilsa, qizil lavlagi bargini peshanangizga qo`ying.

2. Flebit (venalarning yallig`lanishi) bilan kasallanganlarga quyidagi maslahatlar asqatadi: 50 gr qizil lavlagi bargiga 1 litr qaynoq suv quyib, 10 daqiqaga tindirib qo`ying. Ovqatdan so`ng 1/2 stakan ichilsa, bu tomirlar faoliyatini me`yorlashtiradi.

3. Angina og`riganda 1 stakan qizil lavlagini qirg`ichdan o`tkazib, unga 1 osh qoshiq vino sirkasidan qo`shing. 2-3 soatdan so`ng suvini siqib oling. Tomog`ingizni bir kunda 5-6 marta chaysangiz, ijobiy natijaga erishasiz.

4. Kamqonlikda qizil lavlagi birinchi yordamchi hisoblanadi. Teng miqdorda qizil lavlagi, sabzi va turp sharbatini aralashtiring. Har kuni 1-2 osh qoshiq ovqatdan oldin iste`mol qiling.

5. Qon bosimi oshganda qizil lavlagi sharbatini teng miqdorda asal bilan aralashtirib, yarim stakandan kuniga 3-4 marta ichiladi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.