Irlandiya
Rasmiy nomi — Irlandiya Respublikasi. Poytaxti — Dublin. Hududi — 70,3 ming km.kv. Aholisi – 4 mln kishidan ortiq.(2012-yil). Tili — irland va ingliz. Dini — aholisining aksariyati katoliklar, bir qismi protestantlar. Pul birligi — irland funti.
Geografik joylashuvi va tabiati. Irlandiya Yevropaning g‘arbida, Irland orollarida joylashgan. Ma’muriy jihatdan 26 ta graflikka bo’linadi, ular 4 tarixiy viloyatga birlashadi. Shimolda Buyuk Britaniya (Shimoliy Irlandiya, chegara uzunligi — 360 km) bilan chegaradosh. Sharqda Irland dengizi, boshqa tomondan Atlantika okeani bilan tutash. Irlandiya hududining yarmidan ko‘pini markaziy tekislik egallagan. Chekka qismlarida past va o‘rtacha balandlikdagi tog`lar bor. Janubi g‘arbida Kerri tog‘i (1041 m) Irlandiyadagi eng baland tog‘dir. Irlandiyada torfning katta zaxiralari, toshko‘mir, qo‘rg‘oshin, rux, mis, fosforit bor.
Iqlimi — mo‘tadil okean. Yirik daryosi — Shannon. Yirik shaharlari: Dublin, Kork, Limerik.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. lrlandiya — Respublika. 1937-yil 29-dekabrda qabul qilingan hamda 1972- va 1999-yillarda tuzatishlar kiritilgan Konstitutsiyaga amal qiladi. Davlat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organ — Milliy parlament. (Ikki palatali: Vakillar palatasi va senat). Ijroiya hokimiyatni vakillar palatasining taklifiga binoan prezident tomonidan tayinlanadigan hukumat amalga oshiradi. Asosiy siyosiy partiyalari: Fianna foyl («Omad askarlari»), Fine gal (Birlashgan Irlandiya), Irlandiya leyboristlar partiyasi, Irlandiya kommunistik partiyasi, Demokratik so‘l partiya, Taraqqiyparvar demokratik partiya, Irlandiya ishchilari partiyasi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyatari. Irlandiya-industrial mamlakat. Konchilik sanoati va qishloq xo‘jaligi xomashyosini qayta ishlash tarmoqlari yetakchi o‘rinda. Metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, neft, kimyo soxalari rivojlangan, qurihsh ashyolari konlari bor. Torf qazib olish va undan foydalanish sohasida dunyoda oldingi o‘rinda turadi. Chorvachilik mamlakat qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i hisoblanadi: bu tarmoq yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotining 88% ini beradi. Uning 80% i eksport qilinadi. Dengiz floti rivojlangan. Irlandiya chetga mashina va asbob-uskunalar, qoramol, oziq-ovqat, kimyo, to‘qimachihk mahsulotlari chiqaradi. Chetdan transport vositalari neft va boshqalar keltiriladi. 2012-yil YIM miqdori 161,7 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 37 ming AQSH doll.) tashkil etgan.
Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, AQSH va Rossiya.
Temiryo‘llarinig umumiy uzunligi — 1947 km, avtomobil yo‘llari — 92294 km. Dengiz portlari — Dublin, Kork, Uoterford.
Tarixi. Irlandiya hududida inson m. a. VI ming yillikdan buyon yashaydi. М. a. I asrda kelt qabilalari ko‘chib kelib mahalliy aholi bilan qo‘shilib ketgan. V asrda xristian dini tarqalgan. 1921-yilda Angliya-Irlandiya bitimiga muvofiq Irlandiyaning janubiy qismi mustaqil deb e’lon qilindi va Angliya nazoratidagi dominion huquqini oldi. 1937-yilgi yangi konstitutsiya «Eyre mustaqil davlati» deb e’lon qilindi. 1949-yil Irlandiya mustaqil Respublika deb e’lon qilingan bo‘lsa ham, mamlakatning shimoliy qismi (Olster)da mustamlakachilar hukmronligi saqlanib qoldi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.