Buyuk Britaniya 

47 087

  Rasmiy nomi — Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi. Poytaxti—London. Hududi—244100 km.kv. (Shotland orollari bilan birga). Aholisi — 60,1 kishidan ortiq (2012). Davlat tili—ingliz. Dini—protestantlik (90%). Pul birligi — funt-sterling.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Yevropaning shimoli g’arbida, Britan orollarida joylashgan davlat. Buyuk Britaniya orolida Angliya, Shotlandiya va Uels joylashgan. Shimoliy Irlandiya Irlandiya orolining shi­moliy qismida joylashgan. Shimolda Irlandiya bilan chegaradosh, g‘arbda Atlantika okeani, sharqda Shimoliy dengiz, janubi sharqda Buyuk Britaniyani Yevropadan ajratib turadigan La-Mansh bo‘g‘ozi bilan tutashib ketgan. Angliya hududida Pennin tog’lari (eng yuqori nuqtasi-Skeyfel-Payk — 978 m) joylashgan. Pennin togiaridan janubda va Uelsdan sharqdan Markaziy va Janubiy Angliyaning katta qismini egallagan keng tekislik joylashgan. Mintaqaning chekka janubida Dortmur tepaliklari (dengiz sathidan 610 m baland) bor.
 Asosiy daryolari: Temza, Severn, Tayn, Mers. Shimoliy Irlandiyaning katta qismini tekisliklar egallagan bo‘lib, markazida Britan orollaridagi eng yirik ko’l — Lox-Ni (maydoni — 390 km.kv) joylashgan. Shimoliy Irlandiyaning eng baland nuqtasi Muri tog‘laridagi Sliv-Donord (852 m) cho‘qqisidir.
 Shimoliy Irlandiyaning eng yirik daryolari: Foyl, Yuqori Bon va Quyi Bon. Shotlandiya hududlari asosan tog‘lardan iborat, biroq uni o‘z navbatida uch qismga bo‘lish mumkin: shimolda — Xeylands, markazda — Sentral Loupends va janubda Sazen Aplends.
Shotlandiyaning asosiy daryolari: Kloyd, Tey, Fors, Tvid, Di va Spey. Ko‘p sonli ko‘llar orasida Lox-Ness, Lox-Tea va Lox-Ketrinlar alohida ajralib turadi. Uels ham Shotlandiya kabi tog‘li hudud, biroq tog‘lar bu yerda unchahk baland emas. Asosiy tog’ tizmasi Uels markazidagi Kembri tog‘laridir. Uelsning yirik daryolari: Di, Usk, Teyfi. Eng yirik ko‘li — Bala.
 Iqlimi — yumshoq va nam. Foydali qazilmalardan Shimoliy dengizdan qazib olinadigan neft va gaz konlariga, shuningdek, ko‘mir va ohaktosh konlariga egalik qiladi. Buyuk Britaniyaning 77% yerlari dehqonchilik uchun yaroqlidir. Angliyaning o‘simlik dunyosi ancha kambag‘al, o‘rmonlar faqat 4% hududini egalla­gan. Hayvonot dunyosida kiyik, tulki, quyon va bo‘rilar ko’plab uchraydi. Qushlardan kaklik, kabutar, qarg‘a va boshqalar ko‘p tarqalgan. Ko‘llar va daryolarda turli baliqlar ko‘p.
   Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — parlamentar monarxiya. Davlat boshlig‘i — qirol (qirolicha). Monarx qonun loyihalarini tasdiqlaydi, titul va unvonlar beradi, biroq amalda faqat ramziy hokimiyatga ega. Oliy qonun chiqaruvchi organi — Jamoa palatasi (630 deputat) va Lordlar palatasi (1000 ta zodagonlar va diniy perlar)dan iborat parlament. Oliy ijroiya organi — premyer-ministr boshchiligidagi Ministrlar Kabineti. Buyuk Britaniya ma’muriy jihatdan 4 ta ma’muriy-siyosiy qism (tarixiy provinsiyalar)dan: Angliya (39 graflik, 6 metropoliya grafligi va Katta London), Uels (8 graflik), Shotlandiya (9 rayon va 3 orol hududlar), Shimoliy Irlandiya (26 okrug)lardan tashkil topgan. Men va Normand orollari ustidan alohida nazorat o‘rnatilgan. Buyuk Britaniyaga qaram hududlar: Angilya, Bermud orollari, Hind okeanidagi Britan hududlari, Britan Virgin orol­lari, Kayman orollari, Folklend orollari, Gibraltar, Jersi, Gernsi, Mel oroli, Montserrat, Pitkerka orollari, Muqaddas Yelena oroli, Janubiy Jorjiya va Janubiy Sandvich orollari, Terks va Kaykos orollari. Qaram hududlar hozirgacha Buyuk Britaniyaning dengizorti mulklari deb nomlanib, to‘liq mustaqil davlat hisoblanmaydi. Shunga qaramasdan ular o‘z-o‘zini idora qilish huquqiga ega bo‘lib, o‘z qonunchilik organlariga egadirlar. Asosiy siyosiy partiyalari: Konservatorlar partiyasi, Leyboristlar partiyasi, Liberal demokratlar partiyasi, Shotland milliy partiyasi.
   Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Buyuk Britaniya iqtisodi rivojlangan davlat boiib, jahondagi sakkizta rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakat sanoatida qazib olish sohalari alohida ahamiyat kasb etadi. 0‘z hududidagi shaxtalaming yopilishi va ko‘mir qazib olishning qisqarishi bilan bir vaqtda Shimoliy dengizdan neft va gaz qazib olish ko‘paytirilmoqda. Sanoatning boshqa tarmoqlaridan — transport mashinasozligi (avtomobilsozlik, kemasozlik), aerokosmik sanoat (AQSH va Fransiyadan keyin uchinchi o‘rinda)da oddiy va harbiy samolyotlar, vertolyotlar va aviadvigatellar ishlab chiqariladi, oziq-ovqat sanoati (mashhur shotland viskisi, jun va sut ishlab chiqariladi), umumiy mashinasozlik (qishloq xo‘jaligi texnikasi, stanoklar, to‘qimachilik asbob-uskunalari), elektronika va elektrotexnika (kompyuterlar, dasturlashtirish, prot- sessorlar, superkompyuterlar, telekommunikatsiya vositalari, tibbiyot anjomlari, maishiy texnika), kimyo sanoati (dori ishlab chiqarish — jahonda 4-o‘rinda, agroximiya, parfyumeriya, yangi materiallar va biotexnologiya), metall ishlab chiqarish, sellyuloza-qog‘oz sanoat sohalari yuksak taraqqiy etgan. Zamonaviy sanoatning taraqqiyoti yuksak texnologiyalarning taraqqiy etganhgi bilan belgilanadi. Buyuk Britaniya ilmiy-texnikaviy potensial darajasi bo‘yicha Yevropada eng yuqori o‘rinni egallaydi. Mamlakat olimlari olgan Nobel mukofotlari soni bo‘yicha AQSHdan keyin 2-o‘rinni egallaydi. Buyuk Britaniya mehnat zaxiralarining 12% i moliya sektorida band. London jahon moliya markazi — sayyoramizning moliya poytaxti hisoblanadi. Shuningdek, Manchester, Kardiff, Liverpul, Edinburg shaharlari ham yirik moliyaviy markazlardir. Ahamiyati bo’yicha 2-o‘rinda turadigan soha — turizm. Bu sohada mehnatga layoqatli aholining 7%i band bo‘lib, yiliga 8 mlrd dollardan oshiq daromad keltiriladi. London dunyoning yirik turistik markazi hisoblanadi. Buyuk Britaniyaning qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘z ehtiyojlarining faqat yarminigina qoplaydi.
 Asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari: bug‘doy, tariq, qandlavlagi, arpa. Mamlakat chorvachilik sohasiga XXI asr boshlarida tarqalgan epidemiya sezilarli darajada zarar yetkazdi. Eksporti: sanoat mahsu­lotlari, yoqilg‘i, kimyo sanoati mahsulotlari, oziq-ovqat. Importi: sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat. 2012-yil YIM miqdori 2097,9 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga — 34,3 ming AQSH doll.) tashkil etgan.
  Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, AQSH.
  Buyuk Britaniya ilq‘or mamlakatlar qatori rivojlan­gan transport infrastrukturasiga ega. Yevrotunnelning ochilishi mamlakatning materik bilan aloqasini yanada yaxshiladi. Asosiy portlari: Aberdin, Belfast, Bristol, Kardiff, Duvr, Glazgo, Liverpul, London, Manchester, Plimut, Sautgempton.
  Tarixi. М.a. VIII asrdayoq orollarga kelt-brittlar kelib joylashgan edilar. 43-yilda Britaniya Rim imperiyasi tarkibiga kirdi. VI asrda bir nechta mustaqil feodal qirollik va grafliklar tashkil topdi. Brittlarning bir qismi Fransiyaning shimoliga kelib joylashdi. VIII asrda normandlar asosan Daniyadan tez-tez mamlakat qirg‘oqlariga hujum qilib turdilar. Ular orolning shimoli sharqiy qismini egallab olishga muvaffaq bo‘lishdi. IX asrda qirol Egbert katta hududlarni bir davlatga birlashtirdi va bu davlat «Angliya» deb atala boshladi. 1066-yili Buyuk Britaniyadagi mayda qirolliklar normand sarkardasi Vilgelm tomonidan bosib olinib yagona davlatga birlashtirildi. 1265-yili tarixda dastlabki ingliz parlamenti tuzildi. 1338-yili Angliya Fransiyaga qarshi yuz yillik urushga kirdi. Bu urush 1453-yilga qadar davom etdi. Bu urush tugashi bilan Angliya taxti uchun urushlar («gullar urushi») boshlanib, 1485-yili tyudorlar sulolasining g‘alabasi bilan yakunlandi. 1588- yili «Yengilmas Armada»ning (ispan floti) yakson qilinishi Angliyani dengizda asosiy hukmron davlatlar qatoriga olib chiqdi. XVII asrning boshlarida Angliya o‘zining Yangi dunyodagi mustamlakalariga ega bo‘ldi. 1603-yili shotland qiroli Yakov VI Yakov I nomini olib ingliz taxtiga o‘tirishi bilan amalda Shotlandiya va Angliya bitta davlatga birlashdi. Biroq Buyuk Britaniya qirolligi 1707-yili birlashish to‘g‘risidagi hujjat imzolangandan keyingina e’lon qilindi. Shu paytdan boshlab London yagona davlat poytaxtiga aylandi. 1642-1649-yillarda Styuartlar bilan parlament o‘rtasidagi tortishuvlar qonli fuqarolar urushining boshlanishiga olib keldi. Natijada Oliver Kromvel boshchiligida respublika e’lon qilindi. Monarxiya tez orada qayta tiklandi, biroq qirolning huquqlari sezilarli darajada kamayib, amalda hokimiyat parlament qo‘liga o‘tdi. 1651-yili Irlandiya, 1652-yili esa Shotlandiya bosib olindi. Britan kolonial imperiyasi asosan XVIII asrda shakllandi. XVIII asrning oxirlarida Buyuk Britaniya Amerikadagi 13 ta mustamlakasidan ajraldi, biroq Kanada va Hindistonda mustahkamlanib oldi. 1805-yili Trafalgar yaqinida admiral Nelson tomonidan ispan-fransuz flotining yakson qilinishi bilan Buyuk Britaniya «dengizlar xo‘jayini»ga aylandi. 1793—1815-yillarda Angliya Fransiyaga qarshi urushlarda ishtirok etdi. 1815-yili ingliz sarkardasi gersog Vellington pruss qo‘shinlari bilan birga Vaterloo yaqinidagi jangda Napoleon ustidan yirik g‘alabaga erishdi. Shundan so‘ng mamlakatda butun yuz yil davomida tinchlik hukm surdi. Ayniqsa, qirolicha Viktoriya (1837-1901) davrida Buyuk Brita­niya mulklari juda kengaydi. Angliya Antanta tarkibida Birinchi jahon urushida faol ishtirok etdi. Urush natijasida mamlakat Afrika va Osiyodagi nemis koloniyalarining bir qismini qo‘lga kiritdi. 1931-yili Britan Millatlar Hamdo‘stligi tuzildi. 1939-1945-yillarda Angliya Ikkinchi jahon urushida qatnashdi. 1947-yili Hindiston va Pokistonga mustaqillik berdi, 1949-yili esa mamlakat NATOga a’zo bo‘ldi. 1982-yili Folklend orollari uchun Angliya Argentina bilan harbiy to‘qnashuvga bordi. Qisqa davom etgan jangovar harakatlardan so‘ng inglizlar bu hududlar ustidan o‘z nazoratlarini o‘rnatdilar. 1979-1990-yillarda konservatorlar hukumati Margaret Tetcher boshchiligida iqtisodiy islohotlar o‘tkazdi. 1997-yili umumiy saylovlarda Leyboristlar partiyasi g‘alaba qozondi va Toni Bier premyer-ministr lavozimini egalladi. 2007-yili Toni Bier iste’foga chiqdi va hokimiyatga Gordon keldi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.