Meksika 

10 748

 Rasmiy nomi — Meksika Qo‘shma Shtatlari. Poytaxti — Mexiko. Hududi — 1958201 km.kv. Aholisi – 107 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — ispan. Dini — katolik. Pul birligi — yangi pyeso.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Shimoliy Amerikada joylashgan davlat. Shimolda va sharqda AQSH (chegara uzunligi — 3326 km), janubda Gvatemala (962 km) va Beliz (250 km) bilan chegaradosh. G‘arbda Tinch okeani, sharqda Karib dengizi va Meksika ko‘rfazi bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi 4538 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi esa 9330 km. Mamlakatning katta qismini vulqonlar otilishi natijasida vujudga kelgan o‘rtacha 1000 m dan 2400 m gacha bo‘lgan balandlikdagi Sharqiy Serra-Madra, G‘arbiy Serra-Madra va Janubiy Serra-Madra tog‘liklari egallagan. Bu yerda Sitlaltepetl (5699 m), Popokatepetl (5452 m), Orisaba (5747 m) kabi vulqon tepaliklari ham bor. Ushbu region seysmik faol hudud hisoblanadi. Mamlakat sharqida Yukatan yarimorolida ulkan qirg‘oqbo‘yi tekisliklari mavjud. Meksikaning g‘arbiy hududlari Quyi Kaliforniya yarimorolida joylashgan bo‘lib, ular qirg‘oqbo‘yi tekisliklari va sharqida tog‘ tizmalari bor. Asosiy daryosi — Rio-Bravo-del-Norte. Meksikada neft, tabiiy gaz, kumush, toshko‘mir, oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux konlari bor. Shudgor qilinadigan yerlar mamlakat hududining 12% ini, o‘tloq va yaylovlar 39% ini, o‘rmon va changalzorlar 24% ini tashkil etadi. Iqlimi — shimoliy qismi subtropik kontinental, qolgan hududlari tropik mintaqada joylashgan.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — federativ respublika. Mamlakat tarkibiga 31 shtat va poytaxt federal okrugi kiradi. Meksika 1810- yil 16-sentabrda Ispaniyadan mustaqillikka erishdi. Davlat va hukumat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament — Milliy Kongress tomonidan amalga oshiriladi. Yirik partiyalari: Institutsion-inqilobiy partiya, Demokratik inqilob partiyasi, Milliy harakat partiyasi, Sotsialistik xalq partiyasi.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Meksika Lotin Amerikasining nisbatan rivojlangan davlati hisoblanadi. Mamlakat keyingi yillarda hukumat tomonidan o‘tkazilgan struktura o‘zgarishlari, shuningdek, iqtisodiyotni xususiylashtirish va chet el investitsiyalari uchun qulay sharoitlarning yaratilishi natijasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi. Sanoatning nisbatan rivojlangan sohalari orasida — neft, neft kimyosi (neft va neft mahsulotlari mamlakat eksportining asosini tashkil qiladi), mashinasozlik (jumladan, avtomobilsozlik), tog‘-kon, metallurgiya, kimyo, to‘qimachilik, oziq-ovqat ishlab chiqarish tarmoqlari bor. Qishloq xo‘jaligida (YIMning 9%i) bug‘doy va sholi, qahva, paxta yetshtirish, chorvachilik va baliqchilik yaxshi taraqqiy etgan.
  Asosiy savdo hamkori: AQSH.
 Temiryo’llarining umumiy uzunligi — 2680 km, avtomobil yo‘llari — 210000 km, ichki suv yo‘llari — 2900 km. Eng muhim portlari: Monsonilo, Syudad- Madero, Sameno-Krus, Tuspon.
   Tarixi. Hozirgi Meksika hududida m. a. II ming yillikdayoq arxaik sivilizatsiya mavjud bo‘lgan. M. a. 1400-yildan m. a. 200-yilga qadar «o‘rta sivilizatsiya» davri davom etdi. Bu davrda (m. a. I asrda) olmeklarning birinchi davlati shakllandi. IV asrda mamlakat hududida VII-VIII asrlarda o‘zining gullab-yashnagan davrini boshidan kechirgan mayyalar imperiyasi paydo bo‘ldi. IX asrda tolteklar sivilizatsiyasi paydo bo‘ldi, bu esa X asrda mayalar madaniyatining shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada tolteklar va mayyalaming aralash madaniyati vujudga keldi. XIII asrda shimoldan kelgan chichimeka qabilalari tolteklami siqib chiqara boshladi, biroq XIV asrda ularni o‘z navbatida atstek qabilalari siqib chiqarishdi. Atsteklar mahalliy qabilalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklardan foydalanib ushbu regionda kuchli siyosiy mavqega erishdilar va ulkan imperiyani vujudga keltirishdi. Bu imperiya XV asrning o‘rtalaridan 1521-yilga qadar gullab-yashnadi. 152 l-yili atsteklar davlati Kortes boshchiligidagi ispan mustamlakachilari tomonidan bosib olindi. 1535-yili Meksika Yangi Ispaniyaning vitse-qirolligiga aylandi. Shunday bo‘lsa-da, mamlakatni mustamlakalashtirish hindularni qirib tashlash, zo‘rlik bilan xristianlashtirish yo‘li orqali XVII asrning oxiriga qadar davom etdi. XIX asrning boshlarida mamlakatni mustamlakachilardan ozod qilish uchun harakat boshlandi va 182 l-yili Meksika mustaqillikka erishdi, 1824-yili esa respublika deb e’lon qilindi. 1836-yili Meksikada Texas va Kaliforniya ajralib chiqib, o‘zlarini mustaqil respublika deb e’lon qilishdi, AQSH bilan urush natijasida esa mamlakat Rio-Granda daryosidan shimoldagi yerlarni boy berdi. 186l-yili Xuares hukumati tomonidan tashqi qarzlarni to‘lashning to‘xtatilishi natijasida mamlakatga Buyuk Britaniya, Ispaniya va Fransiya qo‘shinlari kiritildi. 1862-yil fevralida Angliya va Ispaniya Xuares bilan kelishuv imzolashdi, biroq Fransiya Meksikadagi harbiy operatsiyalarni davom ettirdi, natijada 1867-yili fransuz qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi. Ijtimoiy adolatsizlik va hindu dehqonlarining shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishi xalq ommasining inqilobiy ko‘tarilishiga olib keldi. 1877-yili mamlakatda inqilobiy vaziyat vujudga kelgan edi. Meksika inqilobidagi qonli voqealardan so‘ng qabul qilingan yangi konstitutsiya 1920-1924-yillarda siyosiy o‘zgarishlar va agrar islohotlar o‘tkazish imkonini berdi. 1928-yildan boshlab mamlakat hokimiyati tepasida konstitutsion inqilobiy partiya turibdi. 1994-yili Meksika hukumati Chyapas shtatida siyosiy islohotlar o‘tkazish talabi bilan chiqqan Zapatistlar ozodlik armiyasiga qarshi kurash olib borishiga to‘g‘ri keldi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.