Antigua va Barbuda 

4 829

Rasmiy nomi — Antigua va Barbuda davlati. Poytaxti — Sent Djons. Hududi — 443 km2. Aholisi – 68 mingdan ortiq (2012). Davlat tili — ingliz. Dini — protestantlik. Pul birligi — Sharqiy Karib dollari.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Vest-Indiyada Karib dengizining sharqiy qismida joylashgan orol-davlat. Mamlakat Antigua, Barbuda va deyarli kimsasiz Redonda orollaridan iborat. Maijon orollarida vulqonlar bor. Tabiiy boyliklari kam.
Iqlimi — tropik.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya. 1981-yil 1-noyabr Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishgan (1-noyabr — Milliy bayrami). Davlat boshlig‘i — Britaniya monarxi nomidan general-gubernator boshqaradi. Ikki palatali parlament yuqori (Senat) va quyi (Vakillik palatasi) palatalardan iborat. Siyosiy partiyalari — Antigua leyboristlar partiyasi, Birlashgan progressiv partiya.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Turizm — iqtisodning muhim sohalaridan boiib (YMM — 17%), Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yaponiya, Xitoy va Karib davlatlari. Qishloq xo‘jaligi YMMning 5% ini beradi. Paxta, meva va sabzavotlar yetishtirish, chorvachilik rivojlangan. Temiryoilari uzunligi — 64 km, avtomobil yo‘llari — 240 km.
   Tarixi. Antigua va Barbuda orollari Kolumb tomonidan 1493-yilda kashf etilgan bo‘lib, ispan mustam- lakasiga aylandi. 1632-yili Buyuk Britaniya boshqaruvi o’rnatiladi, 1967-yilda Britaniyaning tarkibiy qismiga aylandi. 1981 -yilda mustaqillikka erishgan Antigua va Barbuda Britaniya Hamdo‘stligi a’zosi bo‘lib qolgan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.