Rustam Rajabov 

12 856

Everestni zabt etgan o`zbek o`g`loni

 Himolay tog‘larida „Everest" cho‘qqisi bor. Uni dunyoning „tomi" deb atashadi. Cho'qqining balandligi naq 8848 metr. Atrofini bulutlar o‘rab olgan. Pastda esa ming yillik muz qatlamlari, qor bosgan so‘qmoqlar ko`zga tashlanadi. „Qor malikasi" filmini ko‘z oldingizga keltiring-da, cho'qqini esa qor malikasining saroyi deb bilavering.
 Cho‘qqini saroyga o'xshatganirniz to‘gri, ammo bu yerda havo yetishmaydi. Yetishmaydigina emas, umuman nafas olib bo'lmaydi. Cho‘qqida yil-o‘n ikki oy qor quyuni, bo‘ron guvillab turadi. To‘rt tomoni sip-silliq yaltiroq ko`zguni eslatadi. „Eve­rest " cho‘qqisi ana shunday. Har qanday dovyurak odam ham yurak betlab bu cho‘qqiga chiqishga otlanavermaydi. Negaki, shu kunga qadar yer yuzida „Everest"ga chiqa olganlar uncha ko‘p emas. Borlari ham sanoqli.
 Aytmoqchi, yurak betlab borganlar ham shunchaki tog`ga ko`tarilgandek chiqib ketishavermaydi. Maxsus kislorod niqobini kiyish lozim.
 Yelkasidagi og‘ir yukxaltadan tashqari, yana havo to`ldirilgan ballonni ham ко`tarib yo‘lga chiqiladi.
 Bexosdan o‘yga tolishingiz mumkin. Shuncha balandlikka, havosiz cho‘qqiga qiynalib chiqish shartmi? Dunyoni tanish, o‘rganish - odamzotning azaliy orzusi. Bu orzu Rustam qalbidan ham o‘rin olgandi. U taqdirini baland tog‘lar bilan bog‘lagandi.
Shu yerda biroz aniqlik kiritamiz. Dunyoda sportning turlari, nomlari ко‘p. Tog‘-u toshlarda yuradigan, ilmiy ish olib boradiganlami sodda qilib alpinistlar deyishadi. Bu so‘zning o‘zagi alp bo‘lgach, ,,Everest"ga alplar chiqadi-da.
  O‘zbek alpinistlari, esingizda bo`lsa, 1998-yilda alplar kamarini bog'lab, „Everest" sari yo‘lga chiqishdi. Ular o‘n ikki kishi edi. Jamoaga tajribali sport ustasi Anatoliy Shabanov rahbarlik qildi. Ularga Oleg Grigoryev sardor edi. Bu oddiy sayohat emasdi. O`zbekistonlik alpinistlar kechagina ittifoqdosh deb atalgan respublikalar orasida birinchi bo‘lib mustaqil yo‘lga chiqqan edilar.
  Yurtdoshlarimiz orasidan „Everest" cho‘qqisiga birinchi bo`lib ko‘tarilish, 0‘zbekiston bayrog‘ini dunyo ,,tomi"ga o‘matish baxti Rustam Rajabovga nasib etdi. Bayroqni o‘matgan daqiqada uning a’zoyi badani junbushga keldi. Quvonganidan ho'ngrab yigclagisi keldi. Charchoqni batamom unutdi. Izma-iz unga yetib olish uchun jamoa a’zolari kelishardi. U yakka-yolg‘iz, tirmashib cho‘qqi tomon boryapti. Oralaridagi yagona ayol — 0‘rta osiyolik Svetlana Baskanova u bilan deyarli izma-iz kelardi. Svetlana ilgari ham bu cho‘qqini zabt etgandi. Undan pastroqda Sergey Sokolov, Oleg Grigoryev, Marat Usayevlarning qorasi ko`zga tashlanardi.
  Rustam Rajabovning „Everest” cho`qqisiga yetishi oson kechmadi. Uyqusizlik o4z kuchini ko`rsatardi. Ko‘zi ketib qolsa, salgina qaltis harakati halokatga aylanishi aniq edi. Suv ichish, tamaddi qilish ham qiyin edi. Tomog`ini shamollatib qo`yishi hech gap emasdi.
  1998-yilning 22-may kuni Rustam hayotidagi unutilmas kun bo`lib qoldi. Xuddi shu kuni u „Ev­erest" cho'qqisida O'zbekiston bayrog‘ini baland ko`tardi. ,,Qoryo`lbarsi" degan sharafli nomga erishdi.
U cho'qqida turar ekan, negadir bolalik, o‘spirinlik yillarini birdan esgaoldi.
 Rustam Rajabov o‘zi tug‘ilib o‘sgan Angrenni, uning atrofidagi tog'lami ko‘z oldiga keltirdi. U o‘n to‘qqiz yoshida Bobotog` cho‘qqilari sari yo‘l olib, 3555 metr balandlikka ko‘tarilgandi. Shu-shu tog' havosi bilan yashay boshladi. Uzoq-uzoq kengliklarga, hatto Antraktidaga sayohat qilish ezgu orzusiga aylangandi.
  Rustam Rajabov „Everest"ni zabt etib, pastga tushar ekan, uni jamoaning boshqa a’zolari 8200 metr balandlikda kutib olishdi. Ular ham „Everest"dagi boshqa cho‘qqilarning ,,yelkasiga" mingan edilar.
  Mard maydonda bilinadi, deymiz. Alpinistlarning maydoni esa tog'lar, cho‘qqilardir. Eng katta maydon— „Everest” cho`qqisi. Ana shu cho`qqida 0‘zbekiston bayrog‘ini birinchi hilpiratgan baxtli yigit Rustam Rajabovdir.
  Dunyo Xalqaro alpinistlar federatsiyasi tashkilotining faxrli kitobi bor. Ana shu kitobga Rustam Rajabovning ism-sharifi ham bitildi. Tug‘ulgan joyi degan yeriga esa zarhal harflar bilan ,,O‘zbekiston" deb yozib qo‘yildi.
BILIB QO'YGAN YAXSHI
 Yer yuzidagi eng baland tog‘ cho‘qqisi Everestdir. Xitoy va Nepal davlatlari chegarasida joylashgan. Balandligi 8848 metr. Ikkinchi o‘rinda Kashmirdagi Kodvin Auston cho ‘qqisi turadi. Bu cho‘qqining balandligi 8611 metr.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.