Urugvay 

5 073

 Rasmiy nomi — Sharqiy Urugvay Respublikasi. Poytaxti — Montevideo. Hududi — 176200 km.kv. Aholisi – 3,4 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — ispan. Dini — katolik. Pid birligi — urugvay pyesosi.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Amerikaning janubi sharqiy qismida joylashgan davlat. Sharqda va shimolda Braziliya (chegara uzunligi — 985 km), g‘arbda Argentina (579 km) bilan chegaradosh. Janub va sharq tomonidan Atlantika okeani bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzunligi — 1564 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 660 km. Urugvay hudud jihatidan Janubiy Amerikadagi kichik davlatlardan biridir. Mamlakat relyefi kichik tepaliklari bo’lgan tekislikdan iborat. Hududning o’rtacha balandligi 200-300 m. Sohil bo’yida unumdor pasttepaliklar mavjud. Asosiy daryolari — Urugvay, Rionegro. Qazilma boyliklarga kambag‘al. Asosiy tabiiy resurslarini unumdor tuproq va gidroenergetik imkoniyatlar tashkil etadi. Mamlakat hududining 22% i haydaladigan yerlar, 78% i o‘tloq va yaylovlardir.
 Iqlimi — subtropik. 0‘simlik dunyosini asosan yaylov o‘simliklari tashkil etadi. 0‘rmonlarida tropik daraxtlar o‘sadi. Puma, tapir, to‘ng‘iz, tulki, kiyik, yowoyi mushuk, chumolixo‘r, kolibri, Amerika tuyaqushi, boyo‘g‘li, jo‘rchi, yirik o’rgimchaklar va sudraluvchilar faunani tashkil etadi.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat tarkibiga 19 ta departament kiradi. Urugvay Braziliyadan 1828-yil 25-avgustda mustaqillikka erishadi. Shu sana milliy bayram — Mustaqillik kuni hisoblanadi. Davlat va hukumat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Senat (yuqori palata) va Vakillar palatasi (quyi palata) dan iborat Bosh Assambleya amalga oshiradi. Yirik siyosiy partiyalari: Milliy partiya (Blanko), Kolorado partiyasi, Xiristian-demokratik partiya, Urugvay sotsialistik par­tiyasi, Urugvay kommunistik partiyasi.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Sanoat go‘sht va baliqni qayta ishlash, jun, teri, shakar, to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Qishloq xo‘jaligida katta maydonlar chorva boqish uchun ajratilgan. Asosiy ekinlari — bug‘doy, sholi, sorgo. Regional iqtisodiy hamkorlik doirasida Urugvay Braziliya, Argentina va Paragvay bilan iqti­sodiy aloqalar o‘matgan. Asosiy savdo sheriklari: Braziliya, AQSH, Argentina, Xitoy, Italiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 3000 km, avtomobil yo‘llari 49900 km (6700 km qattiq qoplamali), ichki suv yo‘llari — 1600 km. Porti — Montevideo.
 Tarixi. Charrua va Guarani hududlari o’mashgan hozirgi Urugvay hududi 1516-yilda ispaniyalik Dias de-Solis tomonidan kashf etiladi. XVII asrda boshlangan mustamlakachilik hindular orasida xristianlikni targ‘ib etish bilan davom etgan. 1726-yilda Montevideoga asos solgan ispanlar XVIII asrda hozirgi Urugvay hududini Rio-le-La-Plata vitse-qirolligi tarkibiga kiritadi. XIX asrning boshlarida mamlakatda mustaqillik uchun kurash boshlanadi, lekin 1816-yilda Urugvay portugallar tomonidan bosib olinib, Braziliyaga qo‘shib yuboriladi. 1828-yilda mustaqillikka erishgandan so‘ng Urugvayda balankos (konservatorlar) va kolorados (liberallar) tarafdorlari o‘rtasida fuqarolar urushi boshlanadi. Mamlakatning yirik siyosiy arboblaridan biri Batle-Ordokes 1903-1915-yillarda demokratik jamiyatning poydevorini qo‘yib beradi. Lekin uning vafotidan so‘ng Urugvayda harbiy diktatura o’rnatiladi. 1952-yildan 1966-yilgacha mamlakatni kollegial hukumat boshqaradi. 1970-yilda mamlakatda tupamaros—milliy-ozodlik harakati tarafdorlarining qo‘zg‘oloni boshlandi. Qo‘zg‘olon 1972-yilda hukumat qo‘shinlari tomonidan bostiriladi. 1973-yilda Urugvayda navbatdagi harbiy davlat to‘ntarishi bo‘lib, 1984-yildagina harbiylar hokimiyatni fuqarolar hukumatiga topshiradi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.