Chili
Rasmiy nomi — Chili Pespublikasi. Poytaxti — Santyago. Hududi — 756626 km.kv. Aholisi 17 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — ispan. Dini — katolik. Pul birligi — chili pyesosi.
Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Amerikaning janubi g‘arbiy sohilida joylashgan davlat. Sharqda — Argentina (chegara uzunligi — 5150 km) va Boliviya (861 km), shimola — Peru (160 km) davlatlari bilan chegaradosh. G‘arbda va janubda mamlakat Tinch okeani bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzunligi — 6171 km. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 6435 km. Mamlakat shimoldan janubga Tinch okean bo‘ylab 4300 km cho‘zilgan. Chili hududini 3 ta flzik-geografik hudud tashkil etadi: sharqda — And tog‘lari, markazda — Uzun vodiy va pasttog‘lar, shimolda — Atakama cho‘li joylashgan. Mamlakat markazida joylashgan vodiyning uzunligi — 1000 km, eni — 40- 80 km bo‘lib, aholi zich joylashgan hudud hisoblanadi. Eng baland nuqtasi — Oxos-del-Salado (6880 m) tog‘i. Vulqonlar ko‘p, zilzilalar tez-tez bo‘lib turadi. Asosiy daryolari: Loa, Elki, Maypo, Akongagua. Chilining janubida ko’llar bor. Asosiy tabiiy boyliklari: mis, temir rudasi, qimmatbaho metallar, molibden, yog‘och. Haydaladigan yerlar hududining 7%, o’rmon va to‘qaylar 21%, yaylov va o’tloqlar 18% ini tashkil etadi. Iqlimi: shimolda — tropik cho‘l, markazda — subtropik va o‘rta dengiz tipli, janubida — mo‘tadil okean tipli. Tamarugo, notofagus, kanelo, alerse daraxtlari mavjud. Hayvonot dunyosi puma, tulki, bronenoses, kiyik, kolokolo mushugi, skuns, magellan iti, kaltakesaklar, to‘tiqush, o‘rdak, kondorlardan iborat.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. 12 region va alohida poytaxt okrugi mamlakat tarkibiga kiradi. Mustaqillikka Chili 1810-yilning 18-sentabrida erishdi (avval Ispaniya mustamlakasi). Ushbu kun milliy bayram — Mustaqillik kuni deb qabul qilingan. Davlat va hukumat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organ — Senat (yuqori palata) va Deputatlar (quyi palatasi)dan iborat Milliy Kongress. Asosiy siyosiy partiyalari: Xristian-demokratik partiya, Chili birlashgan sotsialistik partiyasi, Demokratiya uchun partiyasi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat sanoatining asosiy tarmog‘i tog‘-kon sanoatidir. Chili mis eksport qilish bo‘yicha dunyoda yetakchi- lardan hisoblanadi. Sanoatning boshqa tarmoqlarini metallurgiya, yog‘ochni qayta ishlash, oziq-ovqat, to‘qimachilik tashkil etadi. 0‘rmonchilik va baliqchilikni o‘z ichiga olgan qishloq xo‘jaligi YIMning 7% ini tashkil etadi. Chorvachilik rivojlangan. Bug’doy, dukkaklilar, qandlavlagi, kartoshka, uzum, mevalar yetishtiriladi. Chili mevalar, baliq va yog‘och mahsulotlarining yirik eksportchisidir. Asosiy savdo hamkorlari: YH davlatlari, AQSH, Yaponiya, Braziliya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 7766 km, avtomobil yo’llari — 79025 km, ichki suv yo‘llari — 725 km. Asosiy portlari: Ikike, Valparaiso.
Tarixi. Araukanlar yashagan hozirgi Chili hududi 1520-yilda portugaliyalik dengizchi F.Magellan tomonidan kashf etiladi. 1536-yildan ispanlar mustamlakachilik siyosatini boshlashadi. 1541-yilda Santyagoga asos solinadi, Chili esa Peru vitse-qirolligi tarkibiga kiritiladi. Nodir metallarning yo‘qligi va mamlakat materikning asosiy kommunikatsiyalaridan uzoqligi tufayli metropoliya Chiliga katta qiziqish bildirmasdi. 1818-yilda Ispaniyadan mustaqillikka erishgandan so‘ng Chilida bir necha bor davlat to‘ntarishlari bo‘ladi. 1879-1883-yillardagi Tinch okean urushi natijasida Chili mis konlariga boy bo’lgan Atakamaga ega boladi. Mis konlaridan unumli foydalanish iqtisodiy taraqqiyotni yuqori darajaga olib chiqadi. 1964-1970-yillardagi xristian-demokratlar hukmronligidan so‘ng hokimiyatga S. Alende boshliq sotsialistlar keladi. Bu hukumat iqtisodni davlat mulkiga aylantirish va yer islohoti o’tkazishini e’lon qiladi. 1973-yilning sentabrida mamlakatda harbiy to‘ntarish bolladi. Prezident S. Alende o’ldiriladi, hokimiyatni esa general Pinochet boshliq harbiy xunta egallaydi. Iqtisodiy islohotlarning o‘tkazilishi va chet el investitsiyalarining jalb qilinishi Pinochetga Chilini Janubiy Amerikada iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish imkonini beradi. Biroq Chili xalqining ichki siyosatdan noroziligi va jahon hamjamiyatining harbiy xuntani qoralashi Pinochetni konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishga majbur etadi. 1990-yilda parlament saylovlari o‘tkaziladi va unda xristian-demokratlar g‘olib chiqishadi. 1994-yilgi prezident saylovlarida ham xristian-demokratlar g‘olib chiqishadi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.