Yevropa mamlakatlari
Hududi, chegaralari, geografik o`rni
Yevropa qit’asining maydoni 10 mln. km.kv ni tashkil etadi. Shundan 5,9
mln. km.kv ga teng hududda (Rossiyadan tashqari) Yevropadagi barcha
mamlakatlar, shu jumladan, sobiq Ittifoq respublikalari joylashgan. Rossiya
Federatsiyasi jami hududning 4,1 mln. km.kv ga teng qismi Yevropa qit'asiga
to‘g‘ri keladi.
Yevropa qit’asi shimoldan janubga
(Shpitsbergen orollaridan O’rta dengizda joylashgan Krit oroligacha) 5 ming km
ga, g’arbdan sharqqa (Portugaliyaning Atlantika okeani sohilidan Rossiyaning
Ural tog‘laridagi Yevropa - Osiyo qit’alari chegarasigacha) 6 ming km ga cho`zilgan.
Yevropa aholisi (Rossiya
aholisini hisoblamaganda) 2012-yil boshida 600 mln. kishini tashkil etdi yoki
1900-yilga nisbatan (300 mln) deyarli ikki martaga ko'paydi. Lekin, dunyo aholisi sonidagi uning salmog`i XX asr
ichida 18% dan 9% gacha kamaydi.
Yevropa nisbatan kichik qit’a
bo'lsa ham, umumgeografik o‘rni bu yerda xilma-xil iqlim mintaqalar va tabiat
zonalarining shakllanishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun ham qit’aga xilma-xil
tabiiy sharoit xosdir.
Yevropa har xil rel`yef
shakllari - tekislik va pasttekisliklar, qir va tog'lar mavjudligi bilan
ajralib turadi. Yevropada 26 ta har xil morfostruktura, 9 ta tabiiy-geografik
o‘lka ajtatiladi. Yevropada o'rtacha balandlikdagi tog'lar esa ancha katta
maydonni egallaydi. Ularning ko'pchiligidan dovonlar orqali transport yo'llari
o'tkazilgan.
Yevropa hududi g`arb, shimol va
janub tomonlardan dengiz va okeanlar suvi bilan o'ralgan. Shuning uchun ham
Yevropada (Rossiyani hisobga olmaganda) dengizdan 600 km uzoqlikda bo'lgan joy
yo`q. Jumladan, Buyuk Britaniyaning katta qismida aholi dengizdan atigi 60-80 km ga teng uzoqlikda
istiqomat qiladi. Boshqa qit’a va materiklardan farqli o'laroq, Yevropa
hududining 28%i inson tomonidan o'zlashtirilmagan, xolos.
Yevropa hududi G'arbiy, Shimoliy,
Janubiy va Sharqiy Yevropaga taqsimlanadi.
Ushbu regionlar ichida
iqtisodiy jihatdan G'arbiy va Shimoliy Yevropa eng rivojlangan Sharqiy Yevropa esa
nisbatan bo`sh rivojlangan hisoblanadi.
Yevropa mamlakatlari
siyosiy kartasining shakllanishidagi asosiy bosqichlar
Dunyo siyosiy xaritasida Yevropaning o‘z o‘rni bor. XX asrning 80-yillarida
bu yerda 32 ta suveren davlat mavjud bo'lgan. 90-yillarning dastlabki davrida
esa mamlakatlarning umumiy soni 40 ga yetdi. Sobiq Ittifoq tarkibidan
Boltiqbo'yi davlatlarining ajralib chiqishi, Yugoslaviya va Chexoslovakiyaning
bo‘linishi qit’ada mamlakatlar sonini ko'payishiga sabab bo‘ldi.
1989-yilda ikki nemis davlatlarining qo'shilib, yagona Germaniya Federativ Respublikasining barpo qilinishi qit’a va jahon siyosiy xaritasida katta voqea bo'ldi.
XX asrning so'nggi 10 yilida Yevropa va jahon siyosiy xaritasida yana ham jiddiy o'zgarishlar yuz berdi. Ittifoq parchalanib, 10 dan ortiq yangi suveren davlatlar vujudga keldi. Shulardan Yevropa davlatlari qatoriga Ukraina, Belarus va Moldova qo'shildi. Shunday qilib, Yevropada yangi XXI asr boshida (Rossiyani hisobga olmaganda) jami 46 mamlakat mavjudligi qayd etildi.
Yevropa kichik mamlakatlar o'lkasidir. Aynan ana shu qit’ada jahondagi «mitti» davlatlar (Andorra, San-Marino, Monako, Vatikan, Lixtenshteyn)ning ko'pchiligi joylashganligi so'zimizga dalil bo'lishi mumkin. Maqomi noma`lum Gibraltar (6,5 km.kv) va Daniya mustamlakasi Faryer orollari (1,5 km.kv) ham juda kichik maydonlarga ega. Mazkur davlatlardan tashqari hududi nisbatan kichik mamlakatlardan 12 tasining har birining maydoni 50 ming km.kv dan ham kichikdir. Shular qatoriga Belgiya, Niderlandiya, Daniya (Grenlandiya orolini hisoblamaganda), Chernogiriya, Shveysariya, Moldova, Slovakiya, Malta, Makedoniya, Albaniya va Estoniya kiradi (taqqoslash uchun bir Moskva oblasti maydoni 47 ming km.kv ni tashkil etishini aytib o'tish kifoyadir).
Qit’ada 12 ta mamlakat hududi 50 mingdan 100 ming km.kv gacha boradi. Bunga Islandiya, Irlandiya, Avstriya, Serbiya, Vengriya, Chexiya, Latviya, Litva, Xorvatiya, Bosniyiya va Gersegovina, Portugaliya, Cehrnogoriya mamlakatlaridan iboratdir. Norvegiya, Shvetsiya, Finlandiya, Buyuk Britaniya, GFR, Italiya, Polsha, Serbiya, Ruminiya, Bolgariya, va Gretsiyaning, ya’ni jami 11 davlatning maydoni 100 mingdan 500 ming kv km gacha o'zgaradi. Faqat Fransiya va Ispaniya davlatlarining hududi 500 ming km.kv dan ozgaradi. Faqat Fransiya, Ukraina va Ispaniya davlatlarining hududi 500 ming km.kv dan oshadi. Rossiya Federatsiyasi maydonining kattaligiga binoan nafaqt Yevropa, balki butun dunyoda tengi yo`q mamlakatdir.
Yevropada har xil shaklga ega bo'lgan mamlakatlar mavjud. Norvegiya qit’ada hududi meridian yo'nalishi bo`yicha eng uzun (1750 km) joylashgan mamlakatdir. Shunday mamlakatlar qatoriga yana Shvetsiya (1600 km), Finlandiya (1160 km), Fransiya (1000 km), Buyuk Britaniya (955 km), GFR (850 km) kiradi. Shu bilan birga Bolgariya va Vengriyada chekka nuqtalar orasidagi masofa 500 km dan oshmasligini aytib o’tish joizdir. Niderlandiyada esa bu ko‘rsatkich atigi 300 km ni tashkil etadi.
Yevropa dunyodagi eng yirik iqtisodiy markazlardan biridir. Uning jahon YIM dagi ulushi salkam 16805 mlrd. dollarni yoki jahondagi jami 85539 mlrd. Dollarga teng YIM ning 19,6 foizini tashkil etadi. Yevropaga jami jahon savdo aylanmasining 1/3 qismi to‘g‘ri keladi.
Eng muhimi shundan iboratki, Yevropada jahon tarixida birinchi bor Yevropa Ittifoqi doirasida salkam o`ttizta davlatlar birlashtirilib, ulkan miqyosga, yagona iqtisodiy va siyosiy makon shakllantirilmoqda.

Qadimdan bizning davrimizgacha Yevropa siyosiy hududlarining o`zgarishi
Yevropa mamlakatlarining
tabiiy resurslari
Yevropa tabiiv resurslaming
barchasi bilan yaxshi ta’minlangan. Qit’a mamlakatlari ushbu resurslardan
o‘zining imkoniyatlari va ehtiyojlaridan, jahon bozoridagi vaziyatdan
mamlakatda shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy holatdan kelib chiqqan tarzda har xil
darajada foydalanmoqda. Bunda iqtisodiy va ijtimoiy omillardan tashqari tabiiy-geografik
shart-sharoitlar ham muhim rol o`ynamoqda.
Yevropada yer va suv
resurslaridan intensiv tarzda foydalanilmoqda. Qit’a tabiiy sharoiti qishloq xo`jaligini
rivojlantirish uchun umuman qulay hisoblanadi. Bu o‘rinda O'rta Yevropa va
Janubiy Yevropa Shimoliy Yevropadan keskin ajralib turishini aytib o'tish
lozim.
Yevropa biologik resurslar,
ayniqsa, o‘rmon resurslari bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan. Bu yerda
Shimoliy o‘rmon mintaqasining bir qismi (Rossiya, Finlandiya, Shvetsiya, qisman
Norvegiya, Buyuk Britaniya) joylashgan. Finlandiya va Shvetsiyadan tashqari
mamlakatlardagi o'rmonlar, asosan, yosh daraxtlardan tashkil topgan.
Agroiqlim resurslan O'rta
Yevropa va Janubiy Yevropada qishloq xo'jaligini intensiv rivojlantirishga
imkon beradi.
Yevropa - mineral resurslaring sanoat
ahamiyatiga ega bo'lgan konlari topilgan.
Yoqilg'i-energetika
resurslaridan toshko'mir, qo'ng'ir ko'mir, yonuvchi slaneslar, neft, tabiiy
gaz, gidroresurslardan foydalanilmoqda.
Toshko'mirning yirik konlari
Germaniya (Rur, Saar), Buyuk Britaniya va
Ukrainada (Donbass) ochilgan. Zaxiralari Buyuk Britaniyada 190 mlrd tonnadan
GFR da salkam 300 mlrd tonnagacha boradi.
Qo'ng'ir ko'mirning yirik
konlari GFR va Polshada (185 mlrd. tonna) mavjud.
Yonuvchi slaneslar Boltqbo'yidagi Estoniya Respublikasida qazib olinadi.
Yevropa neft va tabiiy gazning
ulkan konlariga ega bo`lmasa ham, har holda qit’alar ichida oxirgi o'rinda
qolmagan Bunda Shimoliy va Norvegiya dengizlari shelfining ahamiyati juda kattadir.
XX asrning 80-90-yillarida ushbu dengizlarning tubida dastlabki neft va tabiiy
gaz konlari ochildi. Hozirgi vaqtda qazib olinayotgan neft miqdori 300 mln. t,
gaz miqdori 200 mlrd. kub m dan oshib ketdi. Neft va gaz konlarining asosiy
qismi Buyuk Britaniya va Norvegiyaga tegishli.
Neft va tabiiy gaz Niderlandiya,
Belgiya, Ruminiya, Ukraina,
Belarus,
Fransiya, Italiya mamlakatlarida ham qazib olinadi.
Temir rudalarining yirik konlari
Shvetsiya (Kirunavara), Fransiya (Lotaringiya) va Ukraina (Krivoy Rog, Kerch, Belozyorsk
konlari)da joylashgan. Marganes rudasining yirik koni ham Ukrainada ochilgan.
Yevropada, xususan, Polsha, Bolgariya,
Rumimyada mis-molibden, ruda konlari juda ko'p. Fransiya va Gretsiyada yirik
boksit, Vengriyada nefelin konlari topilgan. Simob rudalari Italiya, Ispaniya,
Ukrainada qazib olinadi. Polimetall rudalar konlari ko'pchilik mamlakatlarning
hududlarida topilgan, lekin ularning zaxiralari unchalik katta emas.
Yevropada, xususan, Italiyada, Ukrainada
oltingugurt, Belarus, Ukrainada oltingugurt kaliy va osh tuzi konlari eng salmoqlidir.
Yevropa mamlakatlari aholisi
Yevropada murakkab demografik
vaziyat mavjud bo'lib, u mamlakatlar va regionlarning ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Jahon miqyosida eng past
darajadagi tug'ilish va tabiiy o'sish mavjud bo`lgan Yevropaga hozirgi vaqtda
barqaror tarzda «Demografik qish» holati xosdir. Tug'ilish va tabiiy o'sish
sur’atlari XX asrning ikkinchi yarmida keskin qisqardi. Tug'ilish 26-28 promilledan 11-13 promillega,
tabiiy o'sish 16-18 promilledan 2-4 promillega tushib qoldi. Tug'ilish va
tabiiy o'sish darajalarining keskin pasayishi har xil sabablar bilan
bog'langan.
Hozirgi vaqtda tug'ilishning nisbatan yuqori ko`rsatkichlari Irlandiya, Luksemburg, Malta, Islandiya va Makedoniya mamlakatlanga xosdir. O'rtacha tug'ilish darajasi Avstriya, Shvetsariya, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Gretsiya, Finlyandiya, Fransiya, Slovakiya, Shvetsiyada kuzatilmoqda. Shular bilan birga, tug'ilish darajasi keskin pasayib, tabiiy o'sish manfiy ko'rsatkichga ega (o'lganlar soni tug'ilganlar sonidan ortiq) bo'lgan mamlakatlar soni yildan-yilga ko'payib bormoqda. Bolgariya, Xorvatiya, Latviya, Litva, Ukraina, Ruminiya, Estoniya, Moldova Vengriya shunday mamlakatlar jumlasidandir. Mazkur davlatlarda tug`lish yoshidagi ikki ayolga tug'ilgan ikki-uch bola to'g'ri kelmoqda, xolos. Natijada, aholining mutlaq soni kamaymoqda.
Yevropa aholi o'rtasida umumiy o'lim koeffitsiyentining nisbatan yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Aholining har 1000 kishiga nisbatan o'lganlar soni bu yerda 2013-yilda 12 kishini tashkil etdi. Bu ko'rsatkich aholining yosh-jins tarkibida keksa yoshdagilarning ulushi yuqori bo`lgan mamlakatlar (Germaniya, Shvetsiya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlandiya va b.) da yana ham yuqori darajaga egaligi bilan ajralib turadi. Shu vaqtning o‘zida aholi tarkibida bolalar va yoshlar salmog'i nisbatan katta bo'lgan mamlakatlar (Portugaliya, Polsha, Gretsiya, Italiya, Albaniya)da umumiy o‘lim koeffitsiyenti birmuncha past.
Yevropa davlatlari (Albabaniyadan tashqari) aholi sonini tabiiy takror barpo etilishining birinchi turiga mansubdirlar. So'nggj chorak asrda Bolgariya va Vengriyada faol demografik siyosat olib borildi. Shunga qaramasdan, aholining o'sish sur’atlari deyarli o'zgarmadi va uning darajasi pasayishda davom etdi. Oqibatda, Vengriyada aholi soni 1980-2012-yillarda 245 ming kishiga qisqardi. Ruminiyada har 1000 ta tug'ilgan go'dakdan 23 tasi bir yoshga yetmasdan o'lmoqda. G'arbiy Yevropada bu ko‘rsatkich 5-8 bolaga to‘g‘ri keladi. Umumiy tarzda shuni ta’kidlash mumkinki, XX asrning so'nggi 10 yili va XXI asrning dastlabki davrida Sharqiy Yevropada qoniqarsiz demografik vaziyat yuzaga keldi.
Yevropa aholi migratsiyalarining ham yirik markazi hisoblanadi. Buyuk geografik kashfiyotlar davridan beri Yevropa aholisi okean orti mamlakatlarda ko'chib o'tadigan eng katta region hisoblanadi. Bir asr davomida (1815-1914-yillar) emigratsiya 35-40 mln. kishini qamrab oldi. Ikkinchi jahon urushi davrida ayrim davlatlardan yoppasiga aholining emigratsiyasi kuzatildi.

Yevropa yirik mamlakatlari aholisi ishchi
kuchining soni hamda ulushi
Davlatlar |
Soni, mln. kishi |
Ishchi kuchi soni, mln. kishi |
Ulushi, % |
Rossiya |
142 |
75,2 |
52,8 |
Germaniya |
81 |
44,0 |
54,3 |
Fransiya |
66 |
29,6 |
44,8 |
Buyuk Britaniya |
63 |
31,9 |
50,6 |
Italiya |
61 |
25,3 |
41,5 |
Ispaniya |
47 |
23,1 |
49,1 |
Ukraina |
45 |
22,2 |
49,3 |
Polsha |
38 |
17,9 |
47,1 |
Ruminiya |
22 |
9,3 |
42,3 |
Portugaliya |
11 |
5,5 |
50,0 |
Gretsiya |
1 |
4,9 |
50,4 |
Belgiya |
10 |
5,0 |
50,0 |
Vengriya |
10 |
4,2 |
42,0 |
Chexiya |
10 |
5,5 |
55,0 |
Belarus |
10 |
5,0 |
50,0 |
Yevropa Ittifoqi |
498 |
229,0 |
46,0 |
Yevropa jami aholi soni |
715 |
344,6 |
48,2 |
XX asr 50-yillarining
o`rtalarida G`arbiy Yevropada emigratsiya immigratsiyadan ustun kelardi, lekin
keyinchalik ahvol keskin o`zgarib, G`arbiy Yevropa dunyodagi eng ko`p aholini
qabul qilish markaziga aylanib qoldi. 70-yillarning boshida immigrantlar soni
10 mln. bo`lsa, 90-yillarning boshida ularning soni 15 mln.ga yetdi.
G`arbiy Yevropaga aholining oqib kelishi sabablarini chet el va mahalliy geograflar o`rganib, quyidagi xulosaga keldilar. Immigrantlar, asosan, katta pul toppish hamda mehnat va hayotning qulay sharoitlari izidan keladi. Tahlil natijasida aniq bo`ldiki, immigrantlarning aksariyat qismi yirik sanoat rayonlarida va katta shaharlarda istiqomat qiladi. Masalan, Fransiyadagi immigrantlarning 37% i Parijda, ularning 24% I esa Bryussel (Belgiya)da yig`ilgan. Buning asosiy sababi past malakali, "kelgindi” ishchilar, eng avvalo, qurilish, tog`-kon sanoatida hamda farrosh, gazeta sotuvchisi bo`lib ishlaydi. Masalan, Fransiyadagi "kelgindi” ishchilarning 45% i qurilish sanoatida, 40% I yo`l ishlarida, 15% i avtomobilsozlik sanoatida ishlaydi.
Sharq davlatlari bilan bir qatorda Yevropani ham qadimgi shaharlar vatani deb atasa bo`ladi. Bundan kelib chiqadiki, bu regionda, boshqalardan farqli o`laroq, urbanizatsiya jarayoni ertaroq paydo bo`lgan. XX asr boshidayoq butun jahon yirik shaharlarining 1/3 qismi Yevropaga to`g`ri kelar edi. Hozirgi vaqtda bunday shaharlar soni 400 taga yetgan. Mamlakatlarning urbanizatsiya darajasi 80% dan past emas. Yevropa mamlakatlarida aholini taqsimlashning zamonaviy shakli – shahar aglomeratsiyasi vujudga kelgan va u rivojlanib bormoqda. Ularning taqsimlanishi quyidagicha: Fransiyada – 74, GFR – 72, Buyuk Britaniyada – 68, Italiyada – 56, Ispaniyada – 37, Niderlandiyada – 22, Shvetsiyada – 11 va Belgiyada 10 ta shahar aglomeratsiyasi joylashgan. Buyuk Britaniyaning eng asosiy va katta London-Liverpul megapolisida 30 mln. kishi istiqomat qiladi. Yevropa mamlakatlari ichida shahar aholisining ilushiga binoan quyidagi mamlakatlar ajralib turadi. Monako mamlakatining urbanizatsiyalashgan darajasi 100 foizga teng. Ushbu ko`rsatkich Belgiyada 97,4 foizga, Maltada – 94,8, San-Marinoda – 94,1, Islandiyada – 93,5, Andorrada – 87,6
, Daniyada – 87,1, Fransiyada – 85,9, Finlyandiyada – 85,4, Ispaniyada – 77,6, Germaniyada – 74,0, Rossiyada – 73,2, Ukrainada – 69,1, Polshada – 60,9 foizga teng. Qit`ada eng past urbanizatsiyalashgan Bosniya va Gersegovinada 49,2 foizga ega.

Yevropa mamlakatlari xo`jaligi
Yevropa bugungi dunyoda iqtisodiy, fan-texnika va madaniy salohiyatining
ulkanligi va serqirraligi, industrial tarmoqlar, aholi va shaharlarning juda
yuqori darajada konsentratsiyalashganligi, rivojlangan infratuzilmasi bilan
alohida ajralib turadi. Yevropada qadimgi va yangi davrlar, an’anaviy sohalar
va eng yangi texnologiyalar, tarixiy shaharlar va o‘ta madaniy landshaftlar,
bahaybat aeroportlar va transkontinental tezyurar magistrallar o'zining yorqun
ifodasini topgan.
Yer quruqlik yuzasining atigi 5% ni egallagani holda, Yevropa (Rossiyasiz) jahon aholisining 8% ni o'zida jamlaydi. Bu yerda iqtisodiy va demografik salohiyati ulkan davlatlar - GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya bilan bir qatorda mitti mamlakatlar Vatikan, Monako, San-Marino va boshqalar keng tarqalgan.
Yеvrора dunyoning yuqori darajada urbanizatsiyalashgan regionidir. Shahar aholisining salmog`i 65-68% dan (Janubiy Yevropa davlatlari) 74-92% gacha va hatto, 100% gacha (G`arbiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari) boradi. Yevropa Ittifoqining o‘zida salkam 50 ta millioner shahari mavjud.
Yevropaga jahon miqyosida YIM ning 19,6%i (AQSHga 18,3 %, Yaponiyaga 5,3%), jahon eksportining 12,1%i (AQSHga 8,2%, Yaponiyaga 4,8%) to‘g‘ri keladi.
Dunyoda YMD eng katta 10 ta mamlakatning 5 tasi, 100 ta eng yirik TMK (Transmilliy korporatsiya)ning 28 tasi, 20 ta eng salmoqli bankning 11 tasi ham Yevropada joylashgan.
Dunyodagi jami horijiy investitsiyalarning salkam yarmi Yevropa davlatlari tomonidan jalb qilinadi (ushbu ko'rsatkich AQSH bo'yicha 20% ga teng).
Milliy (global) raqobatbardoshlik reytingiga binoan (2008-2009-yy.) Yevropa mamlakatlari quyidagi o`rinlarni egallaydi: Shveysariya 2 (AQSHdan keyin), Daniya, Shvetsiya, Finlandiya, Germaniya va Niderlandiya tegishli tarzda 3,4,6,7 va 8-o`rinlarni.
Yevropada jahonning yetakchi bank-moliya markazi - London joylashgan. U barcha ko'rsatkichlar bo'yicha Nyu-York va Tokio shaharlaridan oldinda turadi.
Yevropa jahon xo'jaligida sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, tovarlar va xizmatlar eksporti, oltin va valuta zaxiralari, xalqaro turizm rivojlanganligi bo'yicha yetakchi o'rinlarni egallaydi. Regionning iqtisodiy salohiyatini «Katta sakkizlik»ka kiruvchi to'rt davlat - Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya belgilab beradi. Aynan ana shu davlatlar ulkan ishlab chiqarish soha va tarmoqlariga ega. Biroq, ular о`rtasida «kuchlar» nisbati oxirgi o‘n yil ichida o'zgardi. Hozir asosiy rolni Germaniya o'ynamoqda. Mazkur mamlakat reindustrializatsiya yo`lidan ildam sur`arlarda rivojlanmoqda. Boshqa davlatlar ichida Ispaniya, Niderlandiya, Shvetsariya, Belgiya va Shvetsiya katta iqtisodiy salohiyatga ega. Ularning iqtisodiyotlari to`rt yirik davlatlardan farqli o`laroq, Yevropa va butun dunyoda tan olingan alohida tarmoqlarga ixtisoslashgan. Iqtisodiy ochiqlik Belgiya va Niderlandiyada keng tus olgan. Qit`ada Sharqiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti ham munosib o`rin egallaydi. Ushbu mamlakatlarda XXI asrda ham bozor tamoyillariga asoslangan tizimga o`tish davom etmoqda.

Sanoati va qishloq xo`jaligi
Yevropaning xalqaro-geografik mehnat tizimidagi o'rni va ahamiyati 200
yildan ziyod davr mobaynida sanoat orqali belgilanadi. Hozirgi vaqtda ham sanoat yuqori sur’atlarda rivojlanishda davom
etmoqda.
Mashinasozlik Yevropanmg yetakchi sanoat tarmog'i hisoblanadi. Mazkur tarmoq butun sanoat mahsulotining 1/2 qismini, eksportning 2/3 qismini tashkil qiladi. Ayniqsa, avtomobilsozlik yuksak darajada rivojlangan Dunyoda «Renault» (Fransiya), «Wolkswagen», «Mercedes-Benz» (GFR), "Fiat” (Italiya), "Volvo” (Shvetsiya), «Tatra» (Chexiya) kabi avtomobil markalari mashhurdir.
Myunxen, Tuluza, Manchester, Bryussel shaharlari harbiy sanoat markazlari bo'lib hisoblanadi.
Mashinasozlik, avvalo, mehnat resurslari, ilmiy baza va rivojlangan infratuzilmaga asoslanadi. Lekin, sanoat bulardan ham ko'proq yirik shaharlar va aglomeratsiyalarga, poytaxtlarga intiladi. Jumladan, Buyuk Britaniyada elektrotexnika, elektronika, kosmik va aviaraketa sanoati tarmoqlarining rivojlanganligi bo'yicha London, avtomobilsozlik bo’yicha Birmengem, to'qimachilik mashinasozligi bo'yicha Manchester, kemasozlik bo'yicha Glazgo shaharlari va rayonlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Yevropada sanoat tarmoqlari ichida mashinasozlikdan keyin ikkinchi o'rinda kimyo va neft-kimyo sanoati turadi. Qit’ada nafaqat regionning, balki butun dunyoning eng «kimvolashgan» davlati - GFR joylashgan. Ikkinchi jahon urushiga qadar kimyo sanoati, asosan, kon-kimyo xomashyosiga asoslangan holda rivojlangan edi. Kaliy va osh tuzlari, oltingugurt va boshqa shu kabi xomashyodan foydalanilardi.
Qit’ada neft va tabiiy gaz konlarining ochilishi neft-kimyo tarmog'ining rivojlanishiga sabab bo'ldi. Yevropaning g'arbiy hududlarida joylashgan Temza, Sena, Reyn, Elba, Rona kabi daryolar nomlari bilan bog'liq holda neftni qayta ishlovchi markazlar barpo etildi. Eng yirik neft-kimyo tarmog`i Niderlandiyaning Rotterdam shahri rayonida joylashgan. Qit’aning shaiqidagi neft va gaz magistral quvurlari o'zining yonida neft va tabiiy gazni qayta ishlovchi korxonalar va neft-kimyo majmualarining vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Chexiya, Slovakiya, Polsha va Vengriyadagi neftni qayta ishlovchi korxonalar ham quvurlarga yaqin hududlarda barpo qilingan. Bolgariyadagi neft-kimyo majmuasi Qora dengiz sohilida joylashgan.
Yevropaning ko'pchilik davlatlarining yoqilg`i-eneigetika xo'jaligida neft va tabiiy gaz muhim o'rin egallaydi. Mazkur xomashyo turlari regionning ehtiyojini to'la-to'kis qondirmaydi. Yetishmagan xomashyo boshqa mamlakatlardan, avvalo, Rossiyadan hamda Shimoliy Afrika va Fors ko'rfazidan import qilinadi.
Yevropaning Polsha va Chexiya davlatlarida toshko'mir va qo'ng'ir ko'mir katta miqdorda qazib olinadi.
Jahon miqyosida yoqilg'i-energetika balansida muhim rol egallagan qo'ng'ir ko'mir havzalari qatoriga Balxatuv (Polsha), Shimoliy Nesh (Chexiya), Post Lauziya va Galle-Leypsig (Germaniya) havzalari kiradi. Issiqlik elektr stansiyalarining ham ko'pchiligi ko'mir havzalariga tortiladi. Lekin IESlarining asosiy qismi dengiz portlari va katta shaharlarda barpo etilgan. Elektroenergetika tizimida AESlar muhim o'rin egallaydi. Bu o'nnda, ayniqsa, Fransiya, Belgiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Bolgariya davlatlari ajralib turadi. Ularning hududlarida 80 dan ortiq AES joylashgan.
Dunay va uning irmoqlarida hamda Rona, Reyn, Dnepr, Dnestr va boshqa daryolarda ayrim GES lar va ularning kaskadlari barpo qilingan.
Metallurgiya tarmog'i Yevropada yuz bergan fan-texnika inqilobidan ham ilgari shakllangan.
Qora metallurgiya, avvalambor, yoqilg'isi va xomashyosi mavjud bo'lgan Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Belgiya, Lyuksemburg, Polsha, Chexiyada rivojlandi.
Rangli metallurgiyaning asosiy tarmoqlari aluminiy va mis sanoatidir. Aluminiy ishlab chiqarish xomashyo va elektr elektroenergetikaga boy Fransiya, Italiya, Vengriya, Ruminiya, Gretsiya, Germaniya mamlakatlarida rivojlangan. So‘nggi paytlarda aluminiy korxonalari, asosan, rivojlanayotgan mamlakatlardan (Surinam, Yamayka, Gvineya, Gviana, Hindiston) olinadigan xomashyoga tayanmoqda. Mis sanoati Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Polsha hamda Bosniyava Gersogovinada rivojlangan.
Yevropada yengil sanoat o'zining oldingi ahamiyatini birmuncha yo'qotdi. Eski to'qimachilik rayonlari hisoblanmish Buyuk Britamyadagi Lankashir va Yorkshir, Polashadagi Ludz hozirgi vaqtda ham faoliyat ko'rsatmoqda. Lekin so'nggi yillarda yengil sanoat Janubiy Yevropaga ko`chayotganligi ta’kidlab o'tish lozimdir. Janubiy Yevropa regioni arzon ishchi kuchiga boy. Ana shunday mamlakatlardan biri Portugaliya Yevropaning asosiy tikuvchilik fabrikasi bo‘lib qoldi, Italiya esa poyabzal ishlab chiqarishda dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o'ringa chiqib oldi.
Yevropa mamlakatlarida sanoatning boshqa tarmoqlari ham yaxshi rivojlangan.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining yalpi hosili va turlari bo'yicha Yevropa mamlakatlarining ko'pchiligi o'zlarining ichki ehtiyojlarini to'la qondiradi va ularning qolgan qismini eksport qiladi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin mamlakatlarning agrar munosabatlarida, yer egaligi va unga ishlov berish tizimida universal mayda dehqon xo'jaligidan katta ixtisoslashgan yuqori tovar ahamiyatga ega xo`jalikka o`tish bilan bog'liq bir qator o'zgarishlar bo'lib o'tdi. Qishloq xo'jaligi korxonasining asosiy shakli sifatida yuqori darajada mexanizatsiyalashtirilgan fermer xo'jaligi qabul qilindi. Bu o'rinda, ayniqsa, chorvachilik tarmog'ida katta ijobiy o'zgarishlar yuz berganini ta’kidlab o'tish zarurdir. Binobarin, chorvachilik Yevropaning juda ko'p mamlakatlarida, shu jumladan Daniyada yuqori darajada rivojlangan bo'lib, u xalqaro ixtisoslashuv tarmog`iga aylandi. Daniya sariyog', sut, pishloq, cho'chqa go'shti, tuxum yetishtirish va eksport qilish bo'yicha dunyoning eng yirik davlatlaridan biriga aylandi. Uni Yevropaning «sut fermasi» deb atalishiga ham sabab shudir. Dehqonchilik aholining asosiy ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, balki chorvachilik tarmog'iga ham xizmat qiladi. Hosildor yerlarning aksariyat qismi madaniy ekinlar yetishtirishga ajratilgan.
Janubiy Yevropada dehqonchilik chorvachilikdan ustun ahamiyatga ega. Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya va boshqa mamlakatlar boshoqli (bug`doy, arpa, suli, sholi) va moyli (zaytun daraxti, kungaboqar) ekinlarini yetishtirish bo'yicha dunyoda yuqori o'rinlarni egallaydi.

Yevropa mamlakatlari transporti
Yevropa mamlakatlari yuqori darajada rivojlangan transport infratuzilmasiga
ega. Regionda transportning deyarli barcha turlari taraqqiy etgan. Dunyodagi
jami aloqa yo‘llari, transport korxonalari va transport vositalari birgalikda jahon
transport tizimini tashkil qiladi, Jahon transport tizimida 100 mln. dan
ortiq, Yevropa mamlakatlarida 20 mln. kishi ish bilan band. Yevropa
mamlakatlarida о`rtacha yiliga 20 mlrd. t yuk va 200 mlrd. kishi
transportning barcha turlari yordamida tashiladi. Ushbu jarayonda 130 mln.
avtomobillar, salkam 10 ming dengiz kemalari, 2 mingdan ortiq samolyot, 40 ming
lokomotiv ishtirok etadi.
Yevropada yo`lovchi tashish transportida avtomobil transporti yetakchilik qiladi. Unga jami tashilgan yo‘lovchilarning deyarli yarmi to‘g‘ri keladi. Dengiz transporti yuk tanishda tengsiz hisoblanadi. Uning jami tashilgan yukdagi ulushi 62 foizni tashkil etadi.
Yevropada temiryo`l transporti Rossiya, GFR, Fransiya va boshqa ko'pchilik mamlakatlarda rivojlangan. Rossiyada 87 ming km, GFR da 44 ming km va Fransiyada 33 ming km temiryo'l qurilgan. Temiryo`llarning katta qismi elektrlashtirilgan. Fransiya va Buyuk Britaniya o`rtasida tunnel orqali o`tuvchi tezyurar poyezdlar qatnaydi.
Ma’lumki, avtomobil transportining rivojlanishi unda mavjud mashinalar soniga bog'liq. GFR (35 mln. dona), Italiya (31 mln. dona), Fransiya (28 mln. dona), Buyuk Britaniya (24 mln. dona), Rossiya (18 mln. dona), Ispaniya (16 mln. dona) davlatlari yetakchilik qiladilar.
Yevropada quvur transporti ham yuqori darajada rivojlangan. G'arbiy, Sharqiy, Shimoliy va Janubiy Yevropa mamlakatlarining ko‘pchiligi bir-biri hamda Rossiya bilan neft va tabiiy gaz quvurlari orqali bog`langan. Neft va gaz quvurlari Shimoliy va Norvegiya dengizlari akvatoriyalarida ham faoliyat ko'rsatmoqda. Hozirgi vaqtda Yevropani Markaziy Osiyo bilan bog`lovchi "Nabukko” gaz quvuri barpo qilinmoqda.
Yevropa mamlakatlarida dengiz transporti ham, ichki suv transporti ham rivojlangan. Dengiz transporti Niderlandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Rossiya, Polsha, Shvetsiya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarda rayonlararo va xalqaro ahamiyatga ega.
Dunyoda yuk aylanmasi yiliga 200 mln. tonnadan yuqori bo'lgan dengiz portlari ichida Rotterdam porti (300 mln. t) nafaqat Niderlandiyada, balki butun dunyoda tengi yo‘q hisoblanadi.
Ichki suv yo'llari Rossiya, GFR, Niderlandiya va qator boshqa mamlakatlarda yuqori darajada rivojlangan.
Havo transporti Buyuk Britaniya, Fransiya, GFR va Rossiyada yaxshi rivojlangan bo'lib, bir yilda 60 mln. yo'lovchini tashuvchi London, Frankfurt-Mayn, Parij shaharlari keskin ajralib turadi.

Turizm. Atrof-muhitni muhofaza qilish
Yevropa qadimdan turizm yuqori
darajada rivojlangan dunyo regioni hisoblanadi. Fransiyaga yiliga 50 mln. dan ortiq, Italiya va Ispaniyaga 30-40 mln.
kishi turistik sayohat qiladi. Shvetsariya, Portugaliya, Germaniya, Avstriya,
Buyuk Britaniya, Gretsiya va boshqa shu kabi mamlakatlar ham jahonning yirik
turistik markazlari hisoblanadi.
Yevropa aholisi, shaharlari zich joylashgan, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi yuqori bo'lgan, transport va turizm rivojlangan regiondir. Bu esa atrof-muhitning ifloslanishiga ta’sir ko'rsatadi.
Bu borada birinchi o'rinda hududning asosiy joylarini egallagan sanoat - ishlab chiqarishlaning iflos chiqindilarini nazarda tutish kerak. Masalan, ko'mir konlari hamda Reyn, Rona, Luara va boshqa daryolardagi GES lar shular jumlasidandir.
Regionning atrof-muhitiga tobora jipslashib borayotgan qishloq xo'jaligi katta ta’sir ko'rsatmoqda. Avtomobil sanoatining yuqori darajada rivojlanishi, havoda yuk tashish hajmining kengayishi, dengizda kema qatnovlalarining ko'payishi ham atrof-muhitga salbiy ta’sir etmay qo'ymaydi. Oxirgi paytda dengizbo`yi va tog'li rayonlarda turizmning ham tez sur’atlar bilan rivojlanishi ham atrof-muhitga salbiy ta’sir ko'rsatmoqda. Ammo, umumiy o'xshashliklarga qaramasdan, ekologiya sohasida Yevropa regionlari o'rtasida, ayniqsa, G'arbiy va Sharqiy Yevropa o'rtasida tafovut mavjuddir.
Yevropada 1973-yilda atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risidagi Yevropa Ittifoqi davlatlarining birinchi dasturi qabul qilindi. Ikkinchi dastur esa 1977-yilda qabul qilindi. Ekologik muammolarni, atrof-muhitni har xil zararli ta’sirlardan saqlash, ekologik barqarorlikni yuzaga keltirish uchun tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik ekspertizalarni tashkil etish maqsadida davlatlararo maxsus komissiya qarorlari qabul qilindi. XX asrning 80-90-yillarda tabiatni muhofaza qilish va ekologik muammolar to`g`risida 300 dan ortiq hujjatlar qabul qilindi.
Bu muammolar ichida toza havoni ifloslantiruvchi kislotali yomg'irdan saqlash Xalqaro konvensiyasi juda muhim o'rin egallaydi.
Shuningdek, tabiatni muhofaza qilish fondi Yevropa Ittifoqi tomonidan qo'llab- quvvatlana boshlandi. Bundan tashqari, 80-yillarning oxiri va 90-yillarda tabiatni muhofaza qilishning to'liq strategiyasi ishlab chiqildi. Atrof-muhitni bir me’yorda ushlab turish maqsadida, 90-yillarning boshlariga kelib, neft mahsulotlaridan, ko'mir va tabiiy gazdan oqilona foydalanish maqsadida Yevropa Ittifoqi tomonidan soliqlar tizimi muhokama qilingandan so'ng qabul qilinadi.
Yana shuni ta’kidlash mumkinki, har xil boshqa yo'nalishlar bo'yicha ham qator ishlar amalga oshirildi. Masalan, yo‘l harakati intensiv bo'lgan joylarda yashaydigan kishilar Yevropa Ittifoqi tomonidan 140 mln. dona velosiped bilan ta’minlandi. Shuningdek, Gretsiya, Niderlandiya, Daniyada ekologik muammolarni hal qilish uchun kengaytirilgan ishlar olib borildi. 1993-yil tabiatni muhofaza qilish, turizmni rivojlantirish borasida Yevropa Ittifoqi maxsus qarorlar qabul qildi. Bu qarashlardan asosiy maqsad, dengiz atroflarida, tog'li rayonlarda, milliy parklarda, qo riqxonalarda ekologik masalalarga, ekologik barqarorlikka ko'proq e’tibor benshdan iboratdir.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.