Aholining yosh, jinsiy, irqiy, etnik, diniy va hududiy tarkiblari
Aholining yosh-jins tarkibi unga xos belgilar
ichida eng muhimi hisoblanadi. Chunki yoshga qarab aholining jamiyatda tutgan о`rni va ahamiyati baholanadi.
Butun dunyoda erkaklarning soni ayollarning soniga nisbatan qariyb 46 mln.ga ko`proqdir.
Lekin ayrim qit’alar, regionlarda erkaklar bilan ayollar o‘rtasidagi farq
sezilarli darajada. Bolalar yoshlarida barcha materik va regionlarda o‘g‘il
bolalarning ustunligi ko`zga tashlanadi. Dunyoda 0-14 yoshda har 1000 qizga 1070
o‘g‘il bola to‘g‘ri keladi. Ushbu ko'rsatkich Yevropada (1064), Osiyoda (1058)
hamda Avstraliya va Okeaniya (1059) da undan ham yuqori. Faqat Afrika (1008) va
Amerika (1039)da nisbatan past daraja bilan ifodalanadi. Bolalar yoshlaridagi
farqning kelib chiqishida tug'ilgan har 1000 go'dakning 520 tasi o‘g‘il
bolalardan iborat bo'lishligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Aholining, asosan, mehnatga layoqatli
yoshdagi qismidan tashkil topgan 15-64 yoshda dunyo bo yicha har 1000 ayolga
1021 ta erkak to‘g‘ri keladi.
Yevropada erkaklar soni ayollar soniga teng,
Os.yoda har 1000 ayolga 1049 erkak, Avstraliya va Okeaniyada esa 1039 erkak
to‘g‘ri keladi. Shu vaqtning o'zida Afrika (979 erkak) va Amerika (990
erkak)da, aksincha, ayollar ustundir.
Dunyo aholisining yosh tarkibi ham katta
hududiy farqlarga ega.
Bunda tug'ilish va o‘lim dinamikasi hal qiluvchi rol o'ynaydi. Tug'ilish
darajasining keyingi 10-15 yil ichida yuqori bo'lishi aholi ichida yosh bolalar
va o'smirlar umrining o'sishiga olib keldi. Agar tug'ilish keyingi yillarda
pasaya borgan bo'lsa, bolalar va o'smirlarning jami aholi sonidagi ulushi past
bo'ladi. Shu vaqtning o'zida o'rta va katta yoshdagi aholi soni va ulushi
ko'payadi hamda aholining «keksayish» jarayoni rivojlanishi mumkin.
Dunyo aholisining tarkibida bolalar ulushi
kamayib, mehnatga layoqatli va keksa yoshlardagi aholi salmog'i ko'paymoqda.
Ma’lumki, dunyo mamlakatlarining
ko'pchiligida mehnatga layoqatli yoshdagi aholi qatoriga erkaklarning 16-59
yoshdagi va ayollarning 16-54 yoshdagi qismi kiradi. 15-64 yoshdagi aholi
ulushi mehnatga layoqatli aholi ulushidan ma’lum miqdorda ko'p. Lekin ma’lum
hisob-kitoblar yordamida ular o'rtasidagi farqni qisqartirish va natijada
mehnat resurslari salmog'ini taxminan aniqlash mumkin. Ana shunday yondashuv
yordamida materik va okeanlar hamda ayrim mamlakatlarda mavjud mehnat
resurslarining ulushini aniqlash mumkin. Mehnat resurslarining ulushi Yevropada
eng yuqori ko'rsatkichlar bilan ilodalanadi (63-65%),
Amerika hamda Avstraliya va Okeaniyada ushbu ko'rsatkich 58-59 foizni tashkil
etadi. Osiyoda ham bu ko'rsatkich ancha yuqori (53-54 foiz). Faqat Afrikada
mazkur ko'rsatkich (49 foiz) nisbatan past hisoblanadi. Dunyo aholisining 56
foizi mehnat resurslaridan iborat. Jahon aholisi o'ziga xos irqiy, etnik va
diniy tarkiblarga ega.
Inson irqi - bu avloddan avlodga o'tuvchi
o'xshash tashqi (teri, gavda) belgilarga ega bo'lgan, tarixan shakllangan
kishilar guruhidir. Shunday belgilar qatoriga teri, soch va ko'z rangi, burun
va lab shakli, bo'y va gavdaning taqsimlanishiga xos xususiyatlar va boshqalar
kiradi. Irqiy xususiyatlar qadimda, avvalambor, odamlarni ana shu davrdagi
oykumenada joylanishi va har xil tabiiy sharoitlarga moslashishi jarayonida
vujudga kelgan. Hozitgi vaqtda dunyo aholisini 3 ta asosiy (yirik): yevropeoid (oq), mongoloid (sariq) va negroid (qora) irqlariga ajratish
qabul qilingan. Shulardan birinchisi -Yevropa, Janubi-g'arbiy va Janubiy Osiyo,
Shimoliy Afrika, Shimoliy Amerika hamda Janubiy Amerikaning katta qismida,
Avstraliyada keng tarqalgan, ikkinchisi — Sharqiy, Janubi-sharqiy O'rta
Osivoda, Kanada shimolida, Markaziy va Janubiy Amerikada, uchinchisi — tropik
Afrikada, Janubiy Osiyo, Amerika va Okeaniyada tarqalgan. Ayrim hollarda
to'rtinchi — avstraloid irqini
ham ajratishadi.
Dunyo aholisi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
taraqqiyotning har xil bosqichlarda turuvchi xalqlar - etnoslardan iboratdir.
Etnosning eng yuqori darajasi millat - hududi, iqtisudiyoti va madaniyati,
tilining barqaror tarzda umumiyligi bo`yicha ajralib turuvchi insonlar
yig`indisidan iboratdir. Etnosning eng yuqori darajasi millat – hududi,
iqtisodiyoti va madaniyati, tilining barqaror tarzda umumiyligi bo`yicha
ajralib turuvchi insonlar yig`indisidan iborat. Ullarda millatga xos. Umumiy
jihatlar, milliy o`zlikni anglash hissiyoti mavjud bo`ladi.
Osiyo mamlakatlarining aksariyati ko`p
millatli. 150 dan ortiq xalq Hindiston vaIndoneziyada, deyarli 100 xil millat
Filippinda, 50 dan ortig`i Vyetnam va Xitoyda, 30 dan ortiq xalq Eron,
Afg`oniston, Myanma, Tailandda istiqomat qiladi. Aholining etnik
rang-barangligi ba`zi bir xalqlar tarqalgan hududlarning davlat chegaralari
bilan bo`linishi tufayli yana ham kuchayadi. Masalan, kurdlar – Turkiya, Eron,
Iroq va qisman Suriya, belujlar – Eron, Afg`oniston va Pokiston, panjobliklar –
Pokiston va Hindiston, bengallar – Bangladesh va Hindiston, pushtunlar
Afg`oniston va Pokiston davlatlari chegaradosh bo`lgan hududlarda zich holda
yashaydi.
Dunyo mamlakatlari aholisining milliy tarkibi
va etnik munosabatlarining xususiyatiga ko`ra qator guruhlarga taqsimlash
mumkin. Birinchi guruhga bir millatli, ya`ni asosiy millati jami aholisining
95% dan ortiq qismini tashkil etuvchi mamlakatlar: Yevropada – Islandiya,
Irlandiya, Norvegiya, Daniya, Polsha, Germaniya va b; Osiyoda – Yaponiya, KXDR,
Koreya Respublikasi, Bangladesh, Mo`giliston, Armeniya, Yaman, Oman, Qatar;
Afrikada – Misr, Liviya, Somali, Madagaskar; Janubiy Afrikada esa deyarli
barcha mamlakatlar kiradi. Ikkinchi guruhni ushbu ko`rsatkich 70-95% gat eng
bo`lgan mamlakatlar – Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Finlandiya,
Ruminiya, Jazoir, Marokko, Zimbabve, Mavritaniya, Botsvana, Suriya, AQSH,
Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqalar tashkil etadi. Bunday davlatlar
qatoriga O`zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Ozarbayjon ham kiradi. Uchinchi
guruh mamlakatlarida (Eron, Afg`oniston, Gruziya, Qirg`iziston, Qozog`iston,
Pokiston, Malayziya, Laos, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrika mamlakatlari va
boshqalar) asosiy millat ulushi jami aholining yarmidan kam yoki ortiq qismini
tashkil qiladi, biroq 70% dan past ko`rsatkich bilan ifodalanadi. To`rtinchi
guruhga aholisi bir necha yirik millatlardan iborat, lekin ulardan
birortasining ulushi sezilarli ustun bo`lmagan mamlakatlar to`plangan
(Hindiston, Indoneziya, Filippin, Rossiya, Shveysariya, G`arbiy Afrika
mamlakatlari).
Ma`lumki, din jamiyat hayotida, turmushimizda
juda katta rol o`ynaydi. Bunda davlatning iqtisodiy rivojlanganlik va aholining
bilim darajasi katta ahamiyat kasb etadi. Aholining diniy tarkibini bilish va
uni to`g`ri baholash dunyoda bo`lib o`tayotgan voqea va hodisalarning
ko`pchiligini tog`ri tushunish va anglashga imkon beradi. Yevropada xristian
dinining barcha shakllari keng tarqalgan. Katoliklar, asosan, qit`a janubida,
qisman g`arbida va markazida, protestantlik shimolida va markazida hukmdordir.
Sobiq Ittifoq davlatlarida provoslav va islom dinlari keng tarqalgan. Osiyoda
barcha dunyoviy dinlar va yirik milliy din keng tarqalgan. Osiyoda, ayniqsa, islom dini katta rol
o`ynaydi. Islomning sunniylik yo`nalishi Indoneziya (dunyodagi eng yirik
musulmon davlati), Malayziya, Bangladesh, Pokiston, Afg`oniston, Markaziy Osiyo
davlatlarida, Janubi-g`arbiy Osiyodagi barcha arab mamlakatlarida, Turkiyada,
shialik yo`nalishi Eron, Afg`oniston, Ozarbayjon, qisman Iroq va Yamanda asosiy
o`rin egallaydi. Islom diniga e`tiqod qiluvchilarning katta-katta guruhlari
Hindiston, Filippin, Kambodja, Tailand, Myanma, Kipr, Shri-Lanka davlarlarida
ham mavjud.
Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo
mamlakatlarida buddizm va lamaizm keng tarqalgan. Hindiston va Nepal
aholisining ko`pchiligi induizmga e`tiqod qiladi.
Dunyo aholisining yosh tarkibi
(% hisobida)
Qit`a, materik va mintaqalar
1970-yil.
1985-y.
2012-y.
Yosh guruhlari
0-14
15-64
65+
0-14
15-64
65+
0-14
15-64
65+
Butun dunyo
36,6
57,9
5,5
33,7
60,6
5,7
26,0
65,8
8,2
Yevropa
24,9
63,7
11,4
20,9
66,7
12,4
17,0
69,0
14,0
Osiyo
38,9
57,0
4,1
35,5
60,6
4,4
30,0
64,0
6,0
Afrika
44,1
53,0
2,9
45,4
51,5
3,1
41,0
55,0
4,0
Amerika
36,4
57,2
6,4
31,6
61,2
7,2
26,0
65,0
9,0
Avstraliya va Okeaniya
32,2
60,5
7,3
28,6
63,3
8,1
22,0
66,0
12,0
Konfutsiylik va daosizm
dinlari Xitoyning asosiy dini hisoblanadi. Sintoizm Yaponiyada mavjud. Xristian
dini Osiyoda aytarli ko`p tarqalmagan. Filippin, Armeniya, Gruziya va Kiprda
dini – asosiy din. Livanda 35% aholi, Hindistonda 5-6 mln. kishi unga e`tiqod
qiladi. Suriya, Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Indoneziya, Malayziya va
boshqa davlatlarda ham xristian diniga e`tiqod qiluvchilar anchagina.
Afrikaning shimoli, g`arbi va sharqida
joylashgan ko`pgina mamlakatlarda islomning sunniylik yo`nalishi hukmron. Efiopiya,
JAR va boshqa qator mamlakatlarda xristian dini muhim rol o`ynaydi. Markaziy va
Janubiy Afrikada aholining asosiy qismi mahalliy an`anaviy dinlarga e`tiqod
qiladi.
Shimoliy Amerikada xristianlikning ikki
shakli – katolik va protestantlik hukmron. AQSHda protestantlar, Kanadada
katoliklar ko`proq. Markaziy Amerikada aholining aksariyati katolikka e`tiqod
qiladi. Janubiy Amerikada ham xuddi shunday, xriatian dinining katolik shakli
hukmronlik qiladi. Umuman olganda, Amerika qit`asiga dunyosidagi barcha
katoliklarning yarmidan ko`pi to`g`ri keladi. Amerikada islom diniga e`tiqod
qiluvchilar AQSH hamda Karib dengizi haczasidagi ba`zi bir orollar aholisining
ichida mavjud. Avstraliya va Okeaniyada protestantlik hamda katolik keng
tarqalgan. Keyingi yillarda xalqaro munosabatlarda islom dining mavqeyi va
ahamiyati oshmoqda.
Yer yuzida aholi juda notekis joylashgan.
Aholining o`rtacha zichligi (1
km.kv ga to`g`ri kelgan aholi soni) doimiy aholisi
mavjud hududlar (130 mln. km.kv) doirasida 53,6 kishini tashkil qiladi.
Ayrim
qit`alar, materiklar va mintaqalar bo`yicha aholining o`rtacha zichligi
dinamikasi
Qit`a, materik va mintaqalar - yillar
1950
1990
1995
2012
2025
Butun dunyo
19,4
40,3
43,8
53,6
63,8
Shu jumladan: Yevropa
74,7
97,0
101,9
107,3
103,5
Osiyo
45,1
100,7
113,3
136,5
159,3
Afrika
7,6
21,8
24,3
36,7
51,0
Shu vaqtning o`zida ushbu ko`rsatkich Osiyoda
136,5, Yevropada 107,3, Afrikada 36,7, Shimoliy Amerikada 27,6, Janubiy
Amerikada 23,1 hamda Avstraliya va Okeaniyada atigi 4,6 kishiga teng. Umumlashtirib
aytganda, Yer yuzining 7% ida unda mavjud aholining 70% i istiqomat qiladi. Aholi
nihoyatda zich joylashgan mintaqalar qatoriga Janubiy, Janubi-sharqiy va
Sharqiy Osiyo, Yevropa hamda AQSHning shimoli-sharqiy qismi kiradi. Dastlabki 3
ta mintaqada aholi qadimdan joylashgan bo`lib, hozirgi vaqtda unda aholi
zichligi juda yuqori darajada. Bunday holat, avvalambor, shu yerda mehnatni
juda ko`p talab qiluvchi sholichilikning qadimdan mavjudligi, qolganlarida esa
XVIII-XIX asrlarda yuz bergan sanoat inqilobi hamda undan keyingi davrda amalga
oshgan industrlashtirish jarayoni bilan uzviy bog`langandir. Inson qadimdan
okean va dengiz sohillarida joylashishiga intelgan. Hozirgi vaqtda dengiz va
okeanlardan quruqlikka tomon 200
km ga cho`zilgan Yer yuzasi qismida insoniyatning
yarmidan ko`p qismi, 50 km
kenglikka ega bo`lgan quruqlik qismida dunyo aholisining 30% i to`plangandir. Dunyoda
aholi juda zich joylashgan hududlar qatoriga quyidagilar kiradi: Rur havzasi,
Elzas va Lotaringiya hamda Parij va London rayonlari, Shimoliy Italiya, Moskva
rayoni, Donbass, Farg`ona vodiysi, Sharqiy Xitoy, Hind-Gang tekisligi, Yava
oroli, Nil deltasi, AQSHning shimoli-sharqiy, Buyuk ko`llar rayonlari, Janubiy
Amerikaning Atlantika okeani sohili, Afrikaning Gvineya ko`rfaziga tutash
hududlar. Aholi siyrak tarqalgan hududlar Yer yuzining ancha katta qismini
egallaydi. Shular qatoriga birinchi navbatda ekstremal tabiiy sharoitlarga ega
bo`lgan geografik ob`yektlar: cho`llar, ekvatorial o`rmonlar, baland tog`lar,
tundra, muzlik hududlari va boshqalar kiradi. Yer quruqlik yuzasining 15% i
umuman o`zlashtirilmagan va doimiy aholisi yo`q hududlardir. Aholi
joylashishida juda katta hududiy farqlar mavjud davlatlar qatoriga Rossiya,
Kanada, Xitoy, Avstraliya, Misr, Braziliya, Turkmaniston, Tojikiston,
Indoneziya kiradi. Dunyo aholisi vertikal mintaqalar bo`yicha ham notekis
taqsimlangan.
Migratsiya jarayoni aholi hududiy
harakatining asosiy turi bo`lib, u inson bilan tabiat o`rtasidagi aloqadorlik
vujudga kelgandan buyon shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Aholi migratsiyasi,
ayniqsa, buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab keng miqyosda amalga
oshmoqda. Migratsiya tashqi va ichki migratsiyaga taqsimlanadi. Mamlakatlar
aholisining soni va tarkibiga bo`ladigan ta`siri nuqtayi nazaridan tashqi
migratsiyalarning ahamiyati beqiyosdir. Tashqi migratsiyalar ularning
xususiyatlari, sabablari, hududiy qamrovi, davom etish davri bo`yicha
bir-biridan farq qiladi. Migratsiya xususiyatlari to`g`risida so`z yuritganda,
avvalambor, xohishiga ko`ra va majburiy migratsiyalar nazarda tutiladi. Majburiy
migratsiyalarga XVI-XIX asrlar davomida necha o`n millionlab negr-qullarning
Afrikadan Amerikaga zo`rlab olib ketilishi misol bo`lishi mumkin. Tashqi
migratsiyalar, asosan, iqtisodiy sabab bilan bog`langan. Bunda yangi yerlarni
o`zlashtirish maqsadida hamda ishchi kuchini shartnoma asosida boshqa
mamlakatlarga yuborish bilan bog`liq migratsiyalar katta rol o`ynaganligini
ta`kidlab o`tish joizdir. Birinchi turdagi tashqi migratsiyalarda katta
miqdorda aholining ko`chib ketishi Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya,
Ispaniya, Fransiya, Skandinaviya, Irlandiya, Polsha, Rossiya mamlakatlariga xos
bo`lgan. Ko`chib kelishi AQSH, Kanada, Braziliya, Argentina, Urugvay, Chili,
Avstraliya, Janubiy Afrika Respublikasida kuzatilgan. Ikkinchi turdagi tashqi
migratsiyalarda dastlabki davrlarda Xitoy va Hindistonlik ishchilar asosiy rol
o`ynaganligini ta`kidlab o`tish kerak. Shularning jamoalari Janubi-sharqiy
Osiyo mamlakatlarida barpo etilgan. Ozirgi vaqtda Shimoliy Afrika, Janubi-g`arbiy
Osiyo, Janubiy Yevropa mamlakatlari katta miqdordagi ishchi kuchlarining
G`arbiy Yevropa va qisman Shimoliy Yevropa mamlakatlarida shartnoma asosida
mehnat qilishi ham ikkinchi turdagi tashqi migratsiyalarga misol bo`lishi
mumkin.
Yer
shari aholisining vertikal mintaqalar bo`yicha taqsimlanishi
Qit`alar
Dengiz sathidan balandligi
Aholi istiqomat qiladigan
hududning o`rtacha balandligi, m