Mamlakatlarda xo`jalikning hududiy tuzilishiga fan-texnika inqilobining ta`siri
FTI ning
xo'jalikning hududiy tarkibiga bo'lgan ta’siri ishlab chiqarish kuchlarini joylashunsh
omillari orqali amalga oshmoqda. Ular quyidagilardan iborat:
Hudud omili. Hudud jamiyat faoliyati amalga oshiradigan
geografik muhitning muhim omillaridan biridir. Hudud qanchalik katta bo‘lsa, u
xilma-xil tabiiy resurslarga shuncha boy bo'ladi. Bu esa aholi va ishlab
chiqarishni oqilona joylashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Rossiya, Kanada, AQSH, Xitoy,
Avstraliya, Braziliya, Hindiston hududi katta mamlakatlar hisoblanadi. Mazkur
mamlakatlar hududi ayrim yirik qismlar: iqtisodiy rayonlar, makroregionlar,
regionlarga bo'linadi. Va, aksincha, ko'pchilik kichik mamlakatlarda hududning
yetishmasligi katta va murakkab muammoni keltirib chiqarmoqda. Ayrim hollarda
xo‘jalikning hududiy tarkibiga uning shakli va boshqa hududiy jihatlari katta
ta’sir ko'rsatadi.
Iqtisodiy-geografik o‘rin omili.Umumiy tarzda iqtisodiy-geografik o‘rin - bu
biror-bir joy, shahar, mamlakat yoki regionning rndan tashqarida joylashgan
hamda qandaydir iqtisodiy ahamiyat kasb etuvchi tabiiy yoki inson mehnati
faoliyati natijasida barpo qilingan obyekt yoki obyektlarga nisbatan
munosabatidir. lqtisodiy-geografik o'rin vaqt davomida o'zgarib turuvchi
tarixiy kategoriyadir.
Iqtisodiy-geogralik o‘rin,
asosan, umumiy integral munosabat bo'lib, u: a) markaziy, b) ichkanda joylashgan', d) qo'shni hududda
joylashgan; e) dengiz sohilida joylashgan o'rinlarga bo'linadi.
Markaziy iqtisodiy-geografik
o'rin odatda, juda ko'p qulayliklar bilan ajralib turadi. Markaziy o'rin
davlatlarning poytaxtlari uchun muhim taraqqiyot va samarali boshqarish omili
hisoblanadi. Shuning uchun ham ko'pchilik olim va mutaxassislar mamlakatlar va
regionlarning geografik markazini aniqlashga intilganlar.
Biror-bir hududning ichkarisida
(chetida) joylashgan obyektning iqtisodiy-geografik o'mi ko'pincha, noqulay deb
baholanadi.
Biror-bir mamlakatning boshqa
qo'shni mamlakatga nisbatan aniqlangan iqtisodiy- geografik o'mi barqaror
siyosiy vaziyat mavjud bo'lgan sharoitda xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonning
chuqurlashishi nuqtai nazaridan ijobiy baholanadi. Shunday vaziyat G'arbiy
Yevropada mavjud. Lekin Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyodagi qator regionlarda
qo'shnichilik munosabatlari ko'pincha urush, o'zaro kelishmovchiliklar bilan
belgilanmoqda. (Sobiq Yugoslaviya, O'rta va Janubiy Osiyo, Janubi-g'aibiy
Osiyo, Markaziy va Sharqiy Afrika va boshqalar.)
Dengiz sohilida joylashgan
mamlakatlarning iqtisodiy-geografik o’rni deyarli har doim iqtisodiy-ijtimoiy
rivojlanishning muhim omili hisoblangan (Gretsiya, Italiya, Rim,Venetsiya,Gruziya,
Ispaniya, Portugaliya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va boshqalar). Shuni ta`kidlash
lozimki, hozirgi vaqtda dunyoda mavjud barcha yirik va katta shaharlarning 40
foizi dengiz sohilidan 50 kilometigacha cho'zilgan hududda joylashgan.
Aholisining soni 5 mln. va undan
ortiq bo'lgan 26 shahardan faqat beshtasi (Chikago, Parij, Moskva, Mexiko va
Dehli) materik ichkarisida, qolgani dengiz sohilida joylashgan.
Iqtisodiy-geografik o'rin - obyektning transport-geografik o'mi, sanoat-geografik
o'rni, agrogeografik o'rni, tashqi bozorga nisbatan geografik o'rni va boshqalar
asosida aniqlanadi. Iqtisodiy-geografik o'rin uch bosqichda: mikrogeografik
o'rin, mezogeografik o'rin, makiogeografik o'rinni aniqlash yo'li bilan
baholanadi.
Tabiiy resurs omili. Industrlashtirish jarayonining dastlabki
bosqichlarida asosiy xo'jalik tarmog'i — sanoatning joylashishi tabiiy
resurslar, dastawal foydali qazilfnalar geografiyasi tomonidan aniqlangan.
Jumladan, og'ir sanoat tarmoqlari toshko'mir va temir rudasi mavjud konlar va
havzalarga joylashtinlgan. FTI davrida ushbu xususiyatning ahamiyati ancha
pasaydi. Awalambor, bu ilmtalab larmuqldiga taalluqlidir. Lekin undiruvchi
sanoat geografiyasida tabiiy resurs omili hozirgi vaqtda ham hal qiluvchi rol
o'ynamoqda. Shu yo'nalishda inson oyog'i yetmagan yerlar iiam
o'zlashtirilayotganligini aytib o'tish lozim (shimoliy hududlar, dengiz shelfi)
Transport omili. FTI davrigacha ushbu omil ishlab chiqarishni joylashtirishda
ko'pincha hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Aloqa yo'llari hamda transport
vositalarining takomillashtirilishi transport xarajatlarining keskin
kamayishiga olib keladi. Bu esa o'z navbatida yuk va tovarlarni radiusi bir
necha ming kilometrga teng masofaga olib borishga, insonning hududiy faolligini
oshirishga, ishlab chiqarishni dengiz sohilida barpo etishga, tabiiy resurslami
uzoq masofalaiga eksport qilishga, tabiiy sharoiti noqulay bo'lgan yangi
yerlami o'zlashtirishga, oqibat natijada ishlab chiqaruvchi rayonlar bilan
iste’mol qiluvchi rayonlar o'rtasidagi mavjud hududiy farqlami bartaraf etishga
imkon bermoqda.
Mehnat resurslari omili. Mazkur omil ishlab chiqarishning joylashishiga va
uning hududiga har doim ta’sir qilib kelgan va hozirda ham ta’sir ko'rsatmoqda.
Ma’lumki, ortiqcha mehnat resurslaririing mavjudligi ishlab chiqaruvchi va
xizmat ko'rsatuvchi korxonalami o'ziga tortsa, ularning yetishmasligi yangi
korxonalami barpo qilish taklifini rad etuvchi eng muhim omil hisoblanadi.
Aytilgan fikr, ayniqsa. mehnatni ko'p talab qiluvchi tarmoqlarga taalluqlidir.
G'arbiy Yevropadagi ulkan sanoat
rayonlari va korxonalarida millionlab xorijiy ishchilar mehnat qilmoqda. Shu
vaqtning o'zida millionlab ortiqcha mehnat resurslariga ega Sharqiy va
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida rivojlangan davlatlar yordamida mehnatni
ko'p talab qiluvchi korxonalar barpo etildi. Shunga qaramasdan dunyoda,
ayniqsa, rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlarda bir necha o'n millionlab
iqtisodiy faol aholi ishsizlar safini tashkil etadi.
Hududiy konsentratsiyalashish omili. Ishlab chiqarishning hududiy
konsentratsiyalash – bu uni ma`lum bir joyda to`planishini, jamlanishini
anglatadi. Ishlab chiqarish kuchlarining konsentratsiyalashishi mahsulot
tannarxini pasaytirishga, samaradorligini oshirishga hamda fan-texnika
yutuqlarini ishlab chiqarishga tez joriy etishga imkon beradi.
Hududiy konsentratsiyalashish
geografik mehnat taqsimotiga juda katta ta`sir ko`rsatadi. Bu haqda XX asrning
boshidayoq nemis olimi A.Veber o`zining mashhur "Sanoat standartining
nazariyasiga oid” deb nomlangan kitobida batafsil ma`lumot bergan.
FTI davrida hududiy konsentratsiyalashishning
harakatlantiruvchi kuchi o`zgardi. U endi, asosan, ixtisoslashish jarayoni
bilan bog`liq holda amalgam osha boshladi. Undan tashqari, iqtisodiy-geografik
o`rin, axborotlar tizimi konsentratsiyalashishining hududiy shakllari ham
o`zgardi. Ilgari bular qatorini sanoat punktlari, markazlari, tugunlari va
rayonari tashkil etgan bo`lsa, hozirgi vaqtda yuqoridagilar bilan bir navbatda,
sanoat-port majmualari, sanoat parklari va boshqalar vujudga keldi.
Sanoat-port majmualari Temza, Reyn,
Rona, Dunay, Elba, Oder, Visla daryolarining estuariyalari hamda manbalarida
tashkil etildi. Shulardan eng yiriklari qatoriga Rotterdam, Nyu-York,
Filadelfiya, Baltimor, Tokio, Iokagama va boshqalar kiradi.
Konsentratsiyalashishning "sanoat parki” deb nomlangan shakli FTI bilan uzviy
aloqador bo`lib, aslida hududiy dekonsentratsiyalashish jarayoni natijasidir.
Sanoat parki – bu hududning korxonalarni joylashtirish uchun mo`ljallangan
qulay qismidir. Sanoat parklari rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan.
Sanoat parklari ishlab chiqarishning hududiy konsentratsiyalashuv darajasi o`ta
salbiy oqibatlarga olib kelayotgan hududlarda barpo qilinmoqda. Hozirgi vaqtda
ana shu xususiyatlar hisobga olingan holda minikorxonalar, mini GESlar va
boshqa atrof-muhitga kam zarar ko`rsatuvchi ishlab chiqarish obyektlarini barpo
qilishga katta e`tabor qaratilmoqda.
Fantalab omili. FTI davrida fan-texnika ishlab chiqarishni
joylashtirish jarayonida juda muhim omil bo`lib bormoqda. Avvalambor, bu ilmiy
markazlar – katta shaharlar aglomeratsiyalariga hamda ixtisoslashgan "fan”
shaharlarga tortiluvchi zamonaviy fantalab tarmoqlarga taalluqlidir. Ba`zi
davlatlarda fantalab tarmoqlar kuchli hududiy konsentratsiyalashgan, ba`zi
mamlakatlarda esa, aksincha, ular keng geografiyaga ega. Birinchi turdagi
davlatlarga Fransiya, Yaponiya, Daniya, Bolgariya, ikkinchi turdagi
mamlakatlarga AQSH, Germaniya, Rossiya misol bo`lishi mumkin. FTi davrida fan
bilan ishlab chiqarish o`rtasidagi integratsiya yana ham chuqurlashdi. Buning
natijasida fan-sanoat majmualari, texnologik parklar, texnopolislar vujudga
keldi. Bunday markazlarda ilmiy ixtiro bilan unga tayangan holda tayyor
mahsulot ishlab chiqarishgacha bo`lgan bosqichlarning barchasi qilingan. Bunga
AQSHning Kaliforniya shtatidagi Silikon vodiysi yorqin misol bo`lishi mumkin.
Ekologik omil. Ilgarigi
vaqtlarda ham mavjud bo`lgan bu omil FTI davrida alohida ahamiyat kasb eta
boshladi. Suvning yetishmasligi, sanoat chiqindilarini tozalashga
ajratilayotgan xarajatlarning o`sib borishi, yuqori darajada
industrlashtirilgan va urbanizatsiyalashtirilgan rayonlarda atrof-muhitning
yomonlashishi qator hududlarda ishlab chiqarish va aholining yana ham
konsentratsiyalashuvini cheklashda muhim sabab bo`lib hisoblanmoqda. Ayrim
hollarda atrof-muhitga katta zarar ko`rsatuvchi ishlab chiqarish boshqa
rayonlarga ko`chirilmoqda yoki, umuman, ularning faoliyati to`xtatib
qo`yilmoqda.
Iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlarda uzoq vaqt xo`jalikning yuqori darajaga ega bo`lgan hududiy
tarkibi shakllandi. Mazkur davlatlar hududlari shularning o`ziga xos karkasni
hosil qilluvchi sanoat rayonlari va markazlariga, shaharlar va shaharchalar
aglomeratsiyalariga, transport shoxobchalari va tarmoqlariga, texnologik
parklarga boy hisoblanadi. Mamlakatlarda uch turdagi iqtisodiy rayonlar tizimi
shakllangan. Birinchisi yuqori darajada rivojlangan rayonlar. Ularda sanoatning
fantalab tarmoqlari, fan va fanga xizmat ko`rsatish, noishlabchiqarish
sohasining rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud bo`lib, yirik
firmalarning shtab-kvartiralari joylashgan. Ikkinchisi depressive rayonlar,
ularga asosan eski sanoat, dastavval, undiruvchi hamda boshqa og`ir sanoat
mavjud hududlar kiradi. Uchinchisi – qoloq agrar rayonlar, ularda sanoat,
jumladan, qayta ishlovchi sanoat bo`sh rivojlangan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.