Rossiya Federatsiyasi
Rossiya - maydoni jihatidan yer yuzidagi eng yirik davlat. U Yevrosiyo
shimoliy qismida joylashgan (taxminan 4,1 mln. km.kv – Yevropada, 13,0 mln. km.kv
- Osiyoda).
Rossiya chegaralarining umumiy uzunligi dunyoda eng katta bo'lib, u 58,6
ming km ni tashkil qiladi. Bunda dengiz orqali o'tgan chegaralar quruqlikdagi
chegaralardan deyarli ikki barobar uzun.
Rossiyaning quruqlikdagi chegaralari ham juda uzoqqa cho`zilgan (20 ming
km dan ortiq). Sobiq Ittifoq parchalangandan so'ng Rossiya qo'shnilarining soni
rasman o'zgarmadi. U 16 davlat bilan chegaradosh, dunyodagi boshqa hech qaysi
davlatning bunchalik ko'p qo'shnisi yo'q.
Rossiya - Federativ Respublika.
Davlat rahbari-Prezidentdir. Hukumat ijro etuvchi organ hisoblanadi.
Rossiya Federatsiyasi mineral
resurslarning turlari va zaxiralari bo'yicha jahondagi eng boy mamlakatlardan biridir.
Rossiya ko`mir, neft va tabiiy gazning ulkan
zahiralariga ega. Undan tashqari mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, molibden,
qalayi, nikel, boksit, nefelin rudalariga boy. Oltin, kumush, platina, olmos
qazib olinadi. Osh va kaliy tuzlarining zaxiralari ulkan.
Rossiyaning barcha hududlarida,
ayrim arktika va subarktika rayonlaridan tashqari, doimiy aholi mavjud, biroq u
juda notekis joylashgan. Aholining o'rtacha zichligi 1 km.kv ga 8,4 kishini (Rossiyaning
Yevropa qismida 1 km.kv
ga 32 kishi, Osiyo qismida esa taxminan 2 kishi to'g‘ri keladi) tashkil etadi.
Aholi eng zich joylashgan yerlar (bu zichlik shimolga va sharqqa tomon kamayib
boradi) Markaziy Rossiyadadir. Rossiya Federatsiyasi aholisining soni 2012-yilning
boshida 142,0 mln. kishini tashkil etdi. Rossiyaning demografik
rivojlanishining hozirgi bosqichiga tug'ilish va aholi tabiiy ko'payishining
qisqarishi xosdir. Aholi sonining tabiiy kamayishi ma’lum darajada davlatlararo
migratsiya saldosi hisobiga qoplanmoqda.
Rossiya aholisining milliy
tarkibi juda xilma-xildir (100 dan ortiq millat va xalqlar yashaydi).
Aholisining ko`p qismini
ruslar tashkil etadi (80% dan ortiq), ko‘p sonli xalqlar qatorida tatarlar (5
mln kishidan ortiq), ukrainlar (4 mln. dan ortiq), chuvashlar va boshqalarni
ajratish mumkin. Shahar aholisi ulushi – 73,3%.
Qishloq aholisining joylashishi
tabiat zonalari, xo'jalik faoliyati uchun mavjud bo'lgan shart-sharoitlar,
xalqlarning urf-odatlari va an’analari bilan bog`liq holda farqlanadi.
Xo`jaligi, transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari
Rossiya Federatsiyasi - Mustaqil
Davlatlar Hamdo'stligi davlatlari ichida kattaligi va aholisining soni bo`yicha
eng yirik suveren davlatdir. U ulkan tabiiy, iqtisodiy va ilmiy imkoniyatlarga
ega. MDH davlatlari doirasida YMDning 60 foizi va sanoat ishlab chiqarishning
2/3 qismi Rossiyaga to`g`ri keladi. Rossiya iqtisodiyoti keng tarmoqlidir.
Sanoat mahsuloti hajmining 1/3 qismi yoqilg`i-energetika majmuyi tarmoqlariga
to`g`ri keladi. Energetika tarmog`i ishlan chiqarish kuchlari rivojlanishining,
jamiyat moddiy- texnika bazasini yaratishning asosi hisoblanadi. Rossiya
yoqilg`i-energetika balansining taxminan 70% i neft va gazga to`g`ri keladi.
2012-yilda 420 mln. tonna neft va 670 mlrd. m kub tabiiy gaz hamda 300 mln. tonna atrofida ko`mir qazib chiqarildi. Neft, gaz va ko`mirdan tashqari Rossiyaning ba`zi hududlarida torf va yonuvchi slaneslar energetikada muhim o`rin tutadi.
Neft sanoati. Konlardan qazib olingan neftning katta qismi mamlakat ichkarisida uzunligi 70 ming km ga yaqin bo`lgan neft quvurlari orqali tashiladi. Bu quvurlar neft qazib oluvchi rayonlarni davlatning boshqa barcha hududlari bilan bog`lab turadi. Neft MDH davlatlariga, Sharqiy va G'arbiy Yevropa mamlakatlari va Xitoyga eksport qilinadi. So'nggi yillarda o'rtacha hisobda yiliga 150 mln. tonnagacha neft eksport qilinmoqda.
Gaz sanoati. Rossiya tabiiy gazning sanoat zaxiralari va uni qazib olish hajmi bo'yicha dunyoda birinchi о`rinni egallaydi. Bu xomashyoning asosiy qismi G'arbiy Sibirning shimolida, Shimoliy Kavkazda, Ural rayonida, Volgabo`yida, Komi Respublikasida, Yakutiyada, Saxalinda qazib olinadi. Uning asosiy qismi G'arbiy Sibirga to'g'ri keladi.
Magistral quvurlarining asosiy tizimlari - G'arbiy Sibirdagi gazga boy yerlardan, (Volgabo'yidan, Uraldan, Shimoliy Kavkazdan) gazni Markaziy Rossiyaga hamda xorijga yuboradi.
Ko`mir sanoati. Rossiyada toshko`mir ham, qo'ng'ir ko'mir ham qazib olinadi. 2012- yilda 300 mln tonna ko'mir qazib olindi. Bundan 30 mln. tonnasi chet el davlatlariga eksport qilindi.
Elektroenergetikasi. Elektroenergiya ishlab chiqarish bo'yicha Rossiya dunyoda AQSH, Yaponiya va XXR dan keyin to'rtinchi o'rinda turadi (2008-yilda 940 mlrd kVt/s). Elektr quvvatining eng katta qismi issiqlik stansiyalarida ishlab chiqariladi (70% dan ortiq). Elektroenergetika balansida gidravlik elektr stansiyalarning hissasi - 18% ga, atom elektr stansiyalarning hissasi 12% ga teng.
Qora metallurgiya. 2012-yilda jami 80,0 mln. t temir rudasi qazib olindi. Qora metallurgiyaga zarur bo`lgan kokslanadigan ko'mir Kuzbass va Pechora havzalaridan keltiriladi.
2012-yilda 40 mln. t cho'yan, 50 mln. t po`lat eritildi. Bu ko'rsatkich bo‘yicha Rossiya, Yaponiya, Xitoy, AQSH va Koreya Respublikasidan keyin to'rtinchi o'rinni egallaydi. Rossiyada qora metall ishlab chiqarish, asosan, uchta muhim qora metallurgiya markazlari - Ural, Markaziy qoratuproq va G'arbiy Sibir iqtisodiy rayonlarida jamlangan. Yirik markazlari: Nijniy Tagil, Magnitogorsk, Chelyabinsk, Novotroitsk, Novokuznetsk, Cherepoves, Stariy Oskol, Lipetsk va boshqalar.
Rangli metallurgiya. Qo'rg`oshin-rux sanoati ishlab chiqarishning joylashishi murakkabligi bilan xarakterlanadi. Polimetall rudalari Shimoliy Kavkaz, Zabaykalye, Uzoq Sharq va Primoryeda qazib olinadi. Xomashyoni metallurgik qayta ishlash, odatda, boshqa rayonlarda amalga oshiriladi (qo'rg'oshin-rux konsentratlari tashish uchun qulay).
Achinsk, Bratsk. Boksitogorsk, Volxov, Volgograd, Kamensk-Uralsk, Kandalaksha, Krasnoyarsk, Novokuznetsk, Shelexov aluminiy sanoatining asosiy markazlaridir.
Mashinasozlik Rossiyaning barcha hududlarida bir tekis tarqalgan. Lekin ba’zi rayonlarda u asosiy tarmoq hisoblansa, boshqa rayonlarda ichki ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan, xolos.
Energetika mashinasozligi korxonalauda bug' qozonlari, bug' turbinalari va generatorlar, yidroturbinalar, dizel va elektrodvigatellar tayyorlanadi. Bunday korxonalar Biysk, Barnaul, Taganrog, Belgorod, Sankt-Peterburg, Novosibirskda ishlab turibdi.
Stanoksozlik korxonalari birmuncha tekis tarqalgan. Biroq mahsulotning katta qismi Markaziy, Shimoli-g'arbiy iqtisodiy rayonlarda va Uralda ishlab chiqariladi.
Rossiyaning avtomobil sanoati yengil avtomashinalar, yuk mashinalari, avtobuslar, trolleybuslar ishlab chiqaradi. Bu tarmoqning ilk yirik korxonalari Moskva, Yaroslavl va Nijniy Novgorodda qurilgan edi. Hozirgi vaqtda Nijniy Novgorod, Ijevsk, Miass, Ulyanovsk, Moskva, Tolyatti shaharlaridagi korxonalarda yengil avtomobillar ishlab chiqariladi. Pavlovo (Nijniy Novgorod oblasti) va Likino (Moskva oblasti) shaharlarida avtobuslar ishlab chiqariladi. Yuk avtomobillari Moskva, Nijniy Novgorod, Ulyanovsk, Naberejniye Chelni shaharlarida ishlab chiqariladi. Shu bilan bir qatorda motorlar va dizellar ishlab chiqaruvchi maxsus korxonalar ham faoliyat ko`rsatib turibdi. Engels shahrida (Saratov oblasti) trolleybuslar ishlab chiqariladi.
Temiryo'l mashinasozligining yirik korxonalari Nijniy Novgorod Sankt-Peterburg Ulan-Ude, Nijniy Tagil, Kolomna, Kaluga, Lyudinov, Murom, Novocherkassk shaharlarida joylashgan. Vagonlar (metro vagonlari, tramvaylar va temiryo`l vagonlari) Bryansk, Mitishi, Nijniy Tagil, Tver hamda Abakan, Altaysk, Sankt-Peterburg, Ust-Katav va boshqa shaharlarda ishlab chiqariladi.
Dengiz va daryo kemasozligi, kema ta’mirlash Sankt-Peterburg, Astraxan, Nijniy Novgorod, Tyumen, Krasnoyarsk, Xabarovsk, Blagoveshensk, Komsomolsk-Amur, Arxangelsk, Murmansk, Yaroslavl, Ribinsk, Zelenodolsk shaharlarida amalga oshiriladi.
Samolyotsozlik Moskva, Qozon, Samara, Voronej, Saratov, Smolensk, Rostov-Don, Taganrog kabi yirik sanoat markazlarida rivojlangan.
Kimyo va neft kimyo sanoati. Superfosfat sanoatining eng yirik korxonalari Voskresensk (Moskva oblasti), Sankt-Peterburg, Kingisepp (Leningrad oblasti)dagi kombinatlardir. Azot o‘g‘itlarini ishlab chiqarish bo'yicha esa Dzerjinsk (Nijniy Novgorod yaqinida), Novomoskovsk (Tula oblasti), Nevinnomisk (Stavropol o'lkasi), Kemerovo shaharlaridagi kombinatlar katta ahamiyatga ega. Uralda (Solikamsk, Berezniki) kaliy o'g'itlari ishlab chiqariladi. So'nggi yillarda organik sintez kimyosining ahamiyati o'sib bormoqda.
Sun’iy va sintetik tola yetkazib beruvchi kimyo korxonalari Tver, Ryazan, Balakov (Saratov oblasti), Barnaul Kursk, Engels, Voljskiy, Krasnoyarsk kabi shaharlarda joylashgan.
O‘rmon, yog`ochni qayta ishlash va selluloza-qog`oz sanoati. Bu tarmoq juda katta ahamiyatga ega. Roasiya o'rmonlarga juda boy va ular hudud bo`yicha keng tarqalgan. Umumiy o'rmon maydonlari 766 mln. ga ni tashkil etadi.
Selluloza-qog'oz sanoati korxonalarini joylashtirishda xomashyo omilining ahamiyati juda katta. Hozirgi vaqtda bu tarmoqning asosiy markazlari Shimoliy rayonda (Kondopoga, Arxangelsk, Kotlas, Siktivkar), Uralda (Krasnokamsk, Krasnovishersk, Solikamsk). Volga-Vyatka rayonida (Balaxna, Pravdinsk, Voljsk) joylashgan. Sibirda (Krasnoyarsk, Bratsk, Ust-Ilimsk, Selenginsk, Baykalsk) va Uzoq Sharqda yirik kombinatlar ishlaydi.
Yengil sanoat. So'nggi yillarda bu tarmoqda jiddiy vaziyat yuzaga kelgan. RF sanoati tizimidagi uning salmog`i sezilarli kamaydi. Shunga qaramasdan, hozirgi vaqtda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Yirik to'qimachilik sanoati markazlan qatoriga Ivanovo, Moskva, Yaroslavl, Orexovo-Zuyevo, Noginsk, Tver; jun gazlama tarmog'i markazlariga Moskva, Tver; zig'ir gazlama saaoati markazlariga Kostroma, Vyazniki; ipak gazlama markazlariga Moskva, Naro-Fominsk shaharlari kiradi.
Qishloq xo'jaligi. Rossiya katta yer fondiga ega – (1705 mln. ga), biroq qishloq xojaligida foydalaniladigan yerlar atigi 209,0 mln. gektami tashkil etadi (qishloq xo'jaligi yerlarining maydoni bo'yicha jahonda Xitoy, AQSH dan keyingi 3-o'rinni egallaydi).
Qishloq xo`jaligi ikki asosiy - dehnonchlik va chorvachilik tarmoqlaridan iborat Rossiyaning har bir rayonida qishloq xo'jaligi mahsulotlari turining ma’lum to'plami joylashgan bo'lib, u ushbu rayon ixtisosligini belgilaydi. Farqli tomolari tabiiy sharoitga (o'simliklarning yorug'lik, issiqlik va namlik bilan ta’minlanganiga) bog'liq bo'ladi.
Oziq-ovqat sanoati. Bu sanoat aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlovchi tarmoqlarni o'z ichiga oladi. Oziq-ovqat sanoati korxonalarining rivojlanishi va joylanishi quyidagilar bilan belgilanadi: aholining joylashishi (iste’mol omili), qishloq xo'jaligining ixtisosi (xomashyo omili) tayyor mahsulotni transportda tashish sharoitlari.
Rossiyada transportning barcha turlari rivojlangan. Biroq so'nggi yillarda RF yuk tashish oboroti qisqardi, uning tarkibi ancha o'zgardi. Masalan, umumiy yuk tashish aylanmasida dengiz (13,0%) va quvu. (29,0%) transportining hissasi birmuncha ko'paydi, temiryo‘l (52,7 %) va daryo (3,7 %) transportiniki esa kamaydi. Yo'lovchi tashish qisqardi, biroq uning tarkibida jiddiy o’zgarishlar ro‘y berdi.
Tarmoq uchun muhim bo'lgan bir qator iqtisodiy va texnologik ko'rsatkichlar jumladan yo'llarning ahvoli yomonlashdi va sifati pasaydi. Transport mashinasozligi mahsulotlarini (magistral teplovozlar, yuk vagonlari, yuk avtomobillari va boshqalar) ishlab chiqarishning qisqarishi texnik parkning holatiga salbiy ta'sir ko'rsatib bormoqda.
Temiryo‘l transporti - Rossiyadagi asosiy transport turi. Temiryo'llarning uzunligi bo'yicha Rossiya dunyoda AQSH dan keyingi ikkinchi о`rinda turadi. Temiryo'llarning umumiy uzunligi taxminan 90 ming km, ularning 1/3 qismi elektrlashtirilgan.
Dengiz transportining Rossiya uchun ahamiyati uning uch okean; Atlantika, Shimoliy Muz va Tinch okeanlari akvatoriyasining dengizlari qirg'oqlarida joylashgani bilan belgilanadi. Rossiyaning dengiz orqali o'tgan chegaralari uzunligi taxminan 40 ming km.
Quvur transporti mamlakatning yagona transporti tizimida muhim o'rin tutadi.
Sanoati rivojlangan G'arb davlatlarining Rossiya bilan bo'lgan savdo aloqalari kengaymoqda (50-60% gacha). Rossiyaning savdodagi yetakchi hamkorlari Germaniya, Xitoy, Italiya, Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniyadir. Rossiya tashqi savdo aylanmasining deyarli yarmi mana shu davlatlar zimmasiga tushadi.
Tashqi savdoning tovar tarkibi ham birmuncha o'zgardi. Rossiya eksportida mineral mahsulotlar (neft, gaz, ko‘mir va h.k ) yetakchi o'rinni egallaydi. 2012-yilda Rossiya tashqi bozorga 150 mln. t neft, 300 mlrd m kub tabiiy gaz, 30 mln. t ko'mir, 20 mln. t temir rudasi va boshqalarni yetkazib berdi. Mashina va jihozlarning eksportdagi hissasi 2,9 % gacha qisqardi, yoqilg`i-energetika resurslarining ulushi 70% ni tashkil qildi.
Germaniya, Italiya, Fransiya, Avstriya, Polsha, Vengriya, Chexiya, Bolgariya, Ruminiya va boshqa Yevropa davlatlari Rossiya nefti va tabiiy gazining asosiy iste’molchilaridir.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.