Qozog`iston Respublikasi 

13 658

 Markaziy Osiyo mintaqasining shimoliy va markaziy hududlarida joylashgan. Qozog'iston Respublikasining milliy mustaqilligi 1991-yilning 16-dekabrida e’lon qilingan. Maydoniga ko`ra jahonning 9-yirik mamlakatidir. U mintaqa hududining 2/3 qismini egallaydi.
  Respublikaning iqlimi keskin kontinentaldir. 
 Qozog'iston tabiiy resurslar bilan yaxshi ta’minlangan mamlakatlardan biridir. U qo'rg'oshin va rux, xrom va vanadiy, volfram va kumush kabi boyliklar zaxiralariga ko'ra jahondagi ko'plab yirik mamlakatlardan qatorida turadi. Shuningdek, respublika mis, molibden, boksit, ko'mir, neft, fosforit, temir rudasiga ham ancha boydir. Ko'mir konlaridan Qarag'anda, Ekibastuz; neft konlaridan Tengiz, Qorachig'anoq; temir rudasi konlaridan Kustanay; mis konlaridan Jezqazg`an, polimetall konlaridan Sharqiy Qozog'iston; fosforit konlaridan Qoratov kattaligi va ahamiyati bilan alohida ajralib turadi.
  Qozog'iston - yer resurslariga ham juda boy. Jami hududining 80% dan ko`prog'i qishloq xo'jaligida foydalaniladi. Unda, ayniqsa, yaylov va pichanzorlar hissasi eng katta. Ishlov beriladigan maydonlar (ekin maydonlari) 35 mln. ga ni tashkil qiladi. Bu boshqa O'rta Osiyo Respublikalarining jami ekin maydonlariga nisbatan 4 marta kattalik. Shu bilan birga Qozog`istonda suv va o'rmon boyliklari sezilarli darajada taqchildir. Bularning bari respublikaning juda katta iqtisodiy rivojlanish salohiyatiga ega ekanligini ko'rsatadi.
  Aholisi. Qozog'iston aholisining soni jihatidan mintaqada O'zbekistondan keyinda turadi. Hozirgi vaqtda aholisining xususiyatlariga ko'ra Qozog'iston: ko`pmillatli; tabiiy o'sish ko'rsatkichlari eng past; qayta kо’chib ketuvchilar hisobiga aholisi soni past suratlarda o`sayotgan respublika hisoblanadi. Uning aholisi 1997-yildagi 16,7 mln. kishidan 2013-yilda 18,0 mln. kishiga yetdi. 
  Shu bilan birga, Qozog’iston mintaqada aholisi eng siyrak joylashgan respublikadir. Hozirgi vaqtda har 1 kv.km. maydonga  salkam 7 kishi to'g'ri keladi.
  Qozog'iston Markaziy Osiyoda aholining urbanizatsiya ko`rsatkichlari yuqoriligi bilan ham ajralib turadi. Hozirgi aholisining 58,8% i shaharlarda yashaydi.
 Xo'jaligi industrial-agrar xarakterga ega. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda sanoat tarmoqlari tez sur’atlar bilan rivojlantirildi.
 Yoqilg‘i-energetika sanoati tarmoqlari respublika sanoatining eng yirik ishlab chiqarish majmuasidir. Ayniqsa, ko'mir, neft qazib chiqarish va elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi bo'yicha Qozog`iston O'rta Osiyoda eng yirik mamlakat hisoblanadi. Neft konlari, asosan g'arbida, yirik elektrostansiyalar esa shimolida joylashganligi respublikaning  yoqilg'i va elektroenergiya bilan ta’minlashda katta qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
  Metallurgiya tarmoqlari sanoatining ikkinchi yirik majmuasidir. Respublikada qora metallurgiya va rangli metallurgiya sanoatlari yaxshi rivojlangan. Temirtau shahrida Qarag'anda metallugiya kombinati ishlaydi, Sharqiy Qozog`iston, Pavlodar va Aktyubensk oblastlarida rangli metallurgiya korxonalari mavjud.
  Kimyo va neft-kimyo sanoati ham tog'-kon sanoati bilan bog'langan bo'lib, asosan, neftni qayta ishlash, mineral o'g'itlar, avtomobil shinalari va rezina, texnika, sulfat kislotasi mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
  Mashinasozlik sanoatida mavjud imkoniyatlar nisbatan yetarli rivojlanmagan. Astana, Semipalatinsk, Pavlodar shaharlarida avtomobilsozlik, traktorsozlik va qishloq xo`jaligi korxonalari mavjud. 
  Respublikada yetakchi o‘rinni oziq-ovqat sanoati tashkil qiladi. Tarmoqning yetakchi yo'nalishi go‘sht-sut yetishtirish sanoatidir.
 Yengil sanoati respublika qishloq xo'jaligi yetishtirib beradigan xom-ashyolarni qayta ishlashga moslashtirilgan.
  Respublika chorvachiligining yetakchi tarmog'i qo‘ychilik va echkichilikdir. Hozirgi vaqtda unda 25 mln. boshdan ziyod qo'y va echkilar bor. Qo'ychiligi, asosan, jun va qorako'l terisi berishga ixtisoslashgan.
  Qoramolchilik chorvachilikning ikkinchi tarmog'idir. Ularning soni 9 mln. boshdan ortiqdir.
  Dehqonchiligi. Ekin maydoni 34 mln. ga bo`lib, 2/3 qismida donli ekinlar (bahorgi bug`doy, arpa, tariq, makkajo`xori, sholi), qolgan qismida texnik (paxta, qandlavlagi, kartoshka va yem-xashak) ekinlar ekiladi.
  Transporti. Qozog`istonda davlatlararo va rayonlararo yuk tashishda temiryo'I transportning ahamiyati eng katta. U barcha ichki rayonlarini bir-birlari bilan bog'lab turadi. Ahamiyatiga ko'ra avtomobil transporti ham muhimdir. Shuningdek, suv va havo transportlarining ahamiyati tobora oshib bormoqda.
 Ichki tafovutlari. Iqtisodiy rivojlanish darajasi va ishlab chiqarish ixtisosiga ko`ra nisbatan yaxshi (Shimoliy, Sharqiy va Janubiy Qozog'iston) va nisbatan kam o'zlashtirilgan (G'arbiy va Markaziy Qozog'iston) rayonlari ajralib turadi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.