Turkmaniston Respublikasi
Turkmaniston Markaziy Osiyoning janubida joylashgan davlat. Shimoli-g'arbdan
Qozog'iston, Shimol va shimoli-sharqdan
O'zbekiston, janubdan Afgoniston va Eron bilan chegaradosh. G'arbiy qismi
Kaspiy dengizi bilan o'ralgan. Ma’muriy jihatdan 5 viloyatga ajraladi.
Milliy mustaqilligi 1991-yilning
27-oktyabrida e`lon qilingan. IGO‘ 1996-yili Eron orqali Fors qo`ltig'i va
Kavkaz orqali Qora dengiz bo`ylariga yo'llar ochilishi bilan ancha qulaylashdi.
Tabiiy
sharoiti: Asosan, relyefi tekis, iqlimi
kontinental va qurg`oqchil hamda suv manbalari kamligi tufayli qadimdan
quduqlardan keng foydalanib kelinadi. Quduqlar ko`pligi sababli, ba`zan
Turkmamstonni "quduqlar mamlakati” ham deyishadi. Tabiiy resurslardan neft va
tabiiy gazga, oltingugurt hamda turli tuzlarga ancha boy.
Aholisi, asosan, tabiiy o'sish
hisobiga ko`paymoqda. Uning soni so'nggi yigirma yilda 3,7 mln.dan 5,1 mln.
gacha ko‘paydi. O‘rtacha zichligi 1
km.kv maydonga 11 kishi tog'ri keladi. Aholining 50,0
foizi shaharlarda yashaydi.
Xo'jaligi agrar-industrial xarakterga ega. Uning asosini sug'orma
dehqonchllikka asoslangan qishloq xo'jaligi tashkil qiladi. Sug'oriladigan
yerlarning umumiy maydoni 1,3 mln. gektar. Asosan donli va texnik (paxta) ekinlar
eng ko‘p ekiladi. Chorvachilikda qo'ychilik (qorako`1), tuyachilik va
yilqichilik yetakchilik qiladi.
Sanoatida yoqilg'i-energetika
(neft va gaz) hamda yengil va oziq-ovqat tarmoqlari yuqori mavqega ega.
Mamlakat sanoatining istiqboli kelgusida neft va tabiiy gazni ko'plab qazib
chiqarish va uni jahon bozoriga chiqarish muammolarning qay darajada hal
qilinishiga bog'liq. Boshqa sanoat tarmoqlari ancha sust rivojlangan.
Asosiy
shaharlari: Ashgabad, Turkmanobod,
Mari, Dashoguz, Turkmanboshi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.