Koreya Respublikasi 

8 550

 Tabiiy-demografik salohiyati, xo`jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari
  Koreya Yevrosiyo sharqida, Koreya yarimorolida joylashgan qadimgi davlat. Qadimdan madaniyati rivojlangan Koreya hozirgi vaqtda qoshni mamlakatlar bilan hamkorlikni faollashtirayotgan Sharqiy Osiyoning markazidir. 
 Qirg`oqlarini g`arbda Sariq dengiz, Sharqda Sharqiy (Yapon) dengiz suvlari yuvib turadi. Mamlakatning umumiy maydoni 99,392 ming km.kv.
  Mamlakatda tog`li relyef ustun (70%), iqlimi kontinental musson iqlimidan iborat, yiliga 900-1500 mm yog`in yog`adi. Yanvar oyining o`rtacha harorati +40C, iyulniki +260C. Dayolar sersuv, ulardan eng yiriklari Naktongan va Xangan. Hududining katta qismini aralash ignabargli va keng bargli o`rmonlar egallagan. Asosiy foydali qazilmalari volfram, temir, oltin, kumush, marganes va mis rudalari. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 1/5 qismidan ortig`ini egallaydi. 
  Aholi soni 2013-yil iyul oyiga 49 mln kishini tashkil etgan. Aholining o`rtacha zichligi 1 km.kv ga, deyarli 500 kishiga teng. Koreyaning etnik tarkibi boy emas. Mamlakatda oz miqdorda xitoylar mavjud. Tug`ilish koeffitsiyenti 9,46, o`lim koeffitsiyenti 9,5 va tabiiy o`sish koeffitsiyenti minus 0,1 promillega teng. Janubiy Koreyada urbanizatsiya darajasi 83% dan ziyod. Yirik shaharlar qatoriga Seul (10,0 mln. kishi), Pusan (1,5 mln.), Tegu (2,4 mln.), Inchxon (1,9 mln.), Kvanchju (1,2 mln.), Tedjon (1,1 mln.), Ulsan va Suvon kiradi.
  Koreya Respublikasi so`nggi 30 yil ichida iqtisodiy rivojlanishda ulkan yutuqlarga erishdi. Bunday hodisa "koreys mo`jizasi” deb atalmoqda. Haqiqatan ham, 1980-2012-yy. Mamlakat YIM 62,8 mlrd. AQSH dollaridan 1536 mlrd. AQSH dollariga yetdi yoki deyarli 25 martaga o`sdi. O`rtacha aholi soniga hosoblaganda ushbu ko`rsatkich 1600 dollardan 30,7 ming dollarga yetdi yoki 19 martaga ko`paydi. Iqtisodiy o`sish va rivojlanishning bunday sur`atlarini Yer yuzasidagi hech bir mamlakat ko`rmagan. 
  Iqtisodiyot eng muhim tarmog`i sanoatga (YIM ning 34,9% i), xizmat ko`rsatish sohasiga (60,1%), qishloq xo`jaligiga (3%i) to`g`ri keladi. Metallurgiya, mashinasozlik (avtomobilsozlik, kemasozlik, elektrotexnika va elektronika mashinasozligi, og`ir mashinasozlik), kimyo va neft-kimyo sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati yuqori ahamiyat kasb etadi. Janubiy Koreya "Samsung-Elektroniks”, "Xunday”, "Posko” va boshqa shu kabi industrial gigantlarning mavjudligi bilan ajralib turadi. Ushbu korxonalar mahsulotlarining katta qismi eksport qilinadi. 
  Dehqonchilikda sholichilik, sabzavotchilik (tarvuz, qovoq, turli xil ko`katlar), mevachilik (nok, olma, shaftoli yetishtirish) va uzumchilik muhim o`rin egallaydi. Chorvachilikda sut-go`sht chorvachiligi, qoramolchilik va cho`chqachilik rivojlangan.
  Transporti juda yaxshi rivojlangan. Seul va Inchxon shaharlari xalqaro transport logistik markazlari rolini bajarmoqda. Inchxon dunyodagi eng yirik aeroport bo`lib, 44 ta mamlakatdagi 141 shahar bilan to`g`ridan tog`ri avialiniyalarga ega. Temiryo`l Seul shahrini tezyurar poyezdlar (350 km/soat) orqali mamlakatning boshqa shaharlari bilan bog`laydi.
  Janubiy Koreya tashqi savdosining hajmi 1980-yilgi 17,5 mlrd. AQSH dollaridan 2012-yilga kelib 950 mlrd. AQSH dollariga oshdi. Ushbu ko`rsatkich bo`yicha Janubiy Koreya jahon mamlakatlari ichida 11-o`rinni, eksport bo`yicha (473 mlrd.doll.) esa 12-o`rinni egallaydi. Koreya Respublikasi O`zbekiston bilan istiqbolli tashqi iqtisodiy aloqalarga ega. Ushbu mamlakatlar ortasida 2011-yilda amalga oshirilgan savdo aylanmasi O`zbekiston jami tashqi savdo aylanmasining 10,6 % ini tashkil etdi. Bu ko`rsatkich bo`yicha Koreya Respublikasi jami davlatlar ichida Rossiya va Qozog`istondan keyin 3-o`rinni egallaydi. Mazkur ko`rsatkich bo`yicha Koreya Respublikasi O`zbekistonga avtomobil dvigatellari, avtomobillar uchun rezina-texnika buyumlari, turli uskunalar, to`qimachilik sanoati uchun asbob-uskunalar, uyali aloqaga oid telekommunikatsiya uskunalari eksport qiladi. U O`zbekistondan paxta tolasi, rangli metallar (mis, rux), boyitilgan uran va boshqa mahsulotlarni import qiladi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.