Yaponiya 

14 427

Iqtisodiy-geografik tahlili. Tabiiy sharoiti va resurslari 
  Yaponiyaning umumiy maydoni 376 ming. kv.km. Hududining muhim xususiyatlaridan biri uning katta va kichik orollarda joylashganligidir. Ulardan to`rt tasining maydoni ancha kattadir. Bularga Xonsyu, Xokkaydo, Kyusyu va Sikoku orollari kiradi. U unitar davlat bo`lib, 47 prefekturaga bo'linadi.
  Yaponiya, asosan, tog'li mamlakat. Hududining 75 foizini tog'lar egallaydi. Eng baland tog'i Fudziyama (3776 m.) yapon xalqining ommaviy topinadigan-sig'inadigan muqaddas joyi hisoblanadi. Tekisliklari, asosan, Tinch okean sohillari bo'ylab joylashgan. Ayniqsa, Tokio qo'ltiq-bo'yidagi Kanto pasttekisiigi mashhurdir. 
  Yaponiya biron-bir yerosti boyliklari bilan o'zini o'zi ta'minlay olmasa-da, boy dengiz, geotermal, gidroenergiya, agroiqlim resurslariga ega.
  Iqlimi musson xarakterda. Qish oylari nisbatan qurg`oqchil va sovuq, ammo shimoldan janubga qarab isib boradi. Yoz esa ancha namli va issiq o'tadi. Yog'in miqdori o'rtacha 1700-4000 mm, tez-tez yer silkinishlari bo`lib turadi. Ba`zan u juda kuchli, halokatli tarzda ro`y beradi.
  Yaponiyaning aholisi 127 mln. kishi. Aholisining soni bo'yicha jahon mamlakatlari orasida o`ninchi o'rinda turadi. Aholi soni keyingi yillarda qisqarib bormoqda. Yaponiya tipik Sharq davlatlaridan bo`lishiga qaramasdan, Osiyoda birinchi bo`lib, demografik ko`rsatkichlariga ko`ra, II tipdan I tipga o`ta oldi.  Unda har 1000 aholi hisobiga tug'ilish 8 kishiga, o'lim esa 7 kishiga to'g'ri kelmoqda, bolalar o'limi ko'rsatkichlari jahonda eng pastdir. Shu bilan birga aholisi o'rtacha 83 yoshdan ortiqroq umr ko'rmoqda. Yaponiya bir millatli davlat. Aholisining 99 foizi yapon millatiga mansub.
  Yaponiyada aholining o'rtacha zichligi 1 kv.km maydonga 337 kishiga teng. Agar mamlakat aholisining asosiy qismi umumiy maydonining 10 foizida yashashini hisobga olsak, amalda aholi yashaydigan hududlarda bu ko'rsatkich 1000 kishini tashkil qiladi. Yaponiya yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi. Unda jami aholining 67 foizidan ko'prog'i shaharlarda yashaydi. Mamlakatda yirik shaharlar soni 200 dan ortadi. Eng yirik shahri mamlakatning poytaxti Tokio bo'lib, unda 34,4 mln.dan ko'proq aholi istiqomat qiladi. Aholisi 1 mln.dan ortiq bo'lgan yana 6 ta shahari bor. Mamlakatda yirik shahar aglomeratsiyalari shakllanmoqda. Tokio-Nagoya-Osaka yo'nalishi bo'ylab 600 km.dan ortiq masofaga cho'zilgan hududida dunyodagi eng yirik megalopolislardan biri Tokaydo tashkil topgan. unda 55 mln.kishi mavjud.
  Foydalaniladigan yer nihoyatda qimmatli, taqchil resurs bo'lganligi sababli, Yaponiyada hozirgi vaqtda binolarni «Osmono'par» qilib qurish bilan birga, ulaming qator qavatlarini yer ostkda joylashtirishga ham erishilmoqda. Alohida texnopolis - ilmiy-muhandislik komplekslari, asosan, dengizning sayoz qo'ltiq va ko'rfazlarini turli axlat va chiqindi jinslar bilan to'ldirish hisobiga hosil qilingan hududlarida qurilmoqda. 

 Xo'jaligi, transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari, ichki tafovutlari
  XX asrning 60-yillarilan boshlab Yaponiyaning «iqtisodiy mo‘jiza»si jahonni hayratga sola boshladi. Buning sababi II janon urushida yengilib, atom bombasining dahshatlarini o‘z boshidan o'tkazgan mamlakatning tezlik bilan qaddini rostlagani va misli ko‘rilmagan sur’atlarda tez rivojlanishga erishgani edi.
  Yaponiya «iqtisodiy mo'jiza»sining asosiy manbayi, mutaxassislar xulosasiga ko`ra, yapon millatining yuqori darajadagi mehnatsevarlik va mehnat intizomi, uyushqoqlik va sabr-toqat, ishga mas’uliyat hissi va tejamkorlik kabi ijtimoiy xususiyatlari bilan bog`langan.
  Yaponiya iqtisodiyoti yuqori dararada rivojlangan mamlakat. YIMning umumiy hajmi (4628 mlrd. AQSH dollar)ga ko'ra dunyoda AQSH, Xitoy va Hindistondan keyin to`rtinchi o'rinni egallaydi. Unda iqtisodiyotning barcha tarmoqlar yaxshi rivojlangan.
  Yoqilg'i-energetika sanoatida gidro, geotermal, quyosh, dengiz elektrostansiyalari ham o'z hissasini qo'shsalar-da, asosiy ishni import yoqilg`ilar asosida ishlaydigan IES va AESlar bajaradi. Mamlakat har yili 200 mln.t. ga yaqin neftni import qiladi. Shu sababli Yaponiya elektroenergetikasida tobora AESlar hissasi ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda 30 dan ortiq atom elektrostansiyalari qurilgan. 2012-yilda 950 mlrd kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarildi.
  Metallurgiya sanoati. Yaponiya po'lat ishlab chiqarish hajmiga ko'ra, jahonda (bir yilda 90 mln. tonnadan ortiq) oldingi o`rinlardan birini egallaydi. Taraqqiy etgan organik sintez kimyosi korxonalari kabi metalluigiya markazlari ham, asosan, dengizbo'yi hududlari bo'ylab marjon kabi tizilgan holda joylashgan.
 Avtomobilsozlikda Yaponiya ulkan yutuqlarga ega. U yiliga 12-13 mln.dan ortiq avtomobillar (shuning 8 mln. dan ortig'i yengil avtomobillar) ishlab chiqaradi va jahonda birinchi o'rinda turadi (lekin keyingi yillarda uning soni qisqarib bormoqda).
  Hozirgi davr Yaponiya iqtisodiyotining faxri va ramzi elektronika sanoati ekanligini butun olam biladi. Ayniqsa, radioelektronika sanoati - rangli televizorlar, videomagnitofonlar, radiotexnika vositalari ishlab chiqarishda ustunlikka ega.
  Qishloq xo'jaligi yuqori rentabelligi va mehnal unumdorligi bilan ajralib turadi. Ishlov beriladigan yerlar umumiy maydonining 11 foizini tashkil qilganligi uchun Yaponiyada qadimdan ekin maydonlaridan tejamkorlik bilan foydalanishga o'rganishgan. Yaponiya dehqonchilik mamlakatidir. Uning yetakchi tarmog'i bo`lgan don xo`jaligida sholikorlikning o`rni alohidadir. Sholi jami ekin maydonlarining yarmiga yaqini ekiladi va yiliga 10-12 mln.t. sholi yetishtiriladi. Shuningdek, bug'doy, soya, turli sabzavot va bog'dorchilik tarmoqlari ham ancha ahamiyatli.
  Yaponlar go`sht va sut mahsulotlari iste’mol qilishda yevropaliklardan qolishmaydi. Bu holat mamlakatda chorvachilikning rivojlanishiga katta e’tibor berishni talab etadi. Hozirda chorvachilikning qoramolchilik, cho'chqachilik, broyler parrandachiligi, hovuz baliqchiligi, pillachilik kabi tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Xo'jalikning bu tarmoqlari Yaponiya iqtisodiyotining faol yo'nalishlaridandir.   
  Yaponiyaning tashqi va ichki aloqalarida dengiz transporti katta ahamiyatga ega. U rivojlangan davlatlar orasida dengiz transportida yuk tashish hajmiga ko`ra eng kattasi hisoblanadi. Bu mamlakatda 100 dan ziyod portlar mavjud. Olar orasida Kobe, Nagoya, Iokoma kabilar jahonda kattaligiga ko`ra ajralib turadi. Xalqaro hamda ichki aloqalarni tashkil etishda havo transportining ahamiyati kattadir.
  Tashqi iqtisodiy aloqalar Yaponiya iqtisodida hayotiy ahamiyatga ega. Buning sababi mamlakat iqtisodiyotida ko‘p sohalarning import xomashyolarga qarab qolganligidir. Yaponiya, asosan, sanoat xomashyolarini import qiladi va iste’molga tayyor mahsulotlarni eksportga chiqaradi.
  Yaponiya jahonning juda ko‘p mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni olib boradi. Ular orasida eksport bo`yicha AQSH (20,4%), Xitoy (20,5%), Janubiy Koreya (7,6%), import bo`yicha Xitoy (20,5%), AQSH (11,6%), Saudiya Arabistoni (5,7%) ajralib turadi.
  Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasi bilan tashqi iqtisodiy aloqalari ham rivojlanib bormoqda. U O'zbekiston iqtisodiyotiga tobora ko‘p investitsiya kiritmoqda. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksini investitsiyalashda Yaponiya faol qatnashdi. Yaponiyadan texnologiya vositalari, tayyor iste’mol mahsulotlari, aloqa kommunikatsiya vositalari O‘zbekistonga keltirilayotgan bo‘lsa,       О`zbekistondan Yaponiyaga tubora ko‘p paxta va ipak tolasi, tog'-kon, metallurgiya sanoati mahsulotlari, turli iste’mol mahsulotlari eksport qilinmoqda.
 Yaponiyaning ichki-hududiy tafovutlari. Yaponiyada ham iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlangan hududlar bilan bir qatorda hali yetarli darajada o‘zlashtirilmagan rayonlar mavjud.
 Tinch okean sanoat mintaqasi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan rayon bo‘lib hisoblanadi Bu mintaqa Tokio qoitig`idan Osaka qo'ltig'igacha cho'ziladi. Aslida Tokaydo megalopolisini tashkil qilgan bu hududning relyefi nisbatan tekis. Bu tekislik Tinch okeani bo‘ylab o'rtacha 15-65 km li tor yo'nalishda 600 km dan ortiq masofaga cho'zilgan.
  Mamlakatning rivojlanish darajasiga ko‘ra ikkinchi rayon Xonsyu orolining janubiy va Kyusyu orolining shimoliy qismlaridir. Rayonda o‘zining rivojlanish darajasiga ko'ra faqat Kitakyusyu (Shimoliy Kyusyu) sanoat aglomeratsiyasi yuqori darajada rivojlangan metallurgiya va og`ir mashinasozlik sanoatlari bilan ajralib turadi.
 Yaponiyaning uchinchi rayoni Kyusyuning janubiy qismi va butun Sikoku hamda Xokkaydo orollaridir. Rayonda sanoat rivojlanish darajasiga ko`ra Sapporo sanoat aglomeratsiyasi ajralib turadi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.