Koreya Respublikasi
Koreya Yevrosiyo
sharqida, Koreya yarimorolida joylashgan qadimgi davlat. Qadimdan madaniyati
rivojlangan Koreya hozirgi vaqtda qoshni mamlakatlar bilan hamkorlikni
faollashtirayotgan Sharqiy Osiyoning markazidir.
Qirg`oqlarini
g`arbda Sariq dengiz, Sharqda Sharqiy (Yapon) dengiz suvlari yuvib turadi. Mamlakatning
umumiy maydoni 99,392 ming km.kv.
Mamlakatda tog`li
relyef ustun (70%), iqlimi kontinental musson iqlimidan iborat, yiliga 900-1500 mm yog`in yog`adi. Yanvar
oyining o`rtacha harorati +40C,
iyulniki +260C.
Dayolar sersuv, ulardan eng yiriklari Naktongan va Xangan. Hududining katta
qismini aralash ignabargli va keng bargli o`rmonlar egallagan. Asosiy foydali
qazilmalari volfram, temir, oltin, kumush, marganes va mis rudalari. Haydaladigan
yerlar mamlakat hududining 1/5 qismidan ortig`ini egallaydi.
Aholi soni 2013-yil
iyul oyiga 49 mln kishini tashkil etgan. Aholining o`rtacha zichligi 1 km.kv ga, deyarli 500
kishiga teng. Koreyaning etnik tarkibi boy emas. Mamlakatda oz miqdorda
xitoylar mavjud. Tug`ilish koeffitsiyenti 9,46, o`lim koeffitsiyenti 9,5 va
tabiiy o`sish koeffitsiyenti minus 0,1 promillega teng. Janubiy Koreyada
urbanizatsiya darajasi 83% dan ziyod. Yirik shaharlar qatoriga Seul (10,0 mln. kishi),
Pusan (1,5 mln.), Tegu (2,4 mln.), Inchxon (1,9 mln.), Kvanchju (1,2 mln.),
Tedjon (1,1 mln.), Ulsan va Suvon kiradi.
Koreya Respublikasi
so`nggi 30 yil ichida iqtisodiy rivojlanishda ulkan yutuqlarga erishdi. Bunday
hodisa "koreys mo`jizasi” deb atalmoqda. Haqiqatan ham, 1980-2012-yy. Mamlakat YIM
62,8 mlrd. AQSH dollaridan 1536 mlrd. AQSH dollariga yetdi yoki deyarli 25
martaga o`sdi. O`rtacha aholi soniga hosoblaganda ushbu ko`rsatkich 1600
dollardan 30,7 ming dollarga yetdi yoki 19 martaga ko`paydi. Iqtisodiy o`sish
va rivojlanishning bunday sur`atlarini Yer yuzasidagi hech bir mamlakat
ko`rmagan.
Iqtisodiyot eng
muhim tarmog`i sanoatga (YIM ning 34,9% i), xizmat ko`rsatish sohasiga (60,1%),
qishloq xo`jaligiga (3%i) to`g`ri keladi. Metallurgiya, mashinasozlik (avtomobilsozlik,
kemasozlik, elektrotexnika va elektronika mashinasozligi, og`ir mashinasozlik),
kimyo va neft-kimyo sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati yuqori ahamiyat kasb
etadi. Janubiy Koreya "Samsung-Elektroniks”, "Xunday”, "Posko” va boshqa shu
kabi industrial gigantlarning mavjudligi bilan ajralib turadi. Ushbu korxonalar
mahsulotlarining katta qismi eksport qilinadi.
Dehqonchilikda
sholichilik, sabzavotchilik (tarvuz, qovoq, turli xil ko`katlar), mevachilik (nok,
olma, shaftoli yetishtirish) va uzumchilik muhim o`rin egallaydi. Chorvachilikda
sut-go`sht chorvachiligi, qoramolchilik va cho`chqachilik rivojlangan.
Transporti juda
yaxshi rivojlangan. Seul va Inchxon shaharlari xalqaro transport logistik
markazlari rolini bajarmoqda. Inchxon dunyodagi eng yirik aeroport bo`lib, 44
ta mamlakatdagi 141 shahar bilan to`g`ridan tog`ri avialiniyalarga ega. Temiryo`l
Seul shahrini tezyurar poyezdlar (350 km/soat) orqali mamlakatning boshqa
shaharlari bilan bog`laydi.
Janubiy Koreya
tashqi savdosining hajmi 1980-yilgi 17,5 mlrd. AQSH dollaridan 2012-yilga kelib
950 mlrd. AQSH dollariga oshdi. Ushbu ko`rsatkich bo`yicha Janubiy Koreya jahon
mamlakatlari ichida 11-o`rinni, eksport bo`yicha (473 mlrd.doll.) esa
12-o`rinni egallaydi. Koreya Respublikasi O`zbekiston bilan istiqbolli tashqi
iqtisodiy aloqalarga ega. Ushbu mamlakatlar ortasida 2011-yilda amalga
oshirilgan savdo aylanmasi O`zbekiston jami tashqi savdo aylanmasining 10,6 %
ini tashkil etdi. Bu ko`rsatkich bo`yicha Koreya Respublikasi jami davlatlar
ichida Rossiya va Qozog`istondan keyin 3-o`rinni egallaydi. Mazkur ko`rsatkich
bo`yicha Koreya Respublikasi O`zbekistonga avtomobil dvigatellari, avtomobillar
uchun rezina-texnika buyumlari, turli uskunalar, to`qimachilik sanoati uchun
asbob-uskunalar, uyali aloqaga oid telekommunikatsiya uskunalari eksport
qiladi. U O`zbekistondan paxta tolasi, rangli metallar (mis, rux), boyitilgan
uran va boshqa mahsulotlarni import qiladi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.