Jahon mamlakatlarining davlat tuzimi va boshqaruv shakllari 

33 838

 Har qanday mamlakatlarining  davlat tuzumi  va uni idora qilish shakli bilan ajralib turadi. Idora qilishning ikki  asosiy – respublika va monarxiya shakllari keng tarqalgan. Respublika shakli qadimdan ma`lum (Qadimgi Rim) bo`lsa ham, uning keng tarqalishi XX asrning ikkinchi yarmiga to`g`ri keladi. 
  2013-yilda jahonda 149 ta respublika mavjudligi qayd etilgan. Davlat boshqaruvining shakli oliy davlat hokimiyatining tuzilishini ko`rsatadi, ya`ni u qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari o`rtasida davlatni boshqaruv jarayonida kelib chiquvchi aloqalarni anglatadi. 
  Jumladan, Prezidentlik Respublikalarida hokimiyatning asosiy vakolatlari Prezident qo`lida top`langan bo`ladi (u davlat va hukumat boshlig`i, oliy bosh qo`mondon va hokazo). Prezidentlik Respublikalarining turli xil variantlari AQSH, Fransiya, Braziliya, Indoneziya, Chexiya, Rossiya, Qozog`iston, O`zbekiston kabi mamlakatlarda o`zining ifodasini topgan. 
  Parlamentlik Respublikalarda hokimiyatning asosiy vakolatlari parlament qo`lida bo`ladi. Bunday davlatlarda president funksiyalari birmuncha cheklangan bo`ladi. Germaniya, Avstriya, Shveysariya, Italiya, Gretsiya, Isroil, Turkiya, Hindiston va boshqalar ana shunday davlatlar sirasiga kiradi.
  Davlat boshqaruvining monarxiya shaklida jamiyatdagi turli xil diniy ijtimoiy-siyosiy funksiyalari o`zining amaliy ifodasini topadi. Shundaylar qatoriga teokratik monarxiya ham koradi. Bunda monarx hokimiyat vazifalaridan tashqari bir vaqtning o`zida diniy rahbar vazifasini ham bajaradi. 
  Hozirgi vaqtda dunyoda 45 ta monarxiya faoliyat ko`rsatmoqda. Ularning ichida aksariyat ko`pchiligi konstitutsion monarxiyadan iborat. Bunday monarxiyalarning soni, ayniqsa, Yevropada ko`p. Konstitutsion monarxiyalarning soni Osiyoda 9 ga, Afrikada 3 ga, Amerikada 9 ga teng (asosan, Karib dengizi havzasida). Mutlaq monarxiyaning umumiy soni 4 tadan iborat, ularning barchasi Osiyoda joylashgan. Jahonda mutlaq teokratik monarxiya 2 ta bo`lib, ularning birinchisi islom diniga (Makka-Madina), ikkinchisi xristian diniga (Vatikan) tegishli. 
  Har qanday mamlakatning ma`muriy-hududiy tizimi davlat tuzilishining ajralmas xususiyati hisoblanadi (yoki davlat tuzilishining shakli). Mazkur belgiga binoan jahonda juda ko`p mamlakatlar unitary davlatlardan tashkil topgan. Bunday davlatlarda boshqaruv markazlashgan holda amalga oshiriladi. 
  Davlat tuzilishining birmuncha yosh shakli – bu federatsiya yoki federativ davlatdir. U federatsiya subyektlari (shtatlar, provinsiyalar, respublikalar va b.) dan tashkil topadi. Federativ davlatlarning soni XXI asr arafasida 27 ta, shu jumladan Yevropada 8 ta, Osiyoda 5 ta, Afrikada 5 ta, Amerikada 7 ta hamda Avstraliya va Okeaniyada 2 tadan iborat bo`ldi. Federativ davlatlarni barpo etishda ularning tarixiy rivojllanganlik xususiyatlari (AQSH, GFR, BAA va b.), hududining benihoya kattaligi (Kanada, Avstraliya, Braziliya) yoki hududining sochilib ketganligi (Mikroneziya Federativ shtatlari, Komor orollari Respublikasi va b.) yoxud aholisining ko`p millatliligi (Hindiston, Nigeriya, JAR va b.) va boshqa sabablar hisobga olingan. 
  Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda ma`muriy-hududiy tuzilmaga (MHT) murakkablik va ko`p pog`onalik xosdir. MHTda, odatda, uch pog`ona ajratiladi. Ayrim hollarda u juda ko`p pog`onalarga ega bo`ladi. Jumladan, Fransiyada 26 ta rayon, 100 ta department va 36,5 mingta komunna mavjud. AQSHda 50 ta shtat 30 mingdan ortiq grafiklikni birlashtiradi. Grafiklar, o`z navbatida, taunshiplar va munitsipalitetlarga bo`linadi. Bulardan tashqari, yana bir necha mingta maxsus okruglar ham mavjud. 
  O`zbekistonda ma`muriy-hududiy tuzilmaning respublika, viloyat, tuman hamda fuqarolar yig`inlari bo`laklari tashkil etilgan.
Bilib qo`ygan yaxshi!
Unitar davlat – lotincha unitas so`zidan olingan bo`lib, birlik, yagona degan ma`noni anglatadi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat mavjud ma`muriy-hududiy tuzum shakliga ega bo`lgan mamlakatdir.
Federativ davlat – lotincha foederatio so`zidan olingan bo`lib, ittifoq, birlashma, yagona degan ma`noni anglatadi. Federal qonunlar va hokimiyat organlari bilan bir qatorda, o`zining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari mavjud ma`muriy-hududiy tuzum shakliga ega bo`lgan mamlakatdir. 

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.