Turar joylardagi avariya xususiyatiga ega bo`lgan favqulodda vaziyatlar 

5 731

  Hayotining anchagina qismini odam uyida o`tkazadi. Bunday olib qaraganda, uyimizda bizga hech qanday xavf-xatar tahdid solmayotgandek tuyuladi. Shu sababli bo`lsa kerak ba’zan eng oddiy xavfsizlik qoidalarini ham chetlab utib kechirilmas xatolarga yo`l qo`yamiz. Televizor yoki dazmolni o`chirishni unutamiz, oshxona yoki vannaxonadagi jumraklar berkitil ganmi yo yo`qligini tekshirib ko`rishga erinamiz. Oqibatda nazoratsiz qoldirilgan elektr asboblaridan (dazmol, televizor, elektr choynagi, elektr plitasi va boshq.) yong`in chiqadi. Oshxona yoki vannaxonadagi o`z vaqtida berkitilmagan jumrak suv bosishi sababchisi bo`ladi. Gazning chiqib turishi zaharlanishga, hatto portlashga olib keladi. Bolalar ko`zidan chetga olib qo`yilmagan maishiy kimyoviy vositalar esa ularning zaharlanishiga sabab bo`ladi. Bularning oqibatlarida alanga olishi, yong`in chiqishi; is gazi, zaharli moddalar bilan zaharlanish; turar joylarni suv bosishi; odamlar qurbon bo`lishi, ularning sog`ligiga ziyon yetishi, atrof muhit iflos lanishi va mol-mulkning nobud bo`lishi hodisalari sodir etilishi mumkin. Mana shunday hodisalar favqulodda vaziyatlar deb ataladi.
  Shunday qilib, turar joylarda eng ko`p tarqalgan favqulodda vaziyatlarga nosoz yoki nazoratsiz qoldirilgan elektr asboblari; o`t portlovchi va zaharli moddalar bilan o`ynash; binolar konstruksiyalarining shikastlanishi, suv, gaz, isitish tarmoqlarining buzilishi sabab bo`lishi mumkin ekan.
  Zamonaviy turar joylarga nazar tashlasak, ularning turli-tuman ekanligini ko`ramiz ko`p qavatli uylar, shaxsiy uylar, dala hovli, eski qurilgan binolar va h.k. Uylarimizning qanchalik mustahkam bo`lishi uni tashkil etuvchi elementlariga va ulardan to`g`ri foydalanishga bog`liq.
- Uyimizni tashkil etuvchi elementlar nimalar kiradi? 
- Ular qanchalik mustahkam? 
- Agar ulardan birortasi buzilib qolsa-chi, unda bizga qanday noqulayliklar tug`iladi?
  Barchamizga ma’lumki, zamonaviy ko`p qavatli uylarda suv (sovuq va issiq), issiqlik, elektr, kanalizasiya, tele va radiotarmoqlar markazlashgan bo`ladi. Bundan tashqari bino elementlariga quyidagilar ham kiradi: zinalar, liftlar, tom (cherdaklar, kir quritish joylari), yertula, shuningdek, ayvonlar. Zamonaviy turar joylarning hayotiy ta’minotida uning barcha tizimlaridan: suv, issiqlik va elektr tarmoqlari, tele- va radioaloqalar, gaz ta’minotidan to`gri foydalanish muhim o`rin tutadi.
  Bu tarmoqlardan to`g`ri foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik og`ir oqibatlarga, katta moddiy zararga hatto odamlarning o`limiga olib kelishi mumkin. Masalan, chiqindi tashlash quvuriga tasodifan tashlangan sigareta qoldigi yoki uchirilmagan gugurt cho`pi sanoqli daqiqalarda birinchi qavatdan oxirgi qavatgacha yong`in chiqishiga sabab bo`lishi mumkin. Yoki aytaylik, jumrakdan ozgina suvning oqib turishi, bu xavflimi yoki yo`qmi? Siz suvning yong`in hodisasi sababchisi bo`lishi mumkinligini tasavvur qila olasizmi? Yo`q! Lekin, bu haqiqat. Mana qarang. Siz bir necha kunga dala hovlingizga ketdin giz, deylik. Suv esa asta-sekin oqib turib elektr simigacha yetishi mumkin. Shunda qisqa tutashuv sodir bo`lib yong`in kelib chiqadi. 
  Yana bir misol. Mehmonga shosha turib, gaz plitasini to`la o`chirmadingiz. Deraza yopik, gaz esa tabiiyki, birinchi navbatda oshxonada to`planadi. Mehmondan qaytgach oshxonaga kirib  hiroqni yoqasiz. Bunday holda Yong`inni, hatto portlash hodisasini chetlab o`ta olmaysiz. Shunday ekan to`g`ri harakatingiz qanday bo`lishi lozim? Gaz chiqib ketganini sezib qoldingizmi, darhol xonani shamollatish, elektr asboblaridan foydalanmaslik va chirokni o`chirib-yoqmaslik kerak. 
  "104” nomeri orqali gaz avariyasi xizmatiga qo`ng`iroq qilsangiz, ular tezlikda barcha nosozliklarni bartaraf etadilar. Gaz plitasidan foydalanishda qaynayotgan suyuqlikka qarab turish muhim, chunki qaynayotgan suyuqlik toshib olovni o`chirib qo`yishi mumkin. Bunday holda gaz bilan zaharlanish hodisasi sodir bo`ladi. Shuningdek, gaz konforkalarini doimo tozalab turish kerak bo`ladi. Olov zangori va ravon bo`pishi kerak. Agar sariq yoki qizgish bo`lsa, bilingki, yonish jarayoni noto`g`ri bo`lamoqda. Yoki bo`lmasa, kim o`ylabdi deysiz, qish vaqtida tomlardan osilib turgan chiroyli sumalaklar oylab davolanishni talab etadigan jarohatlarga olib kelishi mumkin deb. Katta hayot tajribasiga ega bo`lgan yoshi ulug` keksalarimiz ko`p qavatli uylarga yaqinlashgach, to`xtab yuqoriga bir qarab oladilar. Ularning nigohini o`ziga nima jalb qilishi mumkin?
  Aslida ular chiroyli sumalaklarni tomosha qilish uchun emas, aksincha tanlagan yo`llari xavfsiz ekanligiga, yuqoridan ularga hech qanday xavf mavjud emasligiga ishonch hosil qilish uchun ham shunday qiladilar. Yana bir baxtsizlik sababi - bolalarning uy, maktab, binolarning ayvon, derazalaridan, tomlaridan yiqilishlaridir. Bunday hol sodir bo`lmasligi uchun derazalarni ochib qo`ymaslik lozim. Xonalarni shamollatish uchun deraza darchalarining ochik turishining o`zi yetarli.
  Insoniyatga olov juda zarur. Hayvonot dunyosidan farqli ularoq inson allaqachonlar olovdan foydalanishni o`rganib olgan. Olov yordamida ko`plab foydali ishlar amalga oshiriladi. U damlarga Hayotda va ishlab chiqarishda sidqidildan xizmat qiladi. Lekin, shunday ham bo`lishi mumkinki, olov sodiq do`stdan ayovsiz dushmanga aylanishi ehtimoldan holi emas. U yillar davomida tinimsiz mehnat bilan bunyod etilgan narsalarni qisqa fursat ichida yo`q qilib tashlashi hech gap emas.
  Xo`sh, yong`inning o`zi nima? Yong`in chiqishining sabablari nimada? Nima uchun yong`in vaqtida nafas olish qiyinlashadi? Bu savollarga javob berishga harakat qilib ko`raylik.
  Yong`in - inson nazoratidan chiqib ketgan olov. Yong`in katta zarar ko`rishga, hatto odamlarning nobud bo`lishiga olib keladi. U turli sabablarga ko`ra vujudga keladi. Yong`inlar barcha yerda bog`chalar, maktablar, turar joylarda, korxonalarda, qishloq xo`jalik ob’ektlarida sodir bo`lishi mumkin. Tegirmonlardagi un, qand zavodagi qand upasi, yog`ochni qayta ishlash korxonalaridagi yog`och kipiklari va boshqalar Yong`inga sabab bo`lishi mumkin.
  O`z-o`zidan ko`rinib turibdiki, Yong`in chi`ishi uchun zarur sharoit bo`lishi kerak ekan. Yong`in chiqishi uchun: 1) yonuvchi modda (mebel, kiyim, qogoz, buyoq, va h.k.); 2) yetarli mikdorda havo; 3) yonish manbai (ochiq olov, elektr simlarining qizib ketishi va h.k.) mavjud bo`lishi shart. Mana shu shartlar bir vaqtning o`zida bajarilgandagina yong`in hodisasi sodir bo`ladi. Ulardan birortasining mavjud emasligi yong`in chiqishi uchun asos bo`la olmaydi.
  Yong`in chiqishi uchun yetarli sharoit bilan bir qatorda biror sabab ham bo`lishi zarur. Asosiy sabablardan bittasi insonning e’tiborsizligidir. Masalan, yosh bolalarning gugurt o`ynashi, pechkalarni yoqishi benzin, kerosin kabi vositalardan foydalanish, kiyim va buyumlarni yaxshi shamollatilmaydigan yoki olov yonib turgan joylarda portlash xavfi mavjud bo`lgan moddalar bilan tozalash, Yong`in chiqishi xavfi mavjud joylarga sigareta qoldigini tashlash va olovdan notugri foydalanish (sham, lampa va boshq), yengil alangalanuvchi suyuqliklarni issiqlik manbai yoniga quyish, archani bezatishda qo`lbola elektr o`yincho`lardan foydalanish, maktab maskarad kostyumlarining o`t olmaydigan maxsus tarkib bilan shimdirilmasligi va h.k.
  Elektr moslamalarning nosozligi yoki ulardan noto`g`ri foydalanish yong`in chiqishining ikkinchi sababidir. Ya’ni elektr plita, elektr isituvchi asboblar, televizor, dazmol, choynaklardan ehtiyotsizlik bilan foydalanishi bir nechta asbobni bitta manbaga ulash, elektr simlarining ochilib qolishi, elektr simini noto`g`ri ulash va h.k.
  Chaqmoq chaqishi yoki elektr asboblari yonib ketishi natijasida o`z-o`zidan yong`in chiqish hodisasi sodir bo`lishi mumkin.
  Xavfsizlik qoidalarini mensimaslik oqibatida odamlarga yorug`lik va energiya beruvchi huzurbaxsh manba kulfat sababchisiga aylanishi mumkin. Elektr asboblari noto`g`ri ishlayotganining birinchi belgisi - yonayotgan rezina yoki plastik hidi chiqishi, ayrim qismlarning qizib ketishi, uchqun paydo bo`lishidir. Bunday holatni sezishingiz bilan darhol elektr asboblarini o`chirishingiz lozim.
  Yong`in chiqishiga yo`l qo`ymaslik uchun ba’zi qoidalarga rioya qilishga to'g'ri keladi. 
Masalan:
- gugurt uyinchoq emas, buni doimo yodda tuging;
- gaz, elektr, isitish asboblaridan foydalanish qoidalarini bilish va esda saqlash lozim;
- ishlab turgan elektr asboblarini nazoratsiz qoldirmang;
- katta quvvatli elektr asboblarining bir nechtasini bir vaqtda ishlatmang;
- simlari ochilib qolgan elektr asboblaridan foydalanmang;
- gaz plitasi tepasida kiyimlarni quritmang;
- eng muhimi, yong`in chiqmasligi uchun avvalo o`zingiz yong`in sababchisi bo`lmasligingiz zarurligini esingizdan chiqarmang.
  Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Yong`in chiqishiga qarshi chora-tadbirlar yong`in paydo bo`lishining ehtimolini yo`q qilish, yong`in chiqqan bo`lsa uning tarqalib ketishiga yo`l qo`ymaslikdan iborat bo`lishi kerak.
  Yong`in hodisasi sodir bo`lganidan xabardor bo`lishingiz bilan uni bartaraf etish choralarini ko`rishingiz kerak. Buning uchun esa yong`inni o`cherish usullarini bilish zarur bo`ladi. Shuni doimo esda tutish lozimki, yong`in chiqqandan keyingi daqiqada uni o`chirish uchun bir piyola suv yetarli bo`lsa, sal kechiksangiz bir chelak, undan keyin esa bir tonna suv ham yetmay qolishi mumkin.
  Yong`in chiqqanda avvalo iloji boricha tezroq - "101" nomeri orqali o`t o`chirish komandasiga qo`ngiroq qilish va ular yetib kelgunga qadar odamlarni yonayotgan binodan olib chiqishga harakat qilish kerak.
- Yong`inni qanday vositalar yordamida tezroq o`chirish mumkin?
  Yong`inni o`chirishning asosiy vositasi – suvdir. Birinchidan, u hamma yerda mavjud, ikkinchidan, suv bug`lanish xossasiga ega. Yonayotgan predmetlarga tushgan suv bug`lanib haroratni pasaytiradi, bug` havo miqdorini kamaytiradi va natijada yong`in o`chadi. Biroq, shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, suvdan har doim ham yong`inni o`chirish vositasi sif'atida foydalanib bo`lmaydi. Masalan. ohak bilan suv aralashganda ko`p mivdorda issiqlik ajralib chiqib yong`in kuchayib ketishi mumkin.
  Tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni ham suv bilan uchirib bo`lmaydi. Chunki, suv ulardan og`ir bo`lib, yonayotgan moddani ko`tarib yuboradi. Natijada modda to`kilib, yonish maydoni kengayib ketadi.
  Suv elektr o`tkazuvchanligi sababli elektr tarmoqlari va elektr tokidan o`chirilmagan uskunalarni suv bilan o`chirib bo`lmaydi. Bunda odamni tok urib shkastlashi mumkin.
 Yonayotgan suyuqliklarni o`chirishning eng oddiy yo`li - qum va tuproqdan foydalanishdir. Qum yoki tuproq yonayotgan moddaning haroratini pasaytiradi, havoni o`tkazmaydi, yonayotgan modda bug`larining ajralib chiqishiga yo`l quymaydi.
  Yong`inni o`chirish uchun kul ostida mavjud bo`lgan vositalar brezent, gilam, ko`rpa, qalin mato va boshqalardan foydalanish mumkin. Shuningdek, karbonat angidrid, kimyoviy ko`pik, turli kukunlar ishlatiladi. Bino ichida sodir bo`lgan yong`inni o`chirishda bolta, lom, chelaklar qo`llaniladi.
  Yong`inni o`chirishning samarali vositalaridan biri – o`t o`chirgichlardir. Ular kimyoviy-ko`pikli, havo ko`pikli, karbonat angidritli, kukunli bo`ladi.
 Binolar ichidagi o`t o`chirish jumraklari shkafchalarda oyna ostiga joylashtiriladi. Ularning har birida 10, 15, 20 metrli o`t o`chirish yengi va o`t o`chirish stvoli bo`ladi. Yong`in chiqqanda yengning bir uchi stvolga, bir uchi jumrakka ulanadi)
  Turar joy binolarida yong`in chiqqanda uni qanday o`chirish usullarini o`rganib oldingiz. Agar maktabingizda yong`in chiqsachi, qanday harakat qilishingiz lozim bo`ladi? Bu to`g`rida hech o`ylab ko`rganmisiz?
 Maktabda yong`in chiqqanda eng muhimi iloji boricha tezda barchani bu tugrida xabardor qilishdir. Shunday harakat qilish lozimki, o`uvchilarni binodan olib chiqib ketish uchun vaqt yetarli bo`lsin. Avvalo, yong`in chiqqan joyning eshigini yopish kerak (kislorodsiz qolgan alanga kuchi kamayibgina qolmay, o`chishi ham mumkin). Agar yonayotgan xonani oynadan ko`rib qolsangiz, u yerga kirishga harakat qila ko`rmang. Eshikni ochishingiz bilan siz tutunning tashqariga chiqib evakuatsiyaga (odamlarni xavfli joydan olib chiqib ketishga) halaqit berishiga sababchi bo`lasiz. Shuningdek, to`satdan, qo`shimcha havoning kirishi  yong`inning yanada katta tezlik bilan kuchayib ketishiga sabab bo`ladi.
  Ikkinchidan, kim bo`lmasin, u o`quvchimi yo katta kishimi qattiq baqirib tezlikda odamlarni bu to`g`rida xabardor qilishi kerak. Yong`in haqidagi xabar binodan to`la holda tezda chiqib ketish uchun signal bo`lib xizmat qilishi kerak. Maktab xodimlari tezlikda odamlarni binodan chiqarish tadbirlarini ko`radilar.
  O`t o`chirish komandasiga qo`ngiroq qilib ularni xabardor etish lozim. O`quvchilarning binodan chiqib ketishlari qat’iy tartib asosida o`tkazilishi zarur. Xabarni eshitgach, o`quvchilar darhol o`rinlaridan turib, o`qituvchi rahbarligida sinfdan bitta-bitta bo`lib chiqishlari, qatorning oxirida o`qituvchi sinf jurnali bilan borishi kerak. Binodan chiqqandan so`ng barcha avvaldan belgilab qo`yilgan joyga yigilishi va u yerda o`quvchilar yo`qlama qilinishi lozim.
  Harakatlar ketma-ketligi quyidagicha bo`ladi:
  Bong urish → o`t o`chirish komandasini chaqirish →  evakuatsiya → yig`ilish → yo`qlama. O`t o`chirish komandasi yetib kelgunga qadar qaysi xonada yong`in chiqqanligi va barcha evakuatsiya qilinganlarni aniqlash kerak. Maktabning evakuatsiya rejasi o`t o`chirish komandasiga katta yordam beradi. Bunday rejalar maktabning har bir qavatida ko`zga ko`rinarli joylarda osib qo`yilishi lozim.
  Hech kim vahimaga tushmasligi, hammani tezlikda kelishilgan holda maktab binosining barcha eshiklari orqali olib chiqib ketish, yong`in yoki boshqa favqulodda hodisa sodir bo`lganda tartibli ravishda harakat qilish lozim.
  Yong`in vaqtida juda ko`p tutun chiqadi. Shuning uchun ham yong`in vaqtida nafas olish qiyinlashibgina qolmay, inson hatto zaharlanishi ham mumkin. Ba’zan bir necha marta nafas olishning o'zi xushdan ketish uchun yetarli bo`ladi. O't o`chirish vaqtida tugundanmuhofazalanish uchun butun choralarni ko`rish, binodan chiqayotganda nafas olish yo`llarini hullangan dastro`mol yordamida berkitish, yonayotgan joyning eshigini tezda mahkamlab yopish kerak. Yong`in chiqqan joydan chiqib ketayotganda u yerda boshqa odam qolmaganligiga iqror bo`lgachgina, bu joyni tark etsa bo`ladi.
  Odam hayoti har qanday buyumdan qimmatliroqdir. Shuning uchun birinchi navbatda odamlarni, ayniqsa, yosh bolalarni qutqarish kerak bo`ladi. Bolalar ko`pincha stollarning tagiga, shkaflarning ichiga berkinib oladilar va chaqirganda javob bermaydilar.
  Bino ichiga kira turib shaxsiy muhofaza vositalari kiyish yoki paxta-doka bog`lamli niqob tutish lozim. Yonayotgan bino ichida qolgan odamni topgach, uning ustiga ho`l mato tashlab tezlikda xavfsiz joyga olib chiknsh lozim. Agarda u xushidan ketgan bulsa, ochiq joyda jabrlangan odamni sun’iy nafas oldirish kerak. Biror kimsaning usti-boshi yonayotgan bo`lsa, uning chopishiga yo`l qo`ymaslik lozim. Shamolda yong`in yanada kuchayib ketadi. Yonayotgan odamni yerga yotqizib, ustini qalin narsa bilan yopish, hech qachon uni yechintirishga harakat qilmaslik hamda kuygan joylarini sterillangan material bilan yopish zarur. Shundan so`ng "03" nomeri orqali tez tibbiy yordam xizmatini chaqirish lozim.
  Turar joylarda favqulodda vaziyat sodir bo`lganda xabar berish uchun quyidagi telefon nomerlarini eslab qolishingiz kerak:
  101 - o`t o`chirish xizmati;
  102 - militsiya;
  103 - tez yordam;
  104 - gaz avariyasi xizmati;
  105 - qutqaruv xizmati 
 Qo'ng'iroq qilayotganda: Nima sodir bo`ldi? Qayerda sodir bo`ldi? Jabrlanuvchilar bormi? Qungiroq qilayotgan telefon nomeringiz? kabi savollarga javob berishga tayyor turishingiz lozim. Vahima qilmay shoshmay, o`zingizni xotirjam tutsangiz yordamning tez yetib kelishiga ko`maklashgan bo`lasiz.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.