Janubi-G‘arbiy Osiyo 

7 621

Geografik o‘rni.
Janubi-G‘arbiy Osiyo tabiiy-geografik o‘lkasi Arabiston yarimorolini egallaydi. Bu o‘lka shimoli-sharqda Mesopotamiya pasttekisligi orqali Old Osiyo bilan, shimoli-g‘arbida Suvaysh bo‘yni orqali Afrika bilan chegaralansa, qolgan tomonlari O‘rta dengiz va Hind okeani suvlariga tutashadi.

  Geologik tuzilishi. 
Arabiston yarimoroli kaynozoy erasida Afrika platformasidan ajralib Yevrosiyo litosfera plitasiga qo‘shilgan. Lekin bu yarimorolni geolog olimlar yaxlit Afrika-Arabiston platformasi tarkibiga kiritishadi. Bu Afrika litosfera plitasiga mos keladi. Buyuk Afrika yer yorig‘ining davomi hisoblangan Qizil dengiz, O‘lik dengiz cho‘kmalari rif zonasida joylashgan. O‘lkaning shimoliy qismidagi hududlar Alp tog‘ burmalanishida ko‘tarilgan yosh tog‘lar zanjiridan iborat. Bu yerdagi kuchli zilzilalar tektonik harakatlarning hozirgi vaqtda ham davom etayotganligidan dalolat beradi. Mesopotamiya pasttekisligi daryolarning tog‘lardan yemirib olib kelgan cho‘kindi jinslari bilan to‘ldirilgan. 
 

Foydali qazilmalari.

Mesopotamiya pasttekisligi va Fors ko‘rfazida cho‘kindi tog‘ jinslari bilan bog‘liq bo‘lgan qazilma boyliklar, ya‘ni neft O‘lik dengizdan tuz qazib olinadi. 

 

 Relyefi.

O‘lkaning eng baland joyi Tiahama tog‘i (3760 m), eng past nuqtasi O‘lik dengiz (-405 m) hisoblanadi. O‘lka relyefi Fors qo‘ltig‘i sohili va Mesopotamiya pasttekisligidan Qizil va O‘rta dengiz tomon asta-sekin balandlashib boradi va 2000 m dan baland bo‘lgan tog‘larga aylanadi. O‘lka hududida shamol hosil qilgan qumli relyef shakllari (dyuna, barxan, qumli qirlar) ko‘p tarqalgan.


Iqlimi.
O‘lkaning chekka shimoliy qismi subtropik, qolgan asosiy qismi tropik iqlim mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Iqlimning hosil bo‘lishida mahalliy tropik havo massalarining ishtiroki kuchli seziladi. Yillik yog‘inlar O‘rta dengiz sohili va Tiahama tog‘larida 1000 mm gacha yog‘sa, qolgan hududlarga 100 mm dan ham kam yog‘adi. Yog‘ingarchilik kam bo‘lganligi uchun kichik daryolargina uchraydi. Hududning asosiy qismi berk havzada joylashgan. Chollarda garmsel - issiq samum shamollari esadi.

Arabiston yarimoroli Yevrosiyoning eng issiq va quruq joyi hisobianadi. Qishda - yanvarning o‘rtacha harorati +16°C bo‘lsa, yozda - iyul oyining o‘rtacha harorati +32°C va undan yuqoriga ko‘tariladi.

Tabiat zonalari.
Yarimorolning iqlimiy sharoiti boshqa tabiat komponentlarining shakllanishiga sabab bo‘lgan. Jumladan, katta maydonlarda qumli tropik cho‘llar zonasi, Mesopotamiya pasttekisligida chalacho‘llar zonasi tarkib topgan. Tropik va qisman subtropik nho‘llarning qumli, qumloq, taqir (gilli cho‘llarda) tuproqlari tarqalgan. O‘simliklardan shuvoq, iloq, yantoq, saksovul kabilar o‘sadi. Cho‘l vohalarida xurmo, paloa, dengiz sohillarida kofe, bug‘doy va xurmo ko‘p yetishtiriladi. Hayvonot olamida ohu, tuya, turli kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlar uchraydi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.