Yuklanmoqda...

Yevrosiyo hududining yirik tabiiy-geografik o‘lkalarga bo‘linishi



Yevrosiyo materigi katta maydonni egallaganligi, geologik va relyef tuzilishining murakkabligi, to‘rtta okean havo massalarining ta'siri, Shimoliy yarimsharning barcha iqlim mintaqlari va tabiat zonalarining mavjudligi materik tabiatining xilma-xilligiga sabat bo‘lgan. Odatda, materik tabiatining xilma-xilligi uning hududiy bo‘linishiga asos bo‘ladi.

Geografik qobiqdan keyingi ikkinchi yirik tabiat komplekslari okeanlar va materiklardir. Agar materiklar tabiatini sinchkovlik bilan tahlil qilsak, bir-biridan farq qiladigan qismlar - o‘lkalar borligini ko‘ramiz. O‘xshash va o‘xshash bo‘lmagan tabiat komplekslarini ajratib, ular o‘rtasidan chegara o‘tkazsak, hududiy farqlari bo‘lgan tabiiy-geografik rayon (kichik o‘lka)lar namoyon bo‘ladi.

Demak, tabiiy-geografik rayonlashtirish deganda, materiklarning bir-biridan farq qiladigan muayyan qismlarga ajratish jarayoni tushuniladi. Yevrosiyo materigi tabiatini hududiy farqlariga ko‘ra rayonlashtirganda ham kenglik zonalligi, ham balandlik mintaqalanishiga va uzoqlik bo‘yicha ta'sir etadigan omillarning xususiyatiga e'tibor beriladi.

Yuqorida aytilgan fikrlarga asoslanib, Yevrosiyo materigida bir-birlaridan hududiy farq qiladigan ko‘plab yirik va kichik o‘lkalar ajratilgan. Masalan, Yevrosiyo hududi Shimoliy Yevropa, O‘rta Yevropa, Janubiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, G‘arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, Janubi-G‘arbiy Osiyo, Old Osiyo, O‘rta Osiyo, Markaziy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo yirik o‘lkalariga bo‘lingan. Shubhasiz, agar ushbu o‘lkalar tabiati yanada chuqurroq o‘rganilib, tahlil qilinsa, yirik o‘lkalar tarkibida bir-biridan hududiy farqlanuvchi kichik o‘lkalarni ajratish mumkin.

Внимание! Если Вы нашли ошибку в тексте, выделите её и нажмите Ctrl+Enter для уведомления администрации.

Комментарии