Mali 

5 885

 Rasmiy nomi — Mali Respublikasi. Poytaxti — Bomako. Hududi — 1240142 km2.  Davlat tili — fransuz. Dini — islom (70%), xristianlik (5%) va majusiylik. Pul birligi — mali franki.

Geografik joylashuvi va tabiati. G’arbiy Afrikada joylashgan davlat. G‘arbda Mavritaniya (chegara uzunligi — 2237 km) va Senegal bilan (419 km), shimoli- sharqda Jazoir bilan (1376 km), sharqda Niger bilan (821 km), janubda Burkina-Faso (1000 km), Gvineya (858 km) va Kot-d’ Ivuar bilan (532 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi — 7243 km. Mamla­katning katta qismini dengiz sathidan o‘rtacha 500-600 m balandlikda bo‘lgan tekisliklar egallagan. Shimoliy qismida toshli cho‘l Saxara joylashgan. Janubi-g‘arbida, janubi va sharqida Bambua, Monding, shuningdek, eng yuqori balandligi 1155 m bo‘lgan Xambori tog‘liklari joylashgan. Asosiy daryosi — Niger. Mamlakat foydali qazilmalardan oltin, fosfatlar, uran, temir rudasi, boksitlar, marganets, litiy va qo‘rg‘oshinga juda boy. Iqlimi — tropik kontinental, issiq va quruq, chekka janubi esa subekvatorial.

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat 1960-yil 22-sentabrda Fransiyadan mustaqillik olgan (oldingi nomi — Fransuz Sudani). Mustaqillik kuni — Milliy bayram sifatida nishonlanadi. Qonunchilik fransuz fuqarolik huquqiga asoslangan. Ijroiya hokimiyat prezidentga (davlat boshlig‘i) va premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat esa bir palatali parlament — Milliy Yig‘in tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyasi — Birdamlik va Adolat Afrika partiyasi, Afrika demokratik birlashuvi — Sudan ittifoqi.

  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mali dunyoning qashshoq davlatlaridan biri. Ishlab chiqarish qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va qazib olish korxonalari bilan (oltin, fosforitlar) cheklangan. Qishloq xo‘jaligi YIMning 50% ini beradi. Asosiy ekinlari — proso, sorgo, makkajo‘xori, sholi, maniok, ananaslar, mango, papaya, sitrus ekinlari, shakarqamish, tamaki, yong‘oq, paxta. Fermer xo‘jaliklari asosan Niger daryosi bo‘ylarida joylashgan. Mali — G‘arbiy Afrikaning eng yirik chorvador mamlakatlaridan biri hisoblanadi.

  Tarixi. XI asrda vujudga kelgan Mali qirolligini XIII asrda 1 ming yillik boshlarida paydo bo‘lgan va imperator Muso (1312-1337) davrida o‘zining gullab- yashnagan davrini boshidan kechirgan, Gana qirolligi tushkunlikka uchratdi va Songai imperiyasi ta’siriga tushib qoldi. 1591-yili mamlakat Marokash bosqini natijasida bir necha mayda bo‘laklarga bo‘linib ketdi. XIX asr oxirida hozirgi Mali hududlari Fransiya mustamlakasiga aylantirildi va 1920-yili fransuz Sudani tarkibiga kirdi. 1958-yili Sudan Respublikasi tuzildi va unga 1959-yili Senegal bilan Mali Federatsiyasi birlashdi. 1960-yili ularning mustaqilligi e’lon qilindi. Federatsiya tarqalganidan so‘ng, 1960-yil sentabrida sobiq Fransuz Sudani mustaqil Mali davlati bo‘ldi. 1968-yili davlat to‘ntarishi oqibatida hokimiyat tepasiga harbiylar kelishdi, 1969-yili Traore prezidentlikni egalladi, u 1991-yil o‘z vazifasidan olib tashlandi. 1992-yil mamlakatda erkin prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi va unda Konari davlat boshlig‘i etib saylandi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.