Malavi 

3 226

  Rasmiy nomi — Malavi Respublikasi. Poytaxti — Lilongve. Hududi – 118,5 ming km.kv. Aholisi – 13,9 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — ingliz va chicheva. Dini — xristianlik (40%), islom (15%), qolganlari majusiylar. Pul birligi — malavi kvachasi.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Afrika qit’asiriing janubi-sharqida joylashgan davlat. Janubda va janubi-sharqda Mozambik (chegara uzunligi — 1569 km), g‘arbda Zambiya (837 km), shimolda Tanzaniya bilan (475 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi 2881 km. Sharqda Tanzaniya va Mozambik bilan chegara Nyasa ko`li orqali o‘tgan. Mamlakatning katta qismi o‘rtacha balandligi 1000-1500 m bo‘lgan yassitogiar bilan band. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi Mulone (3002 m) tog’i Malavining janubiy qismidagi baland tog‘liklarda joylashgan. Mamlakatning bosh daryosi — Shire. Eng yirik ko‘li — Nyasa (Malavi)ning bir qismi mamlakat hududiga kirgan va sharqiy chegaralarning katta qismini shakllantirgan. Foydali qazilmalardan temir rudasi, marmar, ko‘mir, boksitlar ko‘proq uchraydi. Iqlimi — ekvatorial mussonli.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezident respublikasi. Mamlakat o‘z navbatida okruglarga bo‘linadigan uchta provinsiyalarga (Shimoliy, Markaziy va Janubiy) bo’lingan. 1964-yili Malavi (oldingi nomi — Nyasalend, Buyuk Britaniya mustamlakasi) o‘z mustaqilligini e’lon qildi. 1966-yili esa Malavi Respublikasi e’lon qilindi. 6 iyul — mamlakatning milliy bayrami (Mustaqillik kuni) hisoblanadi. Davlat va hukumat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — Miffiy Assambleya tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Birlashgan demokratik front, Malavi kongressi partiyasi, Malavi Sotsialistik Ligasi, Ikkinchi respublika uchun kongress, Malavi ozodligi uchun harakat, Malavi xalq partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Malavi dunyoning iqtisodiyoti nisbatan kam rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lib, asosan agrar sektorga (qishloq xo’jaligi YIMning 40% ini va eksport daromadining 90% ini ta’minlaydi) asoslangan. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari — tamaki, shakarqamish, paxta, choy, mayiz, yong‘oq, sholi (tamaki, choy va shakar qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 82% ini tashkil etadi) hisoblanadi. Chorvachilikning asosiy sohasi — qo‘ychilik. Hamkorlari: JAR, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 789 km, avtomobil yo‘llari — 13135 km (2364 km — asfaltlangan), ichki suv yo‘llari — 150 km.
  Tarixi. XV asr oxirlarida hozirgi Malavi hududida Nyasa ko‘li atrofida Malavi qirolligi tashkil topdi. XVII asrda mamlakatga dastlab yevropaliklar (portugallar) kirib kela boshladi, lekin mamlakatni mustamlakaga aylantirish faqat XIX asrda bu yerga 1859-yili ingliz sayohatchisi Livingston kelganidan keyin boshlandi. 1891-yili mamlakat Nyasalend nomi bilan Buyuk Britaniya protektorati deb e’lon qilindi. 1953-yili Nyasalend Rodeziya va Nyasalend Federatsiyasi tarkibiga kirdi, biroq mamlakatda mustaqillik uchun 1959- yilda boshlangan harakat 1963-yili mamlakatni federatsiya tarkibidan chiqishga olib keldi. Shu yilning o‘zida Nyasalend o‘z-o‘zini boshqarish huquqini oldi, 1964-yil 6-iyulda esa Malavi nomi bilan Buyuk Britaniya Hamdo‘stligi tarkibidagi mustaqil davlat deb e’lon qilindi. 1966-yildan — Malavi Respublikasi. Mamlakatni umrbod prezident qilib saylangan Kamuzu Bonda boshqarmoqda. Uni hukmron Malavi kongressi partiyasi (yagona) qo‘llab-quvvatlaydi. XX asrning 90- yillarida muxolifatchi kuchlar K.Bondaning diktatorlik rejimiga qarshi kurash boshlab 1994-yili hokimiyat tepasiga Bakili Muluzi keladi. 1997-yili Bonda 99 yoshida vafot etadi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.