Gvineya-Bisau


  Rasmiy nomi — Gvineya-Bisau Respublikasi. Poytaxti — Bisau. Hududi — 36125 km.kv. Aho­lisi – 1,5 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — Por­tugal. Dini — aholining 65%i turli xil mahalliy dinlarga e’tiqod qiladi. Musulmonlar 30 %, xristianlar 5 %ni tashkil etadi. Pul birligi — gvineya- bisau pyesosi.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Afrika qit’asining shimoliy g‘arbida joylashgan davlat. Sharqda va janubda Gvineya va shimolda Senegal bilan chegara- dosh. G‘arbda Atlantika okeani bilan tutashgan. Iqlimi — subekvatorial. Mamlakatning sharqiy qismlari savanna o‘rmonzorlari bilan qoplangan. O‘rmonzorlarda to‘ng‘iz, qoplon, qo‘tos va maymunlaming ko‘plab turlarini uchratish mumkin. Botqoqlik va suvli hududlarda begemot va timsohlar mavjud. Inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan setse pashshasi va shunga o‘xshash hasharotlar tufayli ba’zi hududlar yashashga yaroqsiz.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat 8 ta okrugdan tashkil topgan. Gvineya-Bisau 1973-yil 24-sentabrda Portugaliya istibdodidan chiqib, o‘z mustaqilligini e’lon qilgan. Ijroiya hokimiyat Davlat Kengashi Raisi va Vazirlar  Kengashi raisiga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Milliy Xalq Yig‘ini va Davlat Kengashiga tegishli. Siyosiy partiyalari: Ijtimoiy yangilanish partiyasi, Gvineya va Kabo-Verde mustaqilligi Afrika partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Gvineya-Bisau dunyoning qashshoq davlatlaridan biridir. Xalq xo‘jaligining asosiy sohasi qishloq xo‘jaligi hisoblanadi. Umumiy milliy mahsulotning 50% ini qishloq xo‘jaligi yetishtirib beradi. Asosiy ekinlari: sholi, yong‘oq, makkajo‘xori va paxta. Mamlakat o‘z-o‘zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘la ta‘minlay olmaydi. Sanoati esa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan chegaralangan. Asosiy savdo hamkorlari: Portugaliya, Ispaniya, Se­negal.
   Tarixi. IX-XIII asrlarda bugungi Gvineya-Bisau hududlari Gana qirolligi tarkibiga kirgan. XIII-XV asrlarda Mali qirolligi uni o‘z tarkibiga kiritgan. XV asrga kelib bu yerlar Songay qirolligiga qaragan. Gvineya-Bisau 1146-yilda portugallar tomonidan kashf qilingan. XVIII asrga kelib Yevropa davlatlari bu hududlarni mustamlaka qilish uchun kurashib kelishdi. 1879-yilda mamlakat Portugaliya mustamlakasi deb e’lon qilindi. 1966-yilda boshlanib ketgan ozodlik kurashi 1974-yil Gvineya-Bisau respublikasining tashkil topishi bilan yakunlandi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing!

Sharhlar