Yuklanmoqda...

Jahon mamlakatlari

Botsvana

Rasmiy nomi - Botsvana Respublikasi. Poytaxti - Gaborone. Hududi – 581,7 ming km.kv. Aholisi -1,8 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili ingliz. Dini - majusiylar (50%), xristianlar (50%) Pul birligi - pula.
   Geografik joylashuvi va tabiati. Botsvana Afrikaning janubida joylashgan. Shimol va g’arbda — Namibiya, shimoli sharqda Zambiya va Zimbabve, janubda va janubi sharqda Janubiy Afrika respublikasi bilan chegaradosh. Botsvana yer sathi tekis mamlakat bo’lib, janubi g’arbiy qismini Kalaxari cho’li egallagan. Iqlimi — subtropik. Asosiy daryosi — Limpopo. Qazilma boyliklaridan olmos, mis, ko’mir, temir rudasi, kumush, tabiiy gaz mavjud. Cho’l savannalarida o’sadigan o’simliklar florasini tashkil etadi. Hayvonot dunyosida: arslonlar, jirafa, zebra, antilopa, fil, chiyabo’ri, sirtlonlar, timsoh, tuyaqushlarni uchratish mumkin. Ilonlar va kaltakesaklar ham ko’plab uchraydi.
  Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Davlat va hukumat boshlig’i — prezident. Botsvana 10 ta viloyatga bo`lingan. Aholisining katta qismi Limpopo daryosi oqimi bo’ylab cho’zilgan tor vodiyda yashaydi. 100 mingga yaqin kishi ko`chmanchi hayot kechiradi. Siyosiy partiyalari: Botsvana demokratik partiyasi, Botsvana Milliy fronti.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Botsvana tog’-kon sanoati rivojlanayotgan agrar mamlakat. Olmos, nikel, marganes, mis rudalari qazib olinadi. Chorvachilik yaxshi rivojlangan. Qishloq xo’jaligida sorgo, makkajo’xori va boshqa madaniy o’simliklar yetishtiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: Lesoto, Namibiya, JAR, Svazilend, Buyuk Britaniya, AQSH va Yevropa mamlakatlari.
  Tarixi. Botsvana elati XVII asr o’rtalarida yashagan qabila boshlig’i Masilo boshchilik qilgan xalqdan kelib chiqqan deb hisoblaydilar. XIX asr o’rtalarida Botsvana tub aholisi bushmenlarni bo’ysundirib, ularga tegishli bo’lgan hududlarni egallagan. 1820-1870-yillarda Botsvana o’z hududlarini kengaytirayotgan trekker-afrikanerlar o’rtasida qabilalararo mojarolar bo’lib turdi. 1876-yilda qabila boshlig’i Kxama va boshqa qabila boshliqlari Janubiy Afrikadagi Buyuk Britaniya komissariga o’z xalqlarini Britan homiyligiga olishni so’rab murojaat qilishdi. 1895-yilda shu hududning janubiy qismi Кар mustamlakasiga qo’shilgan bir vaqtda shimoliy hududlar ingliz protektorati maqomini saqlab qoldi. 1966-yilgacha mamlakat Bechuanalend nomi bilan ingliz potektorati edi. 1966-yil 30-sentabrda mamlakat mustaqillikka erishib, nomlanishini ham o’zgartirdi va Botsvana deb atala boshladi. 1998-yil prezident Masire iste’foga chiqqanidan so’ng, mamlakatni sobiq vitse-prezident va moliya ministri Festus Mogaye boshqarib kelmoqda.


  • Xavfsizlik:
  • Narx-navo:
  • Yashash tarzi:
  • Turizm:
  • Iqtisodi:
  • Armiyasi:
  • Biznes:
  • Tozaligi:
  • Joylashgan qit'asi: Afrika
  • Poytaxti: Gaborone
  • Davlat tili: Ingliz
  • Pul birligi: Pula
  • Davlat tuzumi: Respublika
  • Maydoni: 581,7 ming km.kv.
  • Aholi soni: 1,8 mlndan ortiq (2012).
  • Shaharlar soni: