Zimbabve 

8 867

  Rasmiy nomi — Zimbabve Respublikasi. Poytaxti — Xarare. Hududi — 390300 km2. Aholisi – 12,4 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — ingliz. Dini — ruxretizm, xristianlik (25%). Pul birligt — zimbabve dollari.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Afrika qit’asining janubiy qismida joylashgan davlat. Mozambik bilan shimolda va sharqda (chegara uzunligi — 1231 km), shimolda Zambiya (794 km), janubda JAR (225 km), janubi g‘arbda va g‘arbda Botsvana bilan chegaradosh. Umumiy chegara uzunligi — 3066 km. Deyarli butun mamiakat hududini Matabele va Moshona yassitog‘liklari egallagan. Mamlakatning eng baland nuqtasi — Inyangani tog‘i (2595 m). Asosiy daryolari — Limpopo va Zambezi. Foydali qazilmalari: xrom, oltin, nikel, mis, temir rudasi, ko’mir, vanadiy, litiy, qalay, asbest.
 Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezident respublikasi. 1980-yil 18-aprelda mustaqilikka erishgan. 18-aprel — Milliy bayram — Mustaqillikning e’lon qilinishi. Davlat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organ — bir palatali parlament. Asosiy siyosiy partiyalari: Zimbabve milliy Afrika ittifoqi-Siyosiy front (ZMAI SF), Zimbabve konservativ alyansi (ZKA), Zimbabve birlik harakati (ZBH).
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Zimbabve Afrika qit’asining iqtisodiy jihatdan birmuncha rivojlangan mamlakatlaridan biridir. Qishloq xo’jaligi ham iqtisodning muhim tarmog‘idir. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, JAR, Germaniya. Temiryo’llarining umumiy uzunligi — 2745 km, avtomobil yo‘llari — 85237 km. Asosiy porti (daryo porti) — Kariba.
 Tarixi. XII-XVII asrlarda hozirgi Zimbabve hududida Monotapa davlati bo’lgan. XIX asr oxirlarida mamlakatni Rodeziya deb atagan inglizlar paydo bo‘ladi. 1923-yilda Janubiy Rodeziya Britaniya mustamlakasiga aylantiriladi. 1953-yildan 1963-yilgacha Rodeziya va Nyasalend Federatsiyasi tarkibiga kiritiladi. 1979-yil Zimbabve (mamlakatning yangi nomi)da parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi va afrikaliklar parlamentda ko’pchilik o‘ringa ega boldilar. Lekin mam­lakatning to‘liq mustaqillikka erishishi uchun partizan urushi 1980-yil 17-aprelgacha davom etdi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.