Yuklanmoqda...

J - harfiga oid izohli lug`atlar


Jakarta - shahar, Indoneziya poytaxti. Sanskritcha bu so'z «qulay», «yaxshi o'tiladigan joy» degan ma'noni anglatadi.

Jamiyat orollari - Tinch okeanning janubiy qismida joylashgan. 1769-yilda Jeyms Kuk kashf etgan va Angliya Qirol jamiyati sharafiga shunday nomlangan.

Jeneva - Shveysariyadagi shahar. Jeneva ko'lidan oqib chiquvchi Rona daryosi bo'yida joylashgan. Kelt tilida «mansab», «daryoning quyar joyi» degan ma'noni beradi.

Jizzax - shahar, Jizzax viloyati markazi. So'g'd tilidagi diz- «qal'a» va ak-«kichik» so'zlaridan yasalgan bo'lib, «qal'acha» ma'nosidadir.

Jamolungma - cho'qqi, Himolay tog'laridagi va umuman yer sharidagi eng baland cho'qqi (8848 m). Tibet tilida «Ilohiy yer onasi», «tog'lar onasi», «muqaddas tog'» degan ma'nolarni anglatadi. Nepalcha nomi Sagarmatxa-«bulutlar orasidagi tog'» degan ma'noda. Inglizlar cho'qqini Everest deb nomlashgan va bu nom Hindiston geodeziya mahkamasining 1830-1843 yillardagi boshlig'i Jorj Everest sharafiga nomlangan. Cho'qqi 1852-yili kashf etilgan. 

Jorjtaun - shahar, Gayana poytaxti. Shaharga 1781-yili gollandlar asos solishgan va Tabrok deb nomlashgan. 1812-yili shahar Buyuk Britaniya qo'l ostiga o'tib, Jorjtaun deb nomlangan. Jorj-Angliya qiroli ismi, taun-«shahar» demakdir. Jorjtaun nomi Angliya qo'l ostidagi boshqa yerlarda ham ko'p uchraydi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar

kodni yangilash