I - harfiga oid izohli lug`atlar
Ili - daryo, Xitoy va Qozog'iston hududidan oqib
o'tib Balxash ko'liga qo'yiladi. Qadimiy turkiy tilda «tez suv», «tez oqar
daryo» degan ma'noni beradi.
Ilek - Ural daryosining chap irmog'i. YE.Koychuboyev Ilek-«yel»
(shamol) so'zidan olingan va «tezoqar» deb izohlagan. Ilek va Ilak so'zlari
turk va tatar tillarida «tinch, tiniq» degan ma'noni beradi, shuning uchun bu
daryoni «tinch oqar, tiniq» deb izohlash mumkin. V.A.Nikonov esa gidronimni
boshqirdcha imk «yovvoyi echki, yaylak» so'zi bilan (yaylov) bog'liq
bo'lsa kerak, deb izohlaydi.
Indigirka - Sharqiy Sibirdagi daryo,
evenkcha-Indigir. Daryo nomi evenk qabilalarining nomidan olingan deb
hisoblanadi. Ko'pchilik etnonimlar tarkibidagi–gir suffiksi joy nomining
xalq, urug'-qabilalar nomi bilan bog'liqligini ko'rsatadi.
Indoneziya - davlat, Janubi-Sharqiy
Osiyoda-Malayya arxipelagida joylashgan.
Indoneziya - «Hind orollari» degan
ma'noni bildiradi.
Irkutsk - shahar, Sharqiy Sibirda Angara daryosining
irmog'i-Irkut daryosi bo'yida joylashgan. VI-VIII asrlarda shu yerlarda
yashagan turkiy qabila irxu qabilasi nomi bilan bog'liq. 1686-yildan
boshlab shahar Irkutsk deb nomlangan.
Irtish - Ob daryosinrng chap irmog'i, Qozog'iston va
Rossiya hududlaridan oqib o'tadi. Gidronim turlicha talqin etiladi, lekin
qadimgi ket tilida Irsis bo'lib, ir-«kuchli», «tez oqim», ses-«daryo»
degan ma'nolarni beradi, degan fikr haqiqatga yaqindir. Haqiqatan ham,
daryoning yuqori qismi tez va kuchli oqim hosil qilib, hayqirib oqadi.
Islomobod - shahar, Pokiston poytaxti. Shahar
o'tgan asrning 60-yillarida maxsus poytaxt uchun qurilgan. Pokiston Islom
Respublikasi poytaxti bo'lganligi uchun Islomobod-«islom shahri» deb nomlangan.
Islandiya - davlat va orol nomi, Shimoliy
Yevropada joylashgan. IX asrda norvegiyalik dengizchi Gardar tomonidan kashf
etilgan va dastlab Gardarsxolm (xolm-«orol») deb atalgan. Qor ko'p
yog'ishi, muzlar bilan qoplanganligi sababli keyinchalik Islandiya (is-«muz»,
land-«yer»), ya'ni muzlar o'lkasi deb ataladigan bo'ldi. Orol hududining
10 % idan ko'prog'i haqiqatdan ham muz bilan qoplangan.
Issiqko'l - Qirg'izistondagi ko'l.
Ko'pchilikning fikricha, bu ko'l muzlamaydigan bo'lganidan «issiq» deb atalgan.
Lekin tabiati hushhavo, yoqimli, manzarasi go'zalligi tufayli «issiq» deyilgan
bo'lsa kerak, degan mulohazalar ham bor. E.M.Murzayev va S.Umurzoqovlarning
fikricha, «issiq» so'zi aslida qadimiy turkiy «muqaddas», «ezgu» ma'nosdagi iziq,
idiq so'zidan kelib chiqqan bo'lishi mumkin.
Istanbul - shahar, Turkiyadagi yirik portlardan
biri. Qadimda Vizantiya, Konstantinopol, Sargrad deb ham yuritilgan.
H.Hasanovning yozishicha, Istanbul so'zini «islom bo'l» deb izohlash
xato. Shaharga kirmoqchi bo'lgan greklar turk chegarachilariga: «Is tin
polis («shahar ichiga boryapmiz») deb javob qilganlar, bu grekcha ibora
keyinchalik Istanbul bo'lib ketgan.
Ishim - Qozog'iston va Rossiyadagi daryo.
Irtishning chap irmog'i. V.A.Nikonovning yozishicha, Ishim gidronimi turkiy
tillardagi ishim, ishmoq «buzmoq, sindirmoq» so'zi bilan
izohlanishi to'g'ri emas.
Toponimning Ishim shakli qozoq
tilidagi Yesil nomining rus tilidagi talaffuzi orqali hosil bo'lgan. Ye.Koychubayevning
aytishicha, Yesil «yashil, ko'k» degan ma'noda. Shunday ekan, Ishim «yashil
daryo» deb tushunmoq kerak. Rossiyaning Tyumen oblastidagi Ishim shahri nomi
daryo nomi asosida vujudga kelgan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.