F - harfiga oid izohli lug`atlar 

5 897

Farg'ona vodiysi – O'rta Osiyodagi yirik tog' vodiylaridan biri. Farg'ona nomining bir necha izohlari bor. Lekin haqiqatga yaqini qadimgi tojik tilidagi pargana–"berk vodiy” degan ma'noni beradi, ya'ni "har tarafi tog', bir tomoni ochiq bo'lgan vodiy” ma'nosida. Ammo Pomirdagi rushon shevasida parkana so'zining "to'g'on” ma'nosi ham bor ekan. Farg'ona bilan bog'liq shahar, tuman va boshqa ko'p ob'yektlar atalgan.

Filadelfiya – AQShning Atlantika sohillaridagi yirik shahri. 1682-yili dindorlar tomonidan asos solingan. Filadelfiya diniy ma'no anglatib, "Birodarlik muhabbati shahri” deb izohlanadi.

Finlandiya – Shimoliy Yevropadagi davlat. Finlandiya aholisi o'z yurtini Suomi deb ataydi. Fin tilida suo–"botqoq”, ya'ni "botqoqlar o'lkasi”. Shved tilida Finland deb ataladi. Qadimgi skandinaviyaliklar tilida fin–"ovchi” degan ma'noni bildiradi. Shvedlar "ovchilar” deb finlarni aytishadi, shuning uchun Finlandiya–"finlar yeri”–mamlakati degan ma'noni beradi.

Florida – Shimoliy Amerikadagi yarim orol va shtat nomi. 1513-yili Xuan Ponse de Leon boshchiligidagi ispan ekspedisiyasi katoliklarning "gul Pasxa” bayrami kuni ilk qadam qo'ygan. Shuning uchun ispancha Florida–"guliston”, "ko'kalamzor” deb atalgan.

Frans-Iosif Yeri – Shimoliy Muz okeanidagi orollar. XIX asr oxirida Avstriya-Vengriya ekspedisiyasi bu orollarni kashf etib, o'sha vaqtdagi imperator Frans-Iosif nomi bilan atagan.

Friz orollari – Shimoliy dengizdagi orollar. German qabilalaridan bo'lgan frizlar nomi bilan bog'liq. 

Fritaun – Afrikadagi Serra-Leone davlatining poytaxti. Sobiq qullar tomonidan 1787-yilda asos solingan va inglizcha fri–"ozod”, taun–"shahar” so'zlaridan Fritaun nomi paydo bo'lgan.

Fransiya – G'arbiyYevropadagi davlat. "Franklar mamlakati” degan ma'noda. V-VI asrlarda franklar Galliya yerlarini bosib olib, Franklar davlatini barpo etishgan va keyinchalik u kengayib Fransiya deb nomlangan. Farangiston deb atalishi umuman noto'g'ri.

Fudziyama – Yaponiyaning Xonsyu orolidagi vulkan. Yaponcha "Ulug' tog'”, "Abadiy tog'” degan so'z. Fudziyama Yaponiyaning eng baland nuqtasi hisoblanadi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.