Italiya 

25 642

Rasmiy nomi — Italiya Respublikasi. Poytaxti — Rim. Hududi — 301 ming km.kv. Aholisi — 58,3 mln kishidan ortiq (2012-yil). Tili — italyan. Dini — aholisining asosiy qismi protestantlar, qolganlari musulmonlar, yahudiylar. Pul birligi — yevro.

Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Yevropada, Apennin yarimorolida joylashgan. Shimolda — Avstriya (chegara uzunligi — 430 km) va Shveysariya (740 km), shimoli g‘arbda — Fransiya (488 km), sharqda — Sloveniya (199 km) bilan chegaradosh. Sardiniya, Sitsiliya, Elba orollari va bir qancha kichik orollar ham Italiyaga qarashli. Italiya hududi janubda va g‘arbda 0‘rta Yer dengizi, sharqda Adriatika dengizi bilan tutash. Chegarasinmg umumiy uzunligi 1899,2 km. Hududining 80% i tog’ va qirlardan iborat. Italiyaning shimolida Alp tog’lari joylashgan. Alp va Apennin tog’lari oralig‘ida Po daryosi vodiysi bilan Lombard tekisligi joylashgan. Harakatdagi vulqonlar ko‘p. Ular orasida Vezuviy (1277 m) va Etna (3323 m) Sitsiliya orolida joylashgan. Italiyaning asosiy daryolari — Po va Tibr. Mamlakatda kо‘llar ko‘p, asosiylari Garda, Lago-Madjore, Komo. Asosiy foydali qazilmalari: simob, marmar, ishqor, ko;mir, oltingugurt, kam miqdorda tabiiy gaz va neft. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 32%, o‘rmon va butazorlar — 22%, yaylov va o‘tloqlar 17% ni tashkil etadi.

Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Dav­lat tuzilishi — parlamentar respublika. Ma’muriy jihat­dan 20 ta viloyatga bo‘linadi. Italiya 1961-yil 17-martda mustaqil davlatga aylangan. Milliy bayram — ivunning birinchi yakshanbasi — Respublikaning e’lon qilinishi. Ijroiya hokimiyat prezident (davlat boshlig‘i) va premyer-ministr rahbarligida hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — ikki palatali parlament — Senat va Deputatlar palatasidan iborat. Asosiy siyosiy partiyalari: Italiya xalq partiyasi (IXP), Italiya sotsialistik partiyasi (ISP), So'l kuchlar demokratik partiyasi (SKDP).

Iqtisodi va transport kommunikatsiyalar: Hozirgi kunda Italiya Yevropaning yetakchi mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Sanoatning asosiy tarmoqlari: avtomobilsozlik (dunyoda 5-o‘rinda), kimyo sanoati, metallurgiya, po`lat eritish, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik, kiyim-kechak va poyabzal ishlab chiqarish. Qishloq xo‘jaligi go‘sht va sut mahsulotlaridan tashqari, mamlakatning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondiradi. Italiyada xizmat ko’rsatish va turizm rivojlangan. 2006-yil YIM miqdori 1775,3 mlrd AQSH dollami (aholi jon boshiga – 29,9 AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, AQSH, OPEK mamlakatlari.

Temiryo`llarning umumiy uzunligi — 20011 km, avtomobil yo‘llari — 294410 km, ichki suv yo‘llari — 2400 km. Dengiz portlari: Ankona, Venetsiya, Genuya, Sardiniya, Spetsiya, Livorno, Neapol, Palermo (Sitsiliya), Taranto, Triyest.

Tarixi. Italiya tarixi m. a. X asrda bu yerda yashagan turli qabilalar (ligurlar, etrusklar, lotinlar va boshqalar) greklar va finikiyaliklar madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan etrusklar madaniyati bilan boshlanadi. Lotinlar tomonidan miloddan awalgi VIII asrda asos solingan Rimni m. a. VI asrda etrusklar zabt etdilar va ko‘plab buyuk me’moriy yodgorliklarini barpo etdilar. Etrusklar Rimdan quvib chiqarilgandan keyin respublika o‘rnatildi, asosiy siyosiy kurash esa Rim aristokratiyasi (patritsiylar) va plebeylar o‘rtasida kechdi. 0‘sha paytda Rim o’zining tashqi dushmanlari bilan ham kurash olib borib, m. a. III asrda butun Apennin yarimorolini zabt etdi. M. a. 264-118-yillarda Rim Sitsiliya, Gretsiya, Makedoniyani, Osiyo va Afrikadagi bir qancha hududlarni o‘z provinsiyalariga aylantirib, o‘z mustamlakalarini kengaytirdi. Fuqarolar urushi davridan keyin Okta- vian Avgust Respublikani imperiyaga aylantirdi. II asrdan keyin buyuk imperiya inqirozga yuz tuta boshladi. IV asrda xristianlik dini tarqaldi. IV asr oxirlarida qadimgi Rim vestgotlar hujumlariga qarshi turolmadi, 410-yilda shahar talon-taroj qilindi. 476-yilda esa oxirgi Rim imperatori Romul taxtdan ag‘darildi. VI-VIII asrlarda mamlakat shimoli langobardlar tomonidan ishg‘ol etilgan bo‘lsa, janub qismi Vizantiya imperiyasi tarkibiga kiritildi. IX-X asrlarda Italiyaning shimoliy qismi german imperatorlari hukmronligiga o‘tdi. Lekin XV asrda Italiya shaharlari rivojlanib, Yevropaning yetakchi moliyaviy va savdo markazlariga aylandi. XVI-XVIII asrlarda qudratli Yevropa davlatlari Italiyadagi tarqoqlikdan foydalanib. mamlakat ichki ishlariga faol ravishda aralashar edilar. Napoleon urushlari davrida Italiya Fransiya tomonidan okkupatsiya qilindi. Italiya ozodlikka erishgandan keyin mamlakatda tarqoqlik davom etdi va Avstriya ta’siriga tushib qoldi. 1851-yilda Sardiniya qiroli Viktor Emmanuil II tomonidan Italiyani bitta davlatga birlashtirish uchun boshlangan harakat 1870-yilda yagona Italiya davlati- ning tashkil topishi bilan yakunlandi. (Rim — 1870-yil 2-oktabr mamlakat poytaxti deb e’lon qilindi.) I jahon urushi davrida Italiya Antanta tomonida bo’ldi, lekin Avstro-Vengriya imperiyasi tarkibidagi yerlarni qaytarib olishga muvaffaq bo‘la olmadi. Millatchilik kayfiyatining o‘sishi, iqtisodiy inqiroz va ishsizlik natijasida hokimiyat tepasiga qirol Viktor Emmanuil III qo‘llab-quvvatlagan Mussolini boshchiligidagi fashistik partiya keldi. 1940-yil 10-iyunda Italiya Germaniya tomonida II jahon urushiga kirdi. Italiyada fashistik rejim 1945-yilgacha, diktator Mussolinining partizanlar tomonidan qatl etilishigacha (28-aprel) davom etdi. 1946-yil 2-iyunda Italiya respublika deb e’lon qilindi. Italiyaning urushdan keyingi tarixi hukumatning tez-tez almashib turishi (2006-yil 17-mayda Silvio Berluskoni o‘rniga saylangan Romano Prodi 60-hukumatni tashkil etgan), iqtisodiy rivojlanishi, Yevropa tashkilotlariga integratsiyalashuvi, transmilliy korporatsiyalar rolining oshishi bilan ifodalanadi.

Italiya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o‘rnatilgan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.