Murot Mamatqulov 

3 851

 Murot Mamatqulov
Mirzo Ulug`bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti geografiya fakulteti tabiiy geografiya va geografiya ta’limi metodikasi kafedrasi professori 
 Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, geografiya fanlari doktori, professor Murod Mamatqulov 1932-yilning    16-dekabrida Jizzax viloyati Jizzax tumanining Toshkentlik mahallasida tug`ilgan. 
 M.Mamatqulov 1949-yili Jizzax tumanidagi umumiy ta’lim maktabining 10-sinfini tugatib, shu yili Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston (hozirgi Samarqand) Davlat Universitetining geologiya-geografiya fakultetiga o’qishga kirib, uni 1954-yilda tugatgan. 
 M.Mamatqulov – karstshunoslik fani bo’yicha yetuk mutaxassis va Markaziy Osiyo davlatlarida yagona fan doktori bo’lib, u Respublikamizda shu sohaning shakllanishi, rivojlanishiga  va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga o’z hissasini qo’shmoqda.
 M.Mamatqulov ilmiy ishlarini pedagogik faoliyatiga tadbiq etib kelmoqda. Ma’ruzalar o’qish va amaliy mashg`ulotlar olib borishda ko’p yillik ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida to’plangan ma’lumotlarni o’quv jarayoniga tatbiq etib kelmoqda.
 M.Mamatqulov 470 dan ziyod ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-ommabop ishlar yozgan, bulardan 440 dan ziyodi chop etilgan, qolganlari O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasi gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fondida saqlanmoqda. Jumladan, chop etilgan ishlar ichida 4 ta monografiya, 2 ta darslik (umumiy ta’lim maktablari uchun), 4 ta o’quv qo’llanma (oliy o’quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari uchun), 15 ta risola, shuningdek,  bir qancha mavzuli xaritalar muallifidir. M.Mamatqulov O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasida o’zining 200 dan ortiq maqolasi bilan qatnashgan. Uning ilmiy ishlari horijiy mamlakatlar (Buyuk Britaniya, Fransiya, Vengriya, Rossiya, Ukraina, Gruziya, Ozarbayjon, Қozog`iston, Turkmaniston)ning nufuzli nashrlarida ingliz va rus tillarida chop etilgan.
 M.Mamatqulov xalqaro, MDH va respublika miqyosida o’tkazilgan 50 ga yaqin ilmiy, ilmiy-amaliy va ilmiy-texnik anjumanlarda o’z ma’ruzalari bilan qatnashgan. 1979-yilda uning tashabbusi bilan Toshkent shahrida "O’rta Osiyo va tog`li o’lkalar karsti” ga bag`ishlangan Butunittifoq anjumani o’tkazilgan. 
 M.Mamatqulov pedagog sifatida oliy o’quv yurtlari talabalari, o’rta maktab va kollej o’quvchilari uchun darslik va o’quv qo’llanmalar yaratishda faol ishtirok etmoqda. Uning umumta’lim maktablari uchun chiqarilgan "O’zbekiston tabiiy geografiyasi” (7-sinf) darsligi konkrus va tenderda g`olib chiqib, o’zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, qirg`iz, tojik va turkman tillarida chop etilgan.
 M.Mamatqulov ustoz sifatida talabalar, tadqiqotchilar, aspirantlar ilmiy ishlariga rahbarlik qilmoqda, binobarin, uning rahbarligida 6 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
 Professor M.Mamatqulov o’zi tanlagan bilim sohasining bilimdoni, o’z kasbiga sodiq, sermahsul olimdir. Bu insonda olimlarga xos bo’lgan to’g`rilik, halollik, kamtarinlik, mehribonlik, o’ziga va boshqalarga talabchanlik kabi barcha insoniy hislatlar mujassamdir.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.