O‘zbekistonning suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish
Suv
boyliklari qishloq xo‘jaligi, aholi hamda
sanoatni suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi olish, baliq ovlash va
dam olish maqsadlarida foydalaniladigan yerusti va yerosti suvlaridan iborat.
Suv
boyliklari orasida daryolarning ahamiyati ayniqsa katta. Hozirgi vaqtda
O‘zbekistonda daryo suvlari bilan 4,2 mln ga yer sug‘orilmoqda.
O‘zbekiston
daryolari sanoat va maishiy xo‘jalikning suvga bo‘lgan talabini qondirishda ham
muhim ahamiyatga ega. Chunki biror sanoat tarmog‘i yo‘qki, unda suv
ishlatilmasin.
O‘zbekistonda
yiliga o‘rtacha 57,781 km.kub suvdan
foydalanilmoqda. Shundan yerosti suvlari 0,5 km.kub ni tashkil etadi. Mavjud ishlatilayotgan
suvlarning 90,1 foizi sug‘orishga, qolganlari sanoat, maishiy-kommunal va
boshqa sohalarga ishlatilmoqda.
Respublikamiz
hududidagi daryolarning potensial energiya resurslari 8,8 mln kVt bo‘lib, O‘rta
Osiyo daryolari energiya resurslarining 13 foiziga teng. O‘zbekiston daryolari
energiya resurslari jihatidan O‘rta Osiyoda Tojikiston, Qirg‘iziston va
Qozog‘istondan so‘ng to‘rtinchi o‘rinda turadi.
Respublikamizda
gidroenergiya resurslaridan foydalanish maqsadida Chirchiq daryosida — Chorvoq,
Xo‘jakent, G‘azalkent, Sirdaryoda — Uchqo‘rg‘on, Farhod, Qoradaryoda — Andijon
GESlari qurilgan. O‘zbekiston daryolaridan baliq ovlashda ham foydalaniladi.
So‘nggi
yillarda sug‘oriladigan yerlar meliorativ holatining yaxshilanishi sababli
zovur suvlarining ko‘payishi, sanoatdan, maishiy xo‘jalikdan, transport
korxonalaridan, chorvachilik va fermalardan chiqqan iflos (tarkibida har xil
zaharli kimyoviy moddalar, bakteriyalar, neft mahsulotlari bo‘lgan) suvning bir
qismi daryolarga tashlanmoqda. Natijada, daryo suvlari ifloslanib, undagi
organik hayotga salbiy ta’sir etmoqda. Shu sababli O‘zbekiston suv boyliklarini
toza saqlash, ularga tashlanadigan suvlarni iloji boricha tozalash lozim.
Sug‘oriladigan zonadan chiqadigan va tarkibida zaharli kimyoviy moddalar, ya’ni
har xil tuzlar bo‘lgan zovur suvlarini daryolarga oqizish- ga yo‘l qo‘ymaslik
kerak. Daryo yoqalarida sanitar zonalar tashkil etish lozim.
O‘zbekistonda
ishlatilayotgan suvlardan qishloq xo‘jaligida noratsional foydalanish, sanoat
va maishiy-kommunal xo‘jalikdan chiqayotgan ifloslangan suvlarni to‘la
tozalamasdan tabiiy havzalarga oqizish oqibatida suv boyliklari ifloslanmoqda.
Ifloslangan suvlarning 78 foizi
sug‘oriladigan yerlarga, 18 foizi sanoat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.