Eron 

15 868

 Rasmiy nomi — Eron Islom Respublikasi. Poytaxti — Tehron. Hududi — 1648000 km.kv. Davlat tili — fors. Aholisi – 80 mln.dan ortiq (2012). Dini — islom. Pul birligi — Eron riali
 Geografik joylashuvi va tabiati. Eron Janubi g‘arbiy Osiyoda joylashgan. G’arbda Iroq (chegara uzunligi 1458 km) va Turkiya (4999 km), shimolda Turkmaniston (992 km), Ozarbayjon (611 km) va Armaniston (35 km), sharqda Afg‘oniston (936 km) va Pokiston (909 km) bilan chegaradosh. Janubda Fors va Ormuz qoitiqlari, shimolda Kaspiy dengizi bilan tutash. Chegarasining umumiy uzunligi — 5440 km. Eronning katta qismini Eron tog‘lig‘i egallaydi. Shimolda Kaspiy dengizi qirg‘oqlari bo‘ylab Elburs tog‘lari qad ko‘targan. Shimoli sharqda Kopetdog` tizmasi joylashgan. G‘arbiy chegaralar bo’ylab shimoli g‘arbdan janubi sharqqa tomon Zagros tog‘lari cho‘zilgan. G‘arbda Huziston tekisligi joylashgan. Mamlakat markazida Dashti-Kabir va Dashti-Lut cho‘llari joylashgan. Eronda katta daryo­lar kam. Asosiy daryosi — Korun. Eng katta ko‘li Urmiya — shimoli g‘arbda joylashgan. Neft va tabiiy gaz konlariga boy. Shuningdek, boshqa foydali qazil- malari: ko‘mir, temir rudasi, xrom, mis, rux, qalay, marganes, oltingugurt.
 Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — islom respublikasi. Ma’muriy jihatdan 24 provinsiya (ostona)ga bo‘linadi. 1906-yilda Konstitutsion monarxiya, 1979-yil 1-aprelda Eron Islom Respublikasi deb e’lon qilingan. (1-aprel — Milliy bayram). Ijroiya hokimiyati Oyatulloh (davlat- ning diniy boshlig’i) va prezidentga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — bir palatali parlament — Islom qo‘mitasi Kengashi (majlis). Eron Islom Respub­likasi (EIR) Konstitutsiyasiga ko‘ra Eronda noislomiy siyosiy partiya va tashkilotlar faoliyati taqiqlanadi. Shunga qaramasdan mamlakatda bir qator oppozitsion partiyalar: Eron Kurdistoni demokratik partiyasi (EKDP), Eron xalq partiyasi (EXP) va boshqalar faoliyat ko‘rsatadi.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Eron iqtisodiyotida ishlab chiqarish vositalari, birinchi navbatda neft qazib olish va neftni qayta ishlash sanoat korxonalari davlat mulkini tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi mamlakat- ning asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega emas. Asosiy savdo hamkorlari: Yaponiya, Italiya, Germaniya. Temiryo`llarining uzunligi — 4850 km, avtomobil yo‘llari — 140072 km, ichki suv yo‘llari — 904 km. Mamlakatning asosiy porti Eron — Iroq urushi davrida kuchli vayron qilingan.
 Tarixi. Forslar dastlab m. a. IX asrlarga oid Ossuriya manbalarida tilga olinadi. M. a. 556-550-yillarda Buyuk Kir II qadimgi dunyoda buyuk imperiyani yaratgan fors podsholari sulolasiga asos soldi. Doro I (M. a. 522-486-yillarda) davrida imperiya o‘zining rivojlanish cho’qqisiga ko‘tarildi. Imperiya hududi Hindistondan 0‘rtayer dengizigacha kengaydi. Misr, Kichik Osiyo va Frakiya yerlari imperiya tarkibiga kiritildi. М. a. V asr oxirlarida forslaming ekspansiyasi greklar tomonidan to‘xtatildi. M. a. 330-yilda Fors imperiyasi Aleksandr Makedonskiy qo‘shinlari tomo­nidan zabt etildi. M. a. 224-yilda mamlakatni to‘rt asr davomida idora qilgan sosoniylar sulolasi hokimiyat tepasiga keldi. Fors imperiyasi VI asr oxirlarida va VII asr boshlarida rivojlanishning eng yuqori darajasiga ko‘tarildi. Arablar bosqini imperiyani zaiflashtirdi, islom dini kiritildi. XI asrda mamlakat saljuqiy turklar tomonidan zabt etilgandan so‘ng islom-fors sivilizatsiyasi inqirozga uchradi. 1221 — 1222-yillarda Chingizxon, XIV asrda Amir Temur tomonidan bosib olindi. XVI asr boshlari­da mamlakat yana forslar — safaviylar sulolasi tomonidan boshqarildi. XVIII-XIX asrlarda bu hududda Eronni o‘z ta’siriga kiritishga intilgan Rossiya va Buyuk Britaniyaga qarshi kurashishgan bir qancha fors sulolalari almashdi. 1925-yilda hokimiyatga kelgan pahlaviylar sulolasi mamlakatni 1979-yilgacha shoh Muhammad Rizo Pahlaviy hukumatga qarshi chiqishlar natijasida taxtdan ag’darilguniga qadar idora qildi. 1934-yildan boshlab mamlakat Eron deb nomlana boshlandi. 1980-yilda Eron Islom Respublikasi deb e’lon qilindi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.