Vaqt o‘lchovi. Soat mintaqalari. Тaqvimlar
Vaqt
o‘lchovi. Vaqt o‘lchovi Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishini kuzatishga asoslangan. Shuning uchun yulduz vaqti, Quyosh vaqti va boshqa vaqtlar ajratiladi. Yulduz vaqtining asosiy birligi yulduz sutkasi hisoblanadi. U, asosan, Yerning o‘z o‘qi atrofida bahorgi tengkunlik nuqtasiga nisbatan aylanish vaqtiga teng. Yulduz vaqtidan foydalanish noqulay, chunki u kun bilan tunning almashinishiga to‘g‘ri kelmaydi.
Shuning
uchun amalda Quyosh vaqtidan foydalaniladi. Quyosh vaqti Yerning Quyoshga
nisbatan harakatiga qarab aniqlanadi. Quyosh vaqti, odatda, yarim tundan
boshlab hisoblanadi, bu vaqt o‘rtacha Quyosh vaqti deb ataladi. Тurli meridianlarda
yarim tun turli paytlarda bo‘ladi, shu sababli turli meridianlarda joylashgan
joylarda vaqt bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun vaqt o‘lchovidan xalqaro
miqyosda foydalanishni osonlashtirish maqsadida mahalliy vaqt, mintaqa vaqti va
dunyo vaqti tushunchalari kiritilgan.
Vaqt maxsus
davlat tashkilotida, vaqt xizmati tomonidan aniq o‘lchab turiladi. Vaqt eng
sezgir astronomik asboblar yordamida osmon yoritgichlari (yulduzlar va
Quyosh)ga qarab tekshirib turiladi.
Mahalliy
vaqt. Yer o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan sharqqa qarab bir kecha-kunduzda bir marta
aylanib chiqadi. Globusda bosh meridiandan boshlab har 15° dan meridianlar
o‘tkazilsa, har bir meridian qo‘shni meridiandan bir soat farq qiladi. Bosh
meridianda tush payti bo‘lganda, 180° meridianda yarim kecha, bosh meridiandan
sharqdagi 90° uzunlikda kechqurun, g‘arbdagi 90° uzunlikda ertalab bo‘ladi.
Shimoliy qutbdan Janubiy qutbgacha bitta meridianda joylashgan nuqtalarda vaqt
bir xil bo‘ladi, ya’ni bitta meridianning hamma joyida vaqt bir xildir. Bu vaqt
mahalliy vaqt deb ataladi. Ammo turli uzunliklarda joylashgan nuqtalar vaqti
bir-biridan farq qiladi, bu esa xo‘jalik yuritishda noqulaylik keltirib
chiqaradi. Shuning uchun soat mintaqalarining vaqt hisobi joriy qilingan.
Mintaqa
vaqti. Xalqaro kelishuvga ko‘ra, Yer yuzasi shartli ravishda
24 soat mintaqasiga bo‘lingan (360° : 24 = 15°). Mintaqaning hamma joyida shu mintaqaning o‘rta qismidan
o‘tgan meridianning mahalliy vaqti qabul qilingan. Bir soat mintaqasidagi vaqt
mintaqa vaqti deb ataladi. O‘rtasidan bosh meridian o‘tadigan soat mintaqasi nolinchi
(yigirma to‘rtinchi) mintaqa deb qabul qilingan. Mintaqalar hisobi ana shu
meridiandan boshlanadi. Nolinchi mintaqadan sharqda 7°30′ shq. u. bilan 22°30′
shq. u. dagi meridianlar orasi birinchi mintaqa, 22°30′ va 37°30′ uzunlikdagi
meridianlar orasi ikkinchi mintaqa
bo‘ladi va h.k.
Har bir
mintaqa vaqti qo‘shni mintaqa vaqtidan bir soatga farq qiladi. O‘rta Osiyo
ikkita soat mintaqasida joylashgan (IV va V soat mintaqalarida). Yangi
sutkaning boshlanishi XII soat mintaqasi o‘rtasidagi 180° uzunlikdan boshlanadi,
deb qabul qilingan. Bu chegara sana
o‘zgarishi chizig‘i deb ataladi. Har bir yangi sutka ana shu chiziqdan
boshlanadi. Bu chiziq ikki orol yoki ikki shahar oralig‘idan o‘tganda, bu orollar
va shaharlarning g‘arbdagisida yangi sana bo‘lsa, sharqdagisida kechagi sana
bo‘ladi.
O‘zbekistonning
butun hududida bir xil – IV mintaqa vaqti qabul qilingan.
Тaqvim
(kalendar). Aziz o‘quvchi, siz „Bugun oyning nechanchi kuni?", „Bugun qaysi kun?" degan savollarni ko‘p eshitgansiz. Biror voqea yoki hodisa qachon ro‘y bergani haqida odamlar so‘zlashib qolishadi. Xo‘sh, yil, oy, kunlar hisobining o‘zi nima? Insonlar shunday hisob yuritish uchun taqvim tizimini o‘ylab topishgan.
Тaqvim deb
uzoq vaqt hisoblab boriladigan sana tizimiga aytiladi.
Тaqvimlar
Yer, Quyosh va Oy harakatlari bilan bog‘langan. Hozirgi vaqtda butun dunyoda
rasmiy taqvim deb Grigoriy taqvimi qabul qilingan. Bu taqvim 12 oydan iborat:
yanvar — 31 kun, fevral — 28 kun, mart —31 kun, aprel —30 kun, may — 31 kun,
sentabr — 30 kun, oktabr — 31 kun, noyabr— 30 kun, dekabr — 31 kun. Yangi yil
1- yanvardan boshlanadi. Fevral kabisa yilida 29 kun bo‘ladi. Quyoshning yillik ko‘rinma harakati bilan
bog‘liq bo‘lgan quyosh (shamsiya) taqvimi, Oyning harakati bilan bog‘liq
bo‘lgan oy (qamariya) taqvimi mavjud. Hijriy-shamsiy yil 21- martdan
boshlanadi. Hijriy-shamsiy yilda quyidagi oylar bor: hamal — 30 kun, savr — 31
kun, javzo — 31 kun, saraton — 31 kun, asad —31 kun, sunbula— 30 kun, mezon —
29 kun, aqrab — 29 kun, qavs — 30 kun, jadiy — 31 kun, dalv — 31 kun, hut —31
kun bo‘ladi. Shamsiya taqvimida ham har
4 yilda 1 yil kabisa yili hisoblanadi. Bu taqvim payg‘ambarimiz Muhammad
alayhissalomning Makkadan Madinaga ko‘chgan, ya’ni hijr qilgan vaqtdan (milodiy
622- yildan) boshlangan. Shu sababli hijriy deyiladi.
Xalqi
musulmon diniga e’tiqod qiluvchi mamlakatlarda diniy marosimlar hijriy-qamariy
(oy) taqvimi asosida olib boriladi. Bu taqvim Oyning yillik ko‘rinma harakatiga
asoslangan bo‘lib, bir yil 354 kunga teng. Hijriy-qamariy taqvimida quyidagi
oylar bor: muharram — 30 kun, safar — 29 kun, rabbiulavval – 30 kun,
rabbiulsoniy — 29 kun, jumodilavval — 30 kun, jumodiloxir — 29 kun, rajab — 30
kun, sha’bon — 29 kun, ramazon — 30 kun, shavvol — 29 kun, zulqa’da — 30 kun,
zulhijja — 29 kun. Kabisa yilida zulhijja 30 kun hisoblanadi. Bu yil hisobi
ham milodiy 622-yildan boshlangan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.