Hindiston 

15 052

Iqtisodiy-geografik tavsifi. Hududi, geografik o`rni, resurslari
Hindiston Respublikasining umumiy maydoni 3287 mln. kv.km. Hududi, asosan, ulkan uchburchak shaklida bo'lgan Hindiston yarimorolida joylashgan, u shimoldan janubga 3,2 ming km, g'arbdan sharqqa 2,9 ming km masofaga cho'zilgan. Hindistonga Lakkadiv, Amindiv, Andaman va Nikobar orollari guruhlari ham qarashlidir.
     Siyosiy-hududiy tuzilishiga ko'ra Hindiston Federativ Respublikadir. Uning tarkibida 28 ta shtat va markazga bo'ysunadigan oltita ittifoqdosh hamda poytaxt hududlari mavjud. Davlatning poytaxti Dehli shahridir.
    Hindiston Respublikasi  Janubiy Osiyo subregionidagi eng yirik davlat, u  katta masofada dengizlar bilan tutashgan. Unda g'arb va sharq mamlakatlari o'rtasida dengiz orqali olib boriladigan serqatnov savdo yo'llari joylashgan. Hindistonning tabiiy sharoiti xilma-xil va ancha boy. Mamlakatning shimol tomondan baland Himolay tog'lari bilan o'rab turilishi uning iqlimiy sharoitlarining juda qulay bo'lishida, nihoyatda boy agroiqlim resurslari bilan ta'minlanishida muhim rol o'ynaydi. Uning yer osti qazilma boyliklari ham xilma-xil. Temir va marganes rudalari, xrom, titan zaxiralari dunyo ahamiyatiga ega. Shuningdek, ko'mir, oltin va boshqa bir qator rangli metall zaxiralariga boy. Hududi va dengiz sayozliklaridan neft ham topilgan.
    Hindiston aholisining soni tez o'sayotgan mamlakatlardandir. So'nggi bir yuz o`n uch (1900-2013-yy) yil ichida uning aholisi 239 mln. dan 1221 mln. kishigacha ko'paydi. Agar aholisining hozirgi o'sish sur'atlari saqlanib qolsa, mamlakat ahoksining soni, BMT hisobi bo'yicha, 2025-yilda 1,4 mlrd. kishiga yetadi.
    Hindiston jahondagi eng ko'p millatli mamlakatdir. Aholisining milliy-etnik tarkibi juda murakkab. Unda yashayotgan millat, elat va qabilalar turli til guruhlariga, dinlarga mansubdir. Ularning urf-odatlari ham turlicha, ijtimoiy rivojlanish darajalari esa har xil bosqichdadir.
   Mamlakatdagi hindlar, bengallar, bixarlar, panjobliklar, tamillar, kashmirliklar va boshqalar tashkil qiladi. Ammo Hindistonda hech bir millat ko'pchilikni tashkil qilmaydi.
    Aholining diniy tarkibi ham ancha murakkab. Aholining 80% i induizm diniga mansub. Ikkinchi o'rinni islom diniga mansub aholi egallaydi. Ular mamlakat aholisining 100 mln. dan ko'proq qismi (11% i) ni tashkil qiladi. Jammu va Kashmir shtatlari aholisining 2/3 qismi islom diniga mansub. Shuningdek, Hindistonda 18 mln. xristianlar, 15 mln. sikxlar, 5 mln. buddizm va boshqa din vakil lari ham yashaydilar.
   Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida O'rta Osiyo xalqlarining alohida o'rni bor. Temuriylar sulolasining yorqin namoyandalaridan bo'lgan Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari bu mamlakat tarixida beqiyos iz qoldirganlar.
 Binobarin, Bobur asos solgan Boburiylar saltanatining Hindiston tarixidagi ulkan xizmatlari - tarixan biron marta ham birlasha olmagan Hindiston, Pokiston va Bangladesh hududlarini yagona markazlashgan ulkan hokimiyat atrofida birlashtirgani va unda bir yo'nalishli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo'liga asos solgani edi. Darhaqiqat, Boburiylar saltanati Hindistonda uch asrdan ortiq (1526-1858-yy.) vaqt davomida hukmronlik qildi. Bu yillar davomida tili, dini, manfaatlari turlicha bo'lgan, ko'pincha bir-birlarini dushman hisoblagan (hind xalqi ijodiyoti namunalaridan bo'lgan «Mahobxorat», «Ramayana»dagi voqealarni eslang) o'nlab tarqoq davlat va davlatchalar mavjud edi.
Hindiston aholisining o'rtacha zichlik ko'rsatkichlari juda yuqori - 1 kv.km  maydonga 370 kishidan to'g'ri keladi. Ammo aholisi hududlar bo'ylab ancha notekis joylashgan. Agar pasttekisliklar, tog' oralig'i vodiylarida aholi juda zich joylashgan bo'lsa (masalan, Hind-Gang pasttekisligida 1 km.kv ga 700-800 kishidan to'g'ri keladi), baland Himolay tog'i yonbag'irlari, Shimoli-g'arbiy va markaziy qurg'oqchil hududlarida aholi ancha siyrak yashaydi.
   Mamlakat aholisining urbanizatsiya darajasi u qadar yuqori emas. Hozir mamlakat aholisining 30,3% i shaharlarda yashaydi. Hindistonda 4 mingdan ortiq shaharlar bor. Ularning 300 dan ortig'i yirik shaharlardir. Millioner shaharlarning umumiy soni 25 dan ortadi. Bular orasida Mumbay (Bombay) 18,0, Dehli  va Kolkata shaharlari aholisi 19,5 va 15,0 mln. taga to'g'ri keladi, ular jahonning eng ulkan shaharlaridan hisoblanadi.
 
Xo`jaligi, transporti va ichki tafovutlari
   Bugungi Hidiston rivojlanayotgan mamlakatlarning eng yirigidir. U jahonda yalpi ichki mahsulot hajmiga ko‘ra AQSH va Xitoydan keyingi 3-o`rinda turadi. Uning hajmi 2012-yilda 4,8 mlrd. AQSH dollarlarini yshkil etdi.
 Hindiston xo'jaligining muhim xususiyatlari ishlab chiqarish tarmoqlari bo`ylab nomuvofiq joylashganligidir. Umuman, uni tafovutlar mamlakati ham deyish mumkin. Unda boylik bilan kambag`allik, eng zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari bilan deyarli natural ishlab chiqarishga asoslangan oddiy xo'jaliklar yonma-yon turadi va bir-bilan bilan uyg'unlashib ketgan. Hindistonda YIMning 29,4% i sanoatga, 17,6% I qishloq xo`jaligiga, 52,9% I xizmat ko`rsatish sohasiga to`g`ri keladi.
  Hindistonda jami ishda band aholining atigi 1/4 qismi sanoatda ishlaydi. Bu uning industrlashish darajasining ancha past ekanligini ko'rsatadi. Hindiston an’anaviy yengil va oziq-ovqat sanoati mamlakatidan tobora zamonaviy og'ir sanoal tarmoqlari mamlakatiga aylanib bormoqda. Mamlakat iqtisodiyotining asosini metallurgiya, mashinasozlik va kimyo sanoatlari egallamoqda. Sanoat tarmoqlarining rivojlanish va hududiy taqsimlanishida yirik dengiz portlaridan Mumbay, Kolkata, Madras hamda mamlakatning siyosiy markazi bo'lgan Dehli shahrining muhim ahamiyati bor.
 Hindistonda Rixand-Singrauli yoqilg'i-energetika majmuasi, Bixilai, Bokaro, Visakxapatnam qora metallurgiya kombinatlari, Chittaranjan, Ranchi, Xardvar og`ir mashinasozlik zavodlari, Barauni va Sindr neftni qayta ishlash zavodlari joylashgan Bunday yirik korxonalar, ayniqsa, «Hindision Ruri» deb ataladigan Damodar vodiysi bo'ylab keng tarqalgan.
 Yengil sanoatida gazlama va to'qimachilik tarmoqlari, tayyor kiyimlar, xalq hunarmandchiligi asosida boshqa turli xalq mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘rni juda yuqori. Ular, asosan, tashqi bozor uchun mahsulot beradi. Oziq-ovqat sanoatida ham choy, qand-shakar (bu mahsulotlami yetishtirishda u jahonda birinchi o'rinda turadi), qandolat-o'simlik, о`simlik moyi kabilarning katta qismi tashqi bozor uchun ishlab chiqariladi.
  Qishloq xo'jaligi tarixiy davrlar mobaynida Hindistonning asosiy ishlab chiqarish tarmog'i bo'lib qolmoqda. Bu tarmoqda mehnatda band bo'lgan jami aholining 40 foiziga yaqini ishlaydi. Hozirgi vaqtda Hindiston jahonda choy, shakarqamish, yeryong'oq, ayrim dukkakli don mahsulotlari, murch, turli dorivor ekinlar yetishtirishda birinchi, sholi, jut bo'yicha ikkinchi, tamaki yetishtirish bo'yicha uchinchi, bug`doy, paxta yetishtirish bo'yicha to'rtinchi o'rinda turadi.
  Hindistonning tabiiy sharoiti qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun ancha qulay. Shu sababli hududining yarmidan ko'pi ekin maydonlariga aylantirilgan. Ekin maydonlarining kattaligiga ko'ra u jahonda AQSHdan keyinda turadi xolos. Mamlakat ekin maydonlarining 2/5 qismi sug'orishni talab qiladi. Sug'oriladigan maydonlarining hajmiga ko’ra esa Hindiston faqat Xitoydan keyin turadi.
 Ekin maydonlarining 85 foizida oziq-ovqat beruvchi ekinlar ekiladi. Shu sababli Hindiston yalpi don mahsulotlari yetishtirishda jahonda uchinchi o'rinni egallaydi. Bunda, ayniqsa, sholi yetishtirishning ahamiyati katta. Chunki, guruchli ovqatlar hindlarning kundalik ozuqasining 85 foiziga уaqinini tashkil qiladi. Sholi amalda Hindistonning barcha shtatlarida keng ekiladi. Gang pasttekisligi va Braxmaputra daryobo'yi tekislik hududlarda esa asosiy maydonlar sholi bilan band.
  Bug'doy ozuqa mahsulotlari beruvchi ekinlarning ikkinchisidir. Hind va Gang daryolari havzalarining yuqori qismlari mamlakatning asosiy bug`doy mintaqasi bo'lib hisoblanadi. Bu Panjob (besh daryo demakdir) vodiysida bug'doy, asosan, kabi mavsumida obikor yerlarda yetishtiriladi.
  Mamlakatda bundan tashqari, paxta va moy beruvchi ekinlar (Dekan yassi tog'ligi), shakarqamish (Gang-Braxmaputra pasttekisligi), jut (G'arbiy Bengala), choy (Sharqiy Hmdistonning tog'oldi qiyaliklari), kokos yong'og'i va shifobaxsh dorivorlar (Arabiston dengizi sohillari) va boshqalar ham ko'p yetishtiriladi.
   Hindistonda chorvachilik yetarli darajada rivojlanmagan. Garchi u dunyoda qoramollar soniga ko’ra birinchi o’rinda (ularning soni 200 mln. boshdan ziyod) bo lsa-da, kam mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Bunda induizm dini muhim rol o`ynaydi.
  Transporti. Теmiryo`llarning uzunligiga ko'ra Hindiston jahondagi yirik beshta mamlakatlar qatoridan o'rin oladi. Ammo transport tarmoqlarining texnik-iqtisodiy imkoniyatlari hozirgi davr talablaridan ancha orqada. Jumladan, temiryo'llarining anchagina qismi hozirgacha tor izli yo'llar bo'lib, ularda foydalanishdan allaqachonlar chiqib ketgan lokomotivlar xizmat qiladi. Avtomobil yo'llari ancha uzun va sertarmoq bo'lishiga qaramay, uning tarkibida qattiq qoplamaga ega bo'lgan yo'llar salmog'i ancha kam. Suv transportidan faqat dengiz bo'ylaridagina foydalaniladi. Ularning eng yirigi shimoli-sharqiy Hindistondir. Rayonning tashkil topishida deyarli bir yarim asr mobaynida Britaniya Hindistonining siyosiy markazi bo'lib kelgan Kolkataning roli kattadir. Hozirgi vaqtda u mamlakatning ikkinchi yirik sanoat va port shahridir. Shu bilan birga, bu rayon mamlakatning eng yirik yoqilg'i-energetika, metallurgiya, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoatlari rayoni hamdir. Unda eng ko'p sholi, jut, choy yetishtiriladi. Ayniqsa, jahondagi eng sifatli choy yetishtiruvchi Darjiling vodiylarining nomi olamga mashhur.
  Iqtisodiy ahamiyatiga ko'ra mamlakatning ikkinchi rayoni G'arbiy Hindistondir. Uning markazi Mumbay shahri jahonning eng yirik madaniy va sanoat markazlaridan biri.
   Hindiston iqtisodiyotining uchinchi rayoiu Shimoliy va Markaziy Hindistondir. Eng yirik hudud va eng ko'p sonli aholiga ega bo`lgan bu rayonning tashkiliy markazi Dehlidir. Jahonning eng qadimiy shaharlaridan bo'lgan Dehli, Agra, Jaypur kabi shaharlari hind-musulmon arxitektura yodgorliklarga juda boydir.
   Janubiy Hindiston mamlakatning o'ziga xos ishlab chiqarish ixtisosiga ega bo'lgan 4-rayondir. Tashkiliy markazi Chennay shahridir. Bu rayon iqtisodiyotining asosini qishloq xo'jaligi tashkil qiladi. U, asosan, yeryong'oq, kokos yong'og'i, kauchuksimonlar, kofe, xushbo'y va shifobaxsh dorivor mahsulotlari hamda paxta, don yetishtirishga ixtisoslashgan. Chennay, Haydarobod, Vishakxapatnam kabi shaharlarda keyingi davrlarda mashinasozlik, metallurgiya, neft kimyosi kabi sanoat tarmoqlari an’anaviy yengil va oziq-ovqat sanoatlari bilan hamohang rivojlanmoqda.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.