Hofizi Abru
Hofizi Abru
(1362-1431)
Temuriylar sulolasining tarixchisi va geografi Hofizi Abru (asl ismi -
Shahobiddin Abdulloh ibn Lutfilloh al-Havofiy) 1362-yilda Hirot shahrida
tavallud topgan. Manbalarga ko`ra, faoliyatini Amir Temurning yurishlaridan
birida munshiy (kotib) vazifasidan boshlagan. Zukko olim, kuchli shaxmatchi
sifatida ham tanilib, umrining oxirigacha temuriylarning saroy yilnomachisi
sifatida faoliyat olib borgan. Hayoti davomida ko`p marta sayohatga chiqqan,
Yevroosiyoning Hindistondan to Shomgacha bo`lgan yerlarini, Kavkaz va hozirgi
Rossiyaning ba’zi viloyatlarini kezgan. Uning O`zi bu haqda shunday yozib
qoldirgan: «YiroQ safarlar asnosida shimoli-g`arbiy tomondan MovarounnaHr,
Turkiston, Dashti Qipchoq, Xuroson, Iroq, Ozarbayjon, Eron, Mug`on, Gurjiston,
Katta va Kichik Armaniston diyorlari, Rus va Shom yerlarining bar- chasini,
Frot daryosi sohillarini... Xazar sohillarini... Sharqiy tomondan esa Zobul va
Kobullarni... Mo`lton, Uch va Hindistonning eng yirik shahri Dehlini ko`rdim,
Gang daryosi qirg`oqlarigacha bir necha bor bordim».
1414-yilda Xofizi Abru Xirot xoqimi Shoxruxga taqdim etilgan geografik
asar «Kitob al-masolik va al-mamolik»ni («Yo`llar va mamlakatlar kitobi») fors
tiliga tarjima qilish haqida topshirik olgan. X asrda yashagan geograflar Abu
Zayd al-Balxiy va Abu Isxok al-Istaxriy tomonidan yozilgan bu ikki jildli asar
musulmonlar yashaydigan yerlarning g`arbdan Sharqqa tomon bo`lgan tasvirini o`z
ichiga olgan. Kitobning birinchi jildida Mag`ribdan to Karmanaga qadar bo`lgan
musulmon davlatlarining tasviri, turli tarixiy voqealar geografik makon bilan
uzviy bog`liqlikda keltirilgan. Qo`lyozmaning uncha to`liq saklanmagan ikkinchi
jildi esa Xuroson va Movarounnaxrning geografik tasvirini uz ichiga olgandi.
X°fizi Abru kitobni tarjima qilish jarayonida unga uzining ko`rgan-bilganlarini
va boshqa kitoblardan ukiganlarini ham qo`shgan va shu orqali yangi bir asar
«Zubdat at-tavorix»ni («Tarixlar kaymogi») yaratgan.
Hozirgi vaqtda «Tarixlar qaymog`i»ning uch nusxasi ma’lum bo`lib, ulardan
biri Oksforddagi kutubxonada, ikkinchisi-Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin
kutubxonasida va uchinchisi O`zbekistan Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu
Rayhon Beruniy nomidagi Qo`lyozmalar instituti fondida saqlanmoqda. Bu uchala
manba birga qo`shilganida Hofizi Abru geografiyasining to`la mazmunini aks
ettirishi mumkin.
H.Hasanovning fikricha, Hofizi Abruning yuqorida ko`rsatilgan asaridagi
geografik meros asosan, ikki sohada yorqin ko`rinadi: geografik tasvir (matn)
va «suratlar» - xaritalar chizishda. Bunda dastlab olamning umumiy bayoni
berilgan, yetti iqlimning qismlari ta’riflangan, so`ngra okeanlar, dengizlar, ko`llar,
tog`lar va ayrim viloyatlar (Arab diyori, Mag`rib, Rum, Arman, Iroq, Huziston,
Xuroson va boshqalar)ning yer maydoni va tabiiy sharoitlari bayon etilgan.
Bundan tashqari kitobda ayrim shaharlarning (Hirot, Marv, Balx,Mashhad va boshqalar) ta’rifi keltirilib, ularning
xaritalari ham chizilgan. Hofizi Abru asarida yer yuzining umumiy tasviridan keyin ayrim mamlakatlarniig tavsifi
berilgan bo`lib, u dunyo xaritasiga berilgan izoh bo`lishi mumkin, degan
fikrlar ham bor.
«Tarixlar qaymog`i» asarida Movarounnahrga quyidagicha ta’rif beriladi:
«Yerning ma’murasidagi Movarounnahr aksari yetti iqlimning beshinchisidadir. Bu
mamlakat g`arb tomonda Xolidot orollaridan hisoblaganda 95-darajadan boshlanadi
- bu Xorazmning uzunligidir va to Qashqar va Xo`tangacha ularning uzunligi 107
daraja, ya’ni 12 darajaga yoyilgan..»
Asarda Samarqandning tarixi qisqacha bayon etilib, undagi va atrof
yerlardagi qal’alar, saroylar, machitlar, bog`lar (bog`i Amirzodai Shohrux bog`i
Zagon, bog`i Baland, bog`i Amirzodai Ulug`bek, bog`i Maydon, bog`i Shamol, bog`i
Dilkusho, bog`i Chinor, bog`i Bexisht), ariqlar (juybori Bozor, juybori
Mazdoxin, juybori Karand, juybori Obirahmat) va qishloqlarga ta’rif berilgan.
Samarqand tumanlari to`g`risida esa asarda bunday deyilgan: «Shovdor -
Samarqandning janubida, durust havosi bor, aholisi baquvvat va sog`lom...
Yorkat - bu tumanning suvi aksari chashmadan chiqadi. G`allachilik bilan mashg`ul.
Movarounnahrning boshqa mavzelariga nisbatan bu tumanda yaylov kamroq...»
Hofizi Abru Kuhaq (Zarafshon) daryosining quyilish qismi haqida so`z
yuritib, daryoning suvi quyi oqimda, suv ko`paygan mavsumda Amudaryogacha o`qib
borishini ham aytadi. Olim Buxoro atrofidagi hududlarni ta’riflab shunday
yozadi: «Buxoroning mevasi hamma mevalardan yaxshi va shirindir, xususan Buxoro
olxo`risi butun yer yuziga chiqariladi. Buxoroda qaynatilgan qiyomni asaldan
farq qilib bo`lmaydi. Tamomi dashtda mol bisyor. Buxoroda o`tinni aksar bog`lardan
yig`ishadi. Tashqaridan ham keltirishadi. Buxoro yaqinida bir tog` borki, u
Samarqand bilan Kesh orasidagi tog`ga tutashdir va Usrushno nohiyatiga qadar cho`zilgan,
to Farg`ona chegarasigacha va uning atrofiga payvanddir. Va yana Buxoroning
xosiyatlaridan deydilarki, odamlaridek garibdust kishilar hech mavzeda yo`qdir...»
Ushbu satrlar shundan dalolat beradiki, Xofizi Abru Buxoro va uning atrof
yerlaridagi nafaqat tabiiy sharoit va rel`ef, balki xujaligining ayrim
xususiyatlari, aholisining mashg`ulotlari va etnografik xususiyatlarini ham
chuqur o`rgangan.
Hozirgi Qashqadaryo va Surxondaryoning yirik shaharlarini ta’riflab, Hofizi
Abru shunday yozgan: «Kesh - uni Shahrisabz ham deydilar... eni uch farsang va
buyi uch farsang... Yaqinida tog` bor, u tog`da harsang tuz bor, tiniq va
ba’zan rangdor, undan har xil buyumlar taroshlanadi... suvlari farovondir... Qarshi
suvi (hozirgi Qashqadaryo) Kesh suvining (Tanxozdaryo va Oqdaryo) qoldig`idir. Har
xil mevalar ko`p. Ko`pgina mevalar uning chegarasidan chiqariladi. Kesh -
Movarounnahrning issiq joyidir...»
«Naxshab - Kesh atrofida, uni Nasaf ham deydilar. Hozir Qarshi nomi
bilan mashhur. Bu qadimiy shahar bo`lib, tekis yerda joylashgan. Undan to tog`gacha
ikki kunlik yo`l, Kesh tarafdan va boshqa tarafdan to Jayhunga qadar cho`l...
Naxshab viloyatida Kesh suvidan boshqa daryo yo`q va u yozda gohi ko`rib qoladi
va suvi bo`lmaydi. Ba’zan bog`lar quduqlardan suv oladi. Tegirmonlarni chorva
moli qo`shib aylantiradilar...». Olim «Qarshi» so`zining etimologiyasiga ham o`z
e’tiborini qaratadi. «Podshohding qasrini turkiy tilda Qarshi deydilar. Kebek
podshoh u yerda kushk bunyod etgan va shundan Qarshi nomi mashhurdir...».
«Termiz - Jayhun kanori bo`yidagi shahar, Ko`handiz (ark) va shahristoni bor...
Ekinzorlari Chag`oniyon (Surxondaryo)dan suv ichadi...».
Ushbu ma’lumotlar shuni ko`rsatadiki, Xofizi Abru o`lkamizning XIV
asrdagi geografiyasi bilan anchayin puxta tanish bo`lgan. Uning o`z vaqtida O`zbekiston
hududlariga bergan tabiiy, iqtisodiy geografik va demografik ta’rifi hozirgi
vaqtda ham ko`p jihatdan o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Ayniqsa, uning
Amudaryo va Sirdaryo daryolari to`g`risidagi ma’lumotlari tarixiy geografik
nuqtai nazardan qimmatlidir. Hofizi Abru yozadi: «Balx daryosiki, uni Jayhun
deydilar. Bu daryoni arab tilida Jayhun aytadilar va Xurosonda Obi Omuyya
deydilar (chunki Omuyya qishlog`ida bu daryo orqali Xurosondan Buxoroga o`tiladigan
kechik bor). Bu suvning manbai Badaxshon tomonda..., Xutlon va Vaxsh
chegarasida beshta katta daryo unga qo`shiladiki, shu mavzeni Panjob deb
aytadilar. Qadimiy to`plam kitoblarda yozilganki, bu daryo Xorazm ko`liga oqadi,
ammo u ko`l hozir yo`q bo`lib qolgan. Suv Hazar (Kaspiy) dengiziga qarab yo`l
solgan... Xorazmdan to Xazar dengiziga quyilganga qadar daryo aksari cho`l ustidan
oqadi...».
Sirdaryoning mintaqadagi ikkinchi yirik daryo ekanligini va uning boshlanish
va quyilish qismini Xofizi Abru bunday ta’riflaydi: «Xo`jand daryosiki, uni Sayhun
deydilar va Shosh daryosi ham deydilar. Sayhun daryosi Jayhundan kichikroq,
uning manbai Turkiston tog`laridadir, daryo Turk viloyatidan o`qib o`tadi va
Axsikatga qadar boradi. So`ngra daryo janubi-g`arb tomonga o`qib, to Xo`jandgacha
boradi. Undan keyin Forobga oqadi... Undan so`ng ham oqaverib, Xorazm cho`lida
Jayhunga qo`shiladi hamda Xazar dengiziga quyiladi».
Hofizi Abruning «Tarixlar qaymog`i» kitobi yirik ilmiy geografik asar
bo`lib, tili ancha sodda va aniqdir. Uning kartografik merosi ilmiy jihatdan
katta ahamiyatga ega. Asarda har bir geografik mavzuning oxiriga surat (xarita yoki
chizma) ilova qilingan. Ushbu xaritalarda juda ko`p joy nomlari keltirilgan
bo`lib, Rum dengizida Sitsiliya, Kibris (Kipr), Sardoniya (Sardiniya), Samos, Malta
va boshqa orollar ko`rsatilgan. G`arbiy tomonda bo`g`oz (Gibraltar)
Atlantika okeaniga qo`shilgan. Shuningdek, asarda Hind
okeanidagi qo`ltiqlar va orollar: Qulzum (Qizil dengiz), Xabasha (Somali
dengizi va Adan qo`ltig`i), Zanj dengizlari (Mozambik bo`g`izi) ham o`z aksini
topgan.
«Tarixlar qaymog`i»ga ilova qilingan suratlar ichida eng qimmatlisi
34x45 sm o`lchamga ega bo`lgan dunyo xaritasidir. Mutaxassislarning fikricha,
bu o`sha vaqtgacha yaratilgan qo`lyozmalarga ilova qilingan eng katta o`lchamdagi
dunyo xaritasi hisoblanadi. Xaritaning eng muhim tomonlaridan biri unda daraja
to`rining chizilganligidir. H.Hasanovning ma’lumotiga ko`ra, O`rta asrlar
Sharqida yaratilgan xaritalarning faqatgina uchtasida, jumladan, Najib Bakron
(1209 yil), Hamdalloh Kazviniy (1340-yil) va Hofizi Abru (1420-yil) tomonidan
tuzilgan xaritalarda daraja to`ri bo`lgan.
Hofizi Abruning yozgan asarlari Xuroson, Eron va O`rta Osiyoning XV
asrning birinchi choragidagi birmuncha to`liq tarixiy va geografik tasvirini o`z
ichiga olgan asar sifatida qimmatlidir. Undan Xurosonning o`sha zamonlardagi
siyosiy aloqalari, jumladan, 1419-1422-yillarda Hirot xokimi Shohrux tomonidan Xitoyga yuborilgan elchilar karvoni
tashrif buyurgan barcha viloyat, shahar va qishloqlar to`g`risidagi batafsil
ma’lumotlar ham o`rin olgan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.