Janubiy Amerika aholisi
Aholisi. Janubiy Amerikada 419 mln aholi yashaydi (2016-y. 1-iyul), ularning tarkibi
juda murakkab. Materikka kishilar bundan 20 ming yillar ilgari Osiyodan kelgan.
XVI asrda dastlab ispanlar bilan portugallar, keyinchalik esa Yevropa, Osiyo va
Afrika mamlakatlaridan kelib o‘rnashgan.
Hozirgi paytda Janubiy Amerikada insoniyatning har uchala irqi vakillari yashaydi. Yevropaliklar bilan indeyeslarning chatishishidan hosil bo‘lgan avlodlar metislar, yevropaliklar bilan negrlar nikohi avlodlari mulatlar deyiladi. Indeyeslar bilan negrlar chatishmasi sambo deb ataladi. Aholining ko‘pchiligi ispan tilida, braziliyaliklar portugal tilida so‘zlashadilar.
Yevropaliklar kelgan vaqtdan hindu xalqlarining ko‘pchiligi
taraqqiyotning urug‘chilik-qabilachilik darajasida bo‘lgan. Faqat And tog‘larida inklarning qadimgi
davlatlari mavjud edi. Ularda xo‘jalik va madaniyat rivojlangan bo‘lgan.
Inklarning ulkan ibodatxona va saroylarining xarobalari, yo‘llari, sug‘orish
kanallari hozirgacha ham kishilarni hayratga soladi.
Tekislikda
esa hindular makkajo‘xori, kartoshka, yeryong‘oqni birinchi bo‘lib eka
boshlaganlar, hozir esa bu ekinlar dunyoning ko‘p mamlakatlarida
yetishtiriladi.
Materikning
yevropaliklar tomonidan bosib olinishi tubjoy aholisiga beqiyos falokat
keltirgan. Inklar davlati talangan. Atlantika bo‘yidagi o‘lkalarda yashovchi
hindular qullarga aylantirilgan, ularning bir qismi materik ichkarisidagi hayot
kechirish uchun noqulay yerlarga siqib chiqarilgan. Hindular sonining kamayishi
yevropaliklarni ishchi kuchi qidirishga majbur qildi. Plantatsiyalarda
ishlatish uchun Afrikadan negr qullarni оlib kela boshladilar.
Materik
aholisi orasida tillar, urf-odatlar, ma’naviyatning aralashib ketishi ro‘y
berdi.
Aholining
joylashishi. Aholi materikda juda notekis o‘rnashgan. Aholining ko‘pchligi
okeanlar sohillarida, ya’ni kelgindilar ko‘chib kelgan yerlarda yashaydi. And
to‘g‘larining markaziy yassitog‘liklarida ham aholining zichligi katta.
Materikning keng ichki tekisliklarida aholi siyrak o‘rnashgan. Ekvatorial o‘rmonlarning
ayrim joylarida aholi deyarli yashamaydi.
Tabiatiga
insonning ta’siri. Milliy bog‘ va qo‘riqxonalari. Janubiy Amerika tabiatiga insonning ta’siri materikka yevropaliklar kirib kelgandan so‘ng kuchaydi. O‘rmonlar ayovsiz kesildi, ekinzor va yirik plantatsiyalar barpo etildi. Natijada, dunyodagi eng yirik o‘rmonzorlardan biri — Amazoniya o‘rmonlari maydoni qisqarib bormoqda.
Braziliyadagi Jau milliy bog'i
XX asrning boshlaridan tabiatni muhofaza qilish masalalariga
e’tibor berila boshlandi. Hozirgi kunda ko‘p mamlakatlarda milliy bog‘lar va
qo‘riqxonalar barpo etilgan. Muhofaza etiladigan hududlar materikning 1 % ini
tashkil etadi. Eng yirik milliy bog‘ va qo‘riqxonalar — Jau, Chako, Manu,
Parakas, Podokarpus va boshqalardir. Braziliyadagi Jau milliy bog‘i UNESCO
ro‘yxatiga kiritilgan va xalqaro maqom berilgan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.