G`arbiy Sahroi Kabir 

6 558

  Rasmiy nomi — G‘arbiy Sahroi Kabir. Poytaxti — El-Ayun. Hududi — 266000 km.kv. Aholisi — 381127 kishi (2007). Davlat tili arab. Dini — islom. Pul birligi — pesta.
  Geografik joylashuvi va tabiati. G‘arbiy Afrikada joylashgan. Janubda va janubi sharqda Mavritani (chegara uzunligi — 1561 km), sharqda Jazoir (42 km), shimolda Marokash (443 km) bilan chegaradosh. Umumiy chegara uzunligi — 2046 km. Mamlakat hududining asosiy qismi suv manbalari kam bo‘lgan qumliklardan iborat. Asosiy foydali qazilmalari: temir rudasi, fosfarit,
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezident respublikasi. Davlat boshlig‘i — prezident, qonun chiqaruvchi hokimiyat — Sahroi Kabir Milliy Kengashi. Hududning huquqiy maqomi va mustaqilligi haqidagi savol hozirgi kunda o‘z yechimini topgani yo‘q. Davlatni 70 dan ortiq davlat tan olgan.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Aholi daromadining asosiy manbayi-baliq ovlash va fosforitlar qazib olish. Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar Marokash hukumati tomonidan nazorat qilinadi. Marokash G‘arbiy Sahroi Kabirga da’vogar va uning boshqaruvida rahbarlik qiladi. Shuning uchun ham asosiy savdo hamkorlari Marokash savdo hamkorlarining umumiy ro‘yxatiga kiradi. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 6200 km. Asosiy portlari — El-Ayun, Ad-Dakla.
  Tarixi. Hozirgi G‘arbiy Sahroi Kabir hududi XIX asr oxirlarigacha Ispaniya qirolligi qo‘l ostiga o‘tgunga qadar shimoli G‘arbiy Afrikadagi turli davlatlar tarkibida bo‘lgan. 1975-yilda Ispaniya, Mavritaniya va Marokash o‘rtasida Ispaniyaning G‘arbiy Sahroi Kabir hududlarini Mavritaniya va Marokashga berishga rozili- gi to‘g‘risida bitim imzolandi. 1976-yil Jazoir mamlakatning Mavritaniya va Marokash o‘rtasida bo‘lib olinishiga qarshi chiqadi. POLISARIO ozodlik Frontini va 1976-yil 28-fevralda e’lon qilingan Sahroi Kabir Arab Demokratik Respublikasi (SADR)ni qo‘llab-quvvatladi. 1979-yilda Mavritaniya G‘arbiy Sahroi Kabiming janubiy qismlaridan voz kechganidan keyin mamlakatning butun hududi Marokash nazorati ostiga o‘tdi. 1991-yil BMT rahbarligida POLISARIO Fronti va Marokash qo‘shinlari o‘rtasida harbiy harakatlarning to’xtatilishi haqidagi bitimning imzolanishiga erishildi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.