Samarqand viloyati 

24 276


Maydoni 16,8 ming km.kv. Aholisi 3 million 790 ming 900 kishidan ortiq (2019-yil 1-yanvar holati). Samarqand viloyatida 14 ta tuman, 11 ta shahar va 88 ta shaharcha mavjud.

Iqtisodiy ­geografik­ o‘rni­ va­ tabiiy­ boyliklari.  Bu viloyat O‘zbekistonning markaziy qismida joylashgan. Aholi soni hamda yalpi sanoat mahsuloti bo‘yicha Samarqand viloyati mamlakatimizda yetakchi o‘rinlardan birida turadi. Tabiiy geografik o‘rniga ko‘ra Zarafshon vodiysining o‘rta qismiga to‘g‘ri keladi, uch tomondan Nurota, Turkiston va Zarafshon tizma tog‘lari bilan o‘ralgan. Tog‘ tizmalari shimoldan esadigan sovuq havo oqimini birmuncha to‘sadi. Yog‘in ko‘proq (250–800 mm) yog‘adi. Sho‘rxok maydonlar deyarli yo‘q. Bo‘z va o‘tloq-allyuvial tuproqli yerlar kattagina maydonni tashkil etadi.

Viloyat hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon­ daryosi suvni muz va qorlardan oladi. Shunga ko‘ra Zarafshon daryosi sug‘orishga ehtiyoj katta bo‘lgan yoz oylarida to‘lib oqadi. Suvdan yanada samarali foydalanishni ko‘zlab, daryoning o‘rta oqimida Kattaqo‘rg‘on suv ombori barpo etilgan.
Shu bilan birga Eski Anhor kanali orqali Zarafshon suvi (Darg‘om kanalidan) Qashqadaryo viloyatiga oqizilmoqda. Xullas, suvdan xo‘jalikda to‘la foydalanish bo‘yicha O‘rta Osiyoning bironta daryosi Zarafshonga tenglasha olmaydi. Uning 90 foiz suvi sug‘orishga sarflanadi. 
Adirlar qisman haydalgan, unga g‘alla ekiladi. Tog‘larda yog‘ingarchilik yetarliligidan o‘tloqlar ham ko‘p. Chorva yozda shu yerlarda boqiladi. O‘simliklarning o‘sish davri cho‘l bilan adirda bir vaqtga to‘g‘ri kelmasligidan qorako‘l qo‘ylarini yil bo‘yi yaylovda boqish mumkin. Viloyatning tabiiy sharoiti mevali daraxtlar o‘stirish uchun ham qulay. Bu yerda shirindan shakar gilos, o‘rik, shaftoli erta pishadi.

Viloyatda mineral boyliklar ham ko‘p. Bu yerda nodir­metallar, binokorlik­ materiallari (marmar, ohak, granit, mergel, grafit), mineralbo‘yoqlar,­asbest­konlari topilgan. Xullas, viloyatning yuksalishida uning tabiiy va iqtisodiy geografik o‘rnidagi qulayliklar qatori
tabiiy sharoiti va boyliklari ham talay imkoniyatlar yaratadi.

Aholisi. Viloyat aholisining 3/5 qismi qishloqda yashaydi. Butun aholi sonida mehnatga yaroqli kishilar salmog‘i mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan kam bo‘lsa-da, lekin ishchi kuchlari iqtisodiyotni yuksaltirish uchun keragicha topiladi. Tabiiy sharoit va xo‘jalik yuritishdagi tafovutlarga muvofiq aholi joylashuvida ham tafovut yaqqol ko‘zga tashlanadi. Inson faoliyati uchun eng qulay Zarafshon vodiysida aholi nihoyatda zich yashaydi. Bu yerlarda har bir kv. km ga 250 va undan ortiq kishi to‘g‘ri keladi. Adirlarda va tog‘larda har bir kv. km ga 15–20 kishi to‘g‘ri keladi.

Qishloq­ xo‘jaligining­ asosiy ­tarmoqlari:  donchilik, paxtachilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, go‘sht-sut chorvachiligi, qorako‘lchilik, ipakchilik. 
Sanoatning­ asosiy­ tarmoqlari: rangli metallurgiya, mashinasozlik (avtomobilsozlik), yengil va oziq-ovqat.
Xo‘jaligi.­ Samarqand viloyati hududida aholi qadimdan obikor dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Dehqonchilik bilan birga savdo va hunarmandchilik ham taraqqiy etgan.

Viloyatda sanoat yetakchilik qiladi. Og‘ir sanoat tarmoqlaridan mashinasozlik va metallsozlik, kimyo tez rivojlanmoqda. Samarqand shahrida 1999-yilda yuk tashish va sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan 4 turdagi mashinalarni ishlab chiqaruvchi «SamKochavto» zavodi ish boshlagan edi. Hozirda mazkur zavod «SamAvto» deb ataladi.

Samarqanddagi «SamAvto»­ zavodida «Isuzu» rusumli mikroavtobuslar hamda yuk avtomashinalari ishlab chiqarilmoqda. Yengil sanoatning 50 ga yaqin korxonasi ishlab turibdi. Oziq-ovqat sanoati mahalliy xomashyolardan konserva va sharob, o‘simlik moyi, tamaki, sut va go‘sht, qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaradi.

Samarqand hududiy ishlab chiqarish majmuyida qishloq­ xo‘jalik alohida o‘rin tutadi. Dehqonchilik qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 75 foizini beradi. Dehqonchilikning yetakchi tarmog‘i bu rayonda ham paxtachilik va g‘allachilikdir. Boshqa texnik ekinlardan tamaki, kunjut, zig‘ir va safsar (maxsar) yetishtiriladi. Urgut tumani tamaki yetishtirishga ixtisoslashgan. Bahorikor yerlarda bug‘doy va arpa ekiladi. Bog‘dorchilik va uzumchilik
tarmoqlari yuksak taraqqiy etgan. Shaharlar atrofidagi xo‘jaliklarda, aholining tomorqa yerlarida ko‘plab turli xil sabzavot va poliz ekinlari yetishtiriladi.

Bu viloyatda mevali daraxtzorlar va tokzorlar ko‘p. Chorvachilik agrosanoat majmuyining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Qoramollar soni jihatidan viloyat mamlakatda birinchi o‘rinni egallaydi, qorako‘lchilikda esa uchinchi o‘rinda turadi. Bu yerda qorako‘lchilikni rivojlantirish choralarini tadqiq etuvchi ilmiy tadqiqot instituti bor.

Transporti. Samarqand viloyati hududidan ikkita temiryo‘l o‘tadi. Toshkent–Turkmanboshi, Toshkent–Dushanbe temiryo‘lida, asosan, tranzit yuklar tashiladi. Viloyatda avtomobil yo‘llari ko‘p, ular orqali temiryo‘lga va bir viloyatdan boshqa viloyatga yuklar tashiladi. Havo transporti mamlakatning barcha yirik shaharlarini hamda xorijiy davlatlarni bog‘laydi. Quvur transporti va elektr uzatkich liniyalari ko‘p tarmoqli. Rossiyaga paxta tolasi, paxta moyi, ho‘l meva, uzum, mayiz va qorako‘l terilari yuboriladi. Mineral o‘g‘it, tamaki, choy, poyabzal, shoyi va boshqa iste’mol mollari barcha qo‘shni viloyatlarga va O‘rta Osiyo davlatlariga ham chiqariladi. Viloyat, asosan, yog‘och-taxta, g‘alla, shakar-qand, mashinalar, ko‘mir, neft, neft mahsulotlari hamda keng iste’mol mollari oladi. Viloyatda Samarqand, Kattaqo‘rg‘on sanoat tugunlari tarkib topgan.

Shaharlari. Samarqand Zarafshon daryosining o‘rta qismida joylashgan. Samarqand dunyodagi juda qadimiy shaharlardan hisoblanadi. Arxeologik izlanishlar natijasida shaharning yoshi 2750 da ekanligi aniqlangan. XIV-XV asrlarda Movarounnahrning ilmiy tafakkur markazi bo‘lgan. Geografik o‘rnining qulayligidan Samarqand o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoning muhim savdo markazlaridan biriga aylandi. Hindiston, Eron va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan olib borilgan savdo aloqalari shaharning iqtisodiy hamda madaniy jihatdan yuksalishiga ta’sir ko‘rsatdi. O‘sha davrlardayoq zargarlik buyumlari, kulolchilik bo‘yoqlari, ipak va ip-gazlamalar ishlab chiqarish va kashtachilik yaxshi rivojlandi. Qog‘oz va duxobalar ishlab chiqarishni samarqandliklar bundan ming yil burun keng yo‘lga qo‘ygan edilar. 

Amir Temur va temuriylar davri (XV–XVII asrlar)da Samarqandda hashamatli machit, madrasa, maqbara va saroylar qurildi. Ular Hindiston, Misr, qadimgi Yunoniston va Rim me’morchiligining noyob yodgorliklari qatorida umumjahon ahamiyatiga egadir. O‘rta asr shoir va olimlari Samarqandni «sayqali ro‘yi zamin» deb ulug‘laganlar. 1924–1930-yillarda Samarqand shahri O‘zbekistonning poytaxti bo‘lgan. Hozirda ham Samarqand mamlakatning yirik sanoat tuguni, madaniyat markazlaridan biri sifatida ahamiyatlidir.

Samarqand bilan Jomboy, Juma va boshqa shaharchalar ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan. Shahar qishloq xo‘jaligi rivojlangan hudud markazida joylashganidan unda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan ulkan korxonalar ko‘p. 1999-yilda Samarqanddan shimoldagi Chelak shahri yaqinida buyuk hadisshunos olim imom al-Buxoriyga bag‘ishlab me’moriy majmua barpo qilindi.

Samarqand mamlakat ilm-fanining yirik markazidir. Shaharda Samarqand davlat universiteti, Xalqaro turizm universiteti, tibbiyot, arxitektura-qurilish, chet tillar, iqtisodiyot va servis, veterinariya meditsinasi institutlari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali faoliyat yuritmoqda. Shahar tarixi Rudakiy, Navoiy, Xo‘ja Ahror, Bobur, Jomiy, Ulug‘bek, Ahmad Donish, Abu Lays Samarqandiy singari olimlar,
yozuvchilar, mutafakkirlar nomlari bilan bog‘liq. Shahar xo‘jaligining yuksalishi bilan aholisi ham tez ko‘paymoqda.

Kattaqo‘rg‘on viloyatda Samarqanddan keyingi ikkinchi o‘rinni egallagan sanoat tuguni va madaniyat markazidir. Shahar yonidan Samarqand–Buxoro temiryo‘li o‘tadi. Shaharda Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash mashinasozligi zavodi, motor tuzatish, paxta va g‘isht zavodlari hamda mahalliy sanoat korxonalari bor. Moy eritish va go‘sht kombinatlari hamda yiliga 2 million jo‘ja ochiriladigan broyler fabrikasi oziqovqat sanoatining respublikadagi yirik korxonalari hisoblanadi. Moy eritish kombinati mamlakatdagi eng yirik korxonalardan biridir. Sanoat korxonalarini katta IEM elektr energiya bilan ta’minlaydi.

Urgut  Sаmаrqаnddаn tахminаn 50 km jаnubi shаrqdа, Qаshqаdаryo vilоyati chеgаrаsidа jоylаshgаn shаhаr. Urgutdа bir nеchtа gilаm fаbrikаlаri, tаbаk-fеrmеnt vа shifеr zаvоdlаri fаоliyat yuritаdi. Sаmаrqаnd vilоyatining eng yirik shаrq bоzоri shu shаhаrdа jоylаshgаn.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.