Ko`mir sanoati 

19 559

 Bu sanoat tarkibida bir nechta ko'mir koni mavjud. Ulardagi ko'mir zaxirasi 2 mlrd tonnani tashkil etadi. Dastlabki ko'mir Angren konidan 1950-yillarda qazib olindi. Ko'mir koni yer sirtiga yaqin joylashgan. Unda ko'mirning 9/10 qismini ochiq usulda qazib olinmoqda. 
 Ochiq usulda har bir shaxtyorning qazib oladigan ko'miri shaxta usulida qazib olinadigandan 6 barobar unumli bo'ladi. Shu bilan birga, karyer (havza) qancha katta bo'lsa, xarajat shuncha kam bo'ladi. Angren ko'miri sifati past - qo'ng'ir ko'mirdir. 
 Shunday bo'lsa-da, O'zbekistondagi boshqa ko'mir konlaridagiga nisbatan ko'mir zaxirasi katta hamda iste'molchiga yaqin va yuza joylashganligidan ko'mir qazib chiqarish jadal o'sdi. Ko'mirning asosiy qismi kon yaqinidagi GRESda ishlatiladi. Bir qismi esa yer ostida gazga aylantiriladi. 
  Ko'mir tarkibida nodir va tarqoq elementlar hamda ko'plab gilmoya uchraydi, bir yo'la ulardan foydalanish esa konning samaradorligini yana ham oshiradi. Biroq ko'mir ochiq usulda qazib olinishi oqibatida katta-katta yer maydonlarini kon chiqindilari band qilib, tutun va qurumdan qishloq xo'jaligi jiddiy zarar ko'rmoqda. 
  Bunday noxush holatning chorasi sifatida ko'mir sanoatidan zavol ko'rgan maydonlar rekultivatsiya qilinmoqda, ya'ni qayta tiklanmoqda, shaxtalar chiqindisidan vujudga kelgan tepaliklarni o'simliklar bilan qoplash, ko'mirni quvurlar orqali tashish choralari ko'rilmoqda. 
 Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida 1950-yili Sharg'un ko'mir koni ishga tushirilgan. Kondagi ko'mir yuqori sifatli bo'lib, shaxta usulida qazib olinadi. Ko'mirning maydasi qazib olingan joyda briket qilinadi.
  Briket - ko`mir kukunini bosim ostida yoki yopishqoq moddaga aralashtirib zoldir shakliga keltirilgan mahsulot.
  Ko'mir tog'lar osha uzunligi 17 km dan ortiq osma sim yo'l vositasida temiryo'lga yetkazib beriladi. Angren, Sharg'un va Boysun konlaridan yiliga 2 mln tonnaga yaqin ko'mir qazib olinmoqda. Lekin bu miqdor O'zbekistonning ko'mirga bo'lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Zero, metallurgiya, kimyo kabi sanoat tarmoqlarining rivojlanishi ko'mirga bo'lgan ehtiyojni oshirib yubormoqda. 
  Shunday qilib, O'zbekistonda ko'mirning asosiy zaxiralari Angren, Sharg'un va Boysun konlarida joylashganligini bilib oldik. 
  Ko'mir sanoatiga tegishli yana bir ma'lumotni bilib qo'ying. Mamlakatimizda qazib olinayotgan ko'mirning deyarli hammasi (97,4 foizi) qo'ng'ir ko'mir, qolgan qismi toshko'mirdir. 
  Mamlakatimizda ko'mir qazib olishning o'ziga xos yana bir xususiyati shundaki, uning 90-95 foizi ochiq usulda qazib olinadi. 
  Tabiiy gaz sanoati endigina shakllanayotgan (1961-yilda) yillarda Angren ko'mir konida yerosti gazogeneratorlarida ko'mirni yuqori bosimdagi havo oqimi yordamida gazga aylantiradigan «Yerostigaz» stansiyasi ishga tushirilgan edi. Shunday qilib yoqilg'ining arzon turlari - neft va gaz, shular barobarida, ochiq usulda qazib olinadigan ko'mirning ham ahamiyati ortib bormoqda.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.