Panama 

7 595

 Rasmiy nomi — Panama Respublikasi. Poytax­ti — Panama. Hududi — 77100 km.kv. Aholisi – 3 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — ispan (ingliz tili ham keng tarqalgan). Dini — katoliklar 90%, protestantlar — 6% ga yaqin. Pul birligi — balboa.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Amerikadagi davlat. G‘arbda Kosta-Rika (chegara uzunligi — 330 km), sharqda — Kolumbiya (225 km) davlatlari bilan chegaradosh. Mamlakatning janubiy qirg’oqlari Tinch okean, shimoliy qirg‘oqlari esa Karib dengizi bilan tutashgan. Quruqlikdagi chegara chizig‘ining umumiy uzunligi — 555 km, qirg‘oq bo‘ylab chegara uzunligi esa 2490 km. Mamlakat hududining teng yarmini tog‘liklar egallagan. Faol Baru vulqoni (3475 m) Panamaning eng yuqori nuqtasi hisoblanadi. Qirg‘oq hududlari asosan pasttekislik va tepaliklardan iborat. Mamlakat seysmik beqaror hududda joylashgan, vulqon portlashlari va zilzilalar tez-tez bo‘lib turadi. Eng katta ko‘li — Bayano. Asosiy tabiiy boyliklari — mis, qizil daraxt, krivetkalar.
  Iqlimi — tropik. O‘simlik dunyosida banaut daraxti, tropik o‘rmon daraxtlari hamda Panama ko‘rki hisoblangan orxideyalar keng tarqalgan. Hayvonot olami rang-barang kapalaklar (turlari soni 1100 ga yaqin), gigant kapalaklarining besh turi (qanot uzunligi 15 sm ga yetadi), bundan tashqari o‘rmonlarida yaguar, puma kabi yirtqich hayvonlar mavjud. Qushlaming 850 turi, ilon, chayon, o‘rgimchaklar va turli hasharotlar keng tarqalgan. Tog‘li o‘rmon hududlarida kiyiklar ham mavjud.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — Prezident Respublikasi. Mamlakat 9 ta provinsiyadan iborat. Panama 1903-yil 3-noyabrda o‘z mustaqilligini e’lon qilgan (ilgari Kolumbiya tarkibida edi), shu sana uning milliy Mustaqillik kuni bayramiga aylandi. Davlat va hukumat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali — Qonunchilik Assambleyasidan iborat. Yirik siyosiy partiya­lari — Demokratik muxolifatchilar Assambleyasi bloki, Arnulfist partiyasi, Leyboristlar partiyasi, Liberal-respublikachilar partiyasi, Panama xalq partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Sanoatda va qishloq xo‘jaligida o‘sish deyarli sezilmayotgan bir vaqtda mamlakat iqtisodida bank sektorining faol rivojlanishi sezilmoqda. Sanoat asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga ishlov berish va qayta ishlash bilan bog‘liq, boshqa sohalardan — neft tozalash va qurilish ancha taraqqiy etgan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari YIMning 12% ini ta’minlaydi. Qishloq xo‘jaligida sholi, banan, donli o‘simliklar, qahva, shakarqamish yetishtiriladi. Asosiy savdo hamkorlari — AQSH, Markaziy Amerika davlatlari, Yaponiya, YI mamlakatlari.
  Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 238 km, avtomobil yo‘llari — 8530 km, ichki suv yo’llari uzunligi — 800 km (shundan 82 km Panama kanaliga tegishli, ushbu kanal Tinch okeanni Atlantika okeani bilan bog`lab turadi). Asosiy portlari — Kolon, Kristobal, Panama.
 Tarixi. 1502-yilda ispanlar tomonidan ochilgan Panama 1510-yilda Ispaniya mustamlakasiga aylandi. 1513-yilda Panama bo‘ynini kesib o‘tib, Tinch okean qirg‘oqlariga birinchi bo‘lib yevropalik Balbao yetib bordi. Hozirgi Panama Peru vitse-qirolligi, Yangi Grenada, 1821-yilda ispan hukmronligidan ozodbo‘lganidan so‘ng Buyuk Kolumbiya tarkibiga kiradi. 1903-vilda Panama o‘z mustaqilligini e’lon qildi. 1904-yilda Panama va AQSH o’rtasida Panama kanalining katta qismini AQSHga topshirish to‘g’risida shartnoma imzolandi. 1965-yilda yangi shartnoma imzolanib, unga ko‘ra AQSH Panamaning Panama kanali ustidan suveren nazoratini tan oldi. 1968-yilda general O.Torrixos tomonidan o’rnatilgan harbiy tuzum 16 yildan so’ng, 1984-yilda fuqarolik hukumati qo’liga o‘tdi. 1988-vildan buyon AQSH hukumati tomonidan narkotik moddalar savdo-sotig‘ida ayblanayotgan general Noryega davlat to’ntarishini amalga oshirdi. Biroq Panamaga AQSH qo‘shinlari kiritildi va 1990-yilning yanvarida Noryega ularga taslim bo‘ldi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.