Gaiti 

4 603

  Rasmiy nomi — Gaiti Respublikasi. Poy­taxti — Port-o-Prens. Hududi — 27750 km.kv. Aholisi – 10 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili — fransuz. Dini — xristianlik (95%). Pul birligi — gurd.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Gaiti — Karib dengizi havzasidagi Gaiti orolining g‘arbiy qismida joylashgan davlat. Sharqda quruqlik orqali orolning sharqiy qismida joylashgan Dominikan Respublikasi bilan chegaradosh. Janubda Karib dengizi, shimolda Atlantika okeani bilan tutashgan. G‘arbdan tor bo‘g‘oz Gaitini Kubadan ajratib turadi. Gaiti hududi asosan tog’ tizmalaridan iborat bo‘lib, eng baland cho’qqisi — La-Sel (2680 m). Daryolari uncha katta bo‘lmagan tog‘ daryolari bo‘lib, ular asosan 2 ta — Guayamuk va Artibonite. Hududida ikkita yirik ko‘l — Somatr va Pligr mavjud bo‘lib, ular sho‘r suvli. Asosiy tabiiy boyliklari: mis, molibden, boksit, oltin va kumush. Iqlimi — tropik. o‘simlik dunyosi o‘ta boy va xilma- xil. G‘arbiy hududlari o’rmon va butazorlar, tog‘li hududlar esa tog‘ o‘rmonlari bilan qoplangan. Gaitida palmaning bir necha turi uchraydi. Mapu daraxti va antil emanining balandligi 30 m gacha yetadi. Bundan tashqari, qizil daraxtning qimmatbaho navlari ham saqlanib qolgan. Gaiti hayvonot dunyosining asosiy qismi inson tomonidan qirib tashlangan. Shu sababli uning hududida yirik jonzotlar deyarli saqlanib qolmagan. Sohil hududlarida yirik dengiz toshbaqalarini uchratish mumkin.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat 9 ta departamentga bo‘lingan. Gaiti 1804-yil 1-yanvarda o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan. Davlat boshlig‘i — prezident. Eng yirik siyosiy partiyalari: 0‘zgarishlar va Demokratiya milliy fronti, Demokratiyani tiklash harakati, Gaiti kommu- nistlari birlashgan partiyasi.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyatari. Gaiti g’arbiy yarim shaming eng qoloq va qashshoq agrar davlatlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat tabiiy boylik- larning yirik zaxirasiga ega bo‘lishiga qaramay sanoat o‘ta sust rivojlangan. Sanoat butunlay xorijiy sarmoya nazoratida. Qishloq xo‘jaligi umumiy milliy mahsulotning 40% ini yetkazib beradi. Uning asosini qahva, paxta, shakarqamish, какао, tamaki yetishtirish tashkil etadi. Qishloq aholisining deyarli yarmini yersiz dehqonlar tashkil etadi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH va Fransiya.
   Tarixi. Gaiti 1492-yilda Xristofor Kolumb tomonidan kashf qilingan va Espanola nomi bilan Ispaniyaning birinchi mustamlakasi hamda Lotin Amerikasidagi ispan ekspansiyasining asosiy markaziga aylangan. Mahalliy hindular butunlay qirib tashlangan va oroldagi plantatsiyalarda ishlatish uchun Afrikadan qullar olib kelingan. XVII asr o‘rtalarida orol ikkiga boiindi va sharqiy qismi (hozirgi Dominikan respub­likasi) Ispaniya mustamlakasi, g‘arbiy qismi esa (hozirgi Gaiti) Fransiya mustamlakasiga aylandi. 1791-yilda Tussen Luvertyur boshchiligidagi qullar qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. Tussen Luvertyur 1802-yilda o‘zining asir qilinishigacha butun Gaitini boshqardi. 1804-yili Gaiti Yevropa davlatlari mustamlakalari ichida o‘z mustaqil­ligini qo‘lga kiritgan birinchi davlat bo‘ldi. 1811-yil mamlakatda monarxiya o‘rnatildi. 1820-yil — Respub­lika, 1849-yili Imperiya deb e’lon qilindi. 1859-yilda Gaitida yana Respublika boshqaruvi o‘matildi. 1915-yil mamlakatga AQSH qo‘shinlari bostirib kirdi va 1934-yilgacha boshqaruvni o‘z qo‘llariga olishdi. Shundan so‘ng 1986-yilgacha Gaitida boshqaruv diktatorlik yo‘li bilan amalga oshirildi. 1986-yili harbiylar hokimiyatni o‘z qoilariga olishdi. 1994-yildan hokimiyat fuqarolik hukumati qo‘liga o‘tdi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.