Non yurak uchun foydali ekanligi aniqlandi 

2 949

Ispaniyalik olimlar har kuni me'yorida non iste'mol qilishni tavsiya etmoqda.

Nonga ko'pincha vaznning ortishiga sabab bo'luvchi uglevod va kraxmal manbasi sifatida qaraladi. Natijada xushqomat bo'lishni istaganlar undan voz kechadi.

Lekin barselonalik tadqiqotchilar nonni kundalik oziq-ovqat mahsulotlari ro'yxatidan o'chirmaslikka chaqirmoqda: uni har kuni me'yorida iste'mol qilish qon tomirlariga va yurakka foydali ekan. Ular 275 nafar katta yoshli kishilar ustida o'tkazgan tajribasidan so'ng shunday xulosaga kelgan.

Bir kun davomida 2-3 bo'lak non eyish orqali yurak-qon tomirlaridagi kasalliklarning rivojlanishidan himoyalanish mumkin. Uni iste'mol qilish orqali organizmdagi "yaxshi” va "yomon” xolesterin miqdori muvozanatda bo'lib turadi.
G.EGAMBYERDIYEVA

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.